1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


MAVZU: Makroevolyutsiyani isbotlasjda embriologiya fan dalillari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə60/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85
Evolyutsion tex xarita

MAVZU: Makroevolyutsiyani isbotlasjda embriologiya fan dalillari.
Reja:

  1. Evolyusiyani isbotlash embriologiya fan dalillari.

    1. Embrion rivojlanishining bosqichlari.

    2. Biogenetik qonun.

    3. Filioembriogenez nazariyasi

1. Evolyusiyani isbotlash embriologiya fan dalillari
a) Barcha kop hujayrali hayvonlar ocz shaxsiy rivojlanishini urug'langan tuxum hujayra - zigotadan boshlaydi. Ularning barchasida zigotaning bo'linishi murtakning ikki, uch qatlami holati, uning varaqlaridan turli organlarning hosil bo'lishi kuzatiladi.
Embrionning rivojlanishidagi o'zaro o'xshashlik, ayniqsa, bir tip yoki sinfga mansub hayvonlarni o'zaro taqqoslaganda ko'zga yaqqol tashlanadi. Masalan, umurtqali hayvonlar sinflari: baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qushlar, sutemizuvchilar embrional rivojlanishining boshlang'ich davrlari bosh, tana, tomoq yonida jabra birbiriga juda o'xshash bo'ladi.
Embrion rivojlangan sari turli sinfga kiruvchi hayvonlar orasidagi o'xshashlik kamaya boradi. Ularda shu hayvon sinfi, turkumi, oilasi, avlodi va turiga xos belgi-xossalar paydo bo'la boshlaydi. Masalan, gorilla bilan odam embrioni dastlab o'xshash bo'lsada, embrional rivojlanishning keyingi davrlarida odam embrionida peshona, gorilla embrionida esa jag' oldinga bo'rtib chiqqanligini ko'rish mumkin. Binobarin har bir hayvonda embri­onal rivojlanishning oldin yirik, pirovardida esa kichik sistematik birliklarga xos belgilar rivojlanadi. Boshqacha aytganda, embrional rivojlanishda belgilarning umumiyligidan xususiylikka tomon ajralishi ro'y beradi.
b) Biogenetik qonun. Yuqorida keltirilgan dalillar har bir organizmning individual rivolanishi — ontogenezida tarixiy rivojlanishini qisqacha takrorlaydi. Ontogenezda filogenezning qisqacha takrorlanishi biogenetik qonun deb ataladi. Bu qonun XIX asrning ikkinchi yarmida nemis olimlari E.Gekkel va F.Myuller tomonidan kashf etilgan. Biogenetik qomm barcha o'simlik va hayvonot dunyosining ko'p hujayrali vakillarining rivojlanishida o'z ifodasini topadi.
Masalan, baqaning itbalig'i o'z rivojlashish davrida suvda ham quruqlikda yashovchilarning ajdodlari bo'lmish baliqlarning rivojlanish bosqichini takrorlaydi. Biogenetik qomm o'simliklarga ham taalluqlidir. Chunonchi, chigitdan ungan madaf niy g'o'za navlarida oldin yaxlit plastinkali, keyinchalik ikki, uch, to'rt, besh bo'lakli barglar hosil bo'ladi. Yovvoyi g'o'za turlari raymondiy, kloshsianum poyasidagi barcha barglar yaxlit plastinkadan iborat.Madaniy g'o'zalar shaxsiy rivojlanishida yovvoyi g'o'zalarning tarixiy taraqqiyoti qisqacha takrorlanadi.
Lekin shaxsiy rivojlanishda ajdod organizmlarning tarixiy rivojlanishini barcha bosqichlari emas, balki ayrimlari takrorlanadi xolos, boshqalari tushib qoladi. Bu holat ajdodlar tarixiy rivojlanishining million yillar davom etganligi, shaxsiy rivojlanish esa juda qisqa muddatda o'tishi bilan izohlanadi.
Ontogenezda ajdodlarning yetuk formalari emas, balki embrion bosqichlari qaytariladi. Filogenez ontogenezga ta'sir ko'rsatar ekan, ontogenez filogenezga ta'sir ko'rsatmaydimi degan savol tug'ilishi tabiiy. Shuni qayd etish lozimki, filogenezda kuzatilmagan organlarning rivojlanishi ontogenezda ro'y berishi mumkin. Ontogenezda bunday yangi ro'y bergan o'zgarish sabablarini birinchi marotaba rus oliml A.N.Seversov o'zining filembriogenoz nazariyasi bilan isbotlab berdi.
Ma'lumki, mutatsion o'zgaruvchanlik individning embrional va postebrional rivoj­lanishining turli bosqichlarida sodir bo'ladi. Agar mutatsion o'zgaruvchanlik individ uchun zararli bo'lsa, bunday o'zgaruvchanlik organizmni halokatga olib keladi. Mabodo, hosil bo'lgan mutatsion o'zgaruvchanlik foydali bo'lsa, bunday organizmlar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda g'olib kelib, foydali mutatsiyalarni nasidan-nasiga berib, oqibatda filogenez borishini o'zgartirib yuboradi. Masalan, akulasimon baliqlarda epidermis va uning ostidagi biriktiruvchi to'qima hujayralari tashqariga bo'rtib chiqib, qirrali yoki uchi o'tkir tangachalarni hosil qiladi. Keyinchalik tangachalar ustki qavati emal bilan qoplanadi.
Sudralib yuruvchilarda tangachalarning hosil bo'lishi dastlab baliq tangachalari singari bo'lsa ham, lekin ular tashqariga bo'rtib chiqishdan to'xtab shoxsimon moddani o'ziga singdirishi tufayli sudralib yuruvchilar tangachalariga aylanadi.
Shunday qilib, sudralib yuruvchilar tangachalarida baliq tangachalarning tarixiy rivojlanish bosqichi dastlab takrorlansa ham keyinchalik u boshqa yo`nalishda davom etadi va oqibatda sudralib yuruvchilar tangachasiga aylanadi.

Mavzuga oid tayanch iboralar.


1. Embirologiya – yunoncha embrion – murtak, logiya – fan. Organizmlarning embrional rivojini o`rganuvchi fan.


2. Anatomiya – yunoncha anotomya – yorib ko`rish. Ayrim organlar yoki ularning tizimini o`rganuvchi fan.
3. Analogiya – yunoncha anologiya – moslik. Kelib chiqishi har xil, funksiyasi bo`yicha o`xshash organlar.
4. Atavizm – yunoncha atavus – qadimgi ajdod. Uzoq o`tmishda yashagan ajdodlarda uchrab, keyinchalik evolyusion jarayonda yo`qolgan organ yoki belgining organizmda takrorlanishi.
5. Gomologik – yunoncha – gomonos – yashash. Kelib chiqishi va tuzilishi o`xshash organlar yoki ularning qismlari.
6. Konvergensiya – lotincha konverger – yaqinlashish. Tabiiy tanlanish natijasida kelib chiqishi har xil organizmlarning bir sharoitda o`xshash bo`lishi.
7. Oaleontologiya – yunoncha palayos – qadimgi, antbs – mavjud, logos – fan, tushuncha qazilma holdagi organizmlarni o`rganuvchi fan.
8. Rudiment – lotincha redusiere – orqali qaytish. Evolyusion jarayonida organlar hajmining kuchayishi.
9. Ontogenez – lotincha ontos – shaxsiy rivojlanish.
10. Filogenez – yunoncha avlod – tarixiy rivojlanish.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin