1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Mavzu: Makroevolyutsiya va uning isboti. Molekulyar biologiya, sitologiya fan dalillari



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə57/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Mavzu: Makroevolyutsiya va uning isboti. Molekulyar biologiya, sitologiya fan dalillari.
Reja:

  1. Evolyutsiyani isbotlashda molekulyar biologiya fan dalillari.

  2. Evolyutsiyani isbotlashda sitologiya biologiya fan dalillari.

Molekular biologiya. Hujayra tuzilishida, unda kechadigan jarayonlarni energiya bilan ta’minlashda oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, uglevodlar asosiy o‘rinni egallaydi. Ular orasida oqsillar va nuklein kislotalar hujayra hayotida muhim o‘rin tutadigan makromolekulalardir.


Kelib chiqishi yaqin va uzoq bo‘lgan turlarning ma’lum bir tarixiy taraqqiyot davrida makromolekulalardagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun makromolekulalar (DNK)ni duragaylash, oqsil (gemoglobin, mioglobin, sitoxrom) molekula tarkibidagi aminokislotalarning joylashish tartibini belgilash va boshqa usullar qo‘llaniladi. Molekular biologiya rivojlanishining hozirgi holati har xil turlarga mansub organizmlar DNKsidagi nukleotidlar, oqsil molekulasidagi aminokislotalar joylashishidagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va oqibatda ular orasidagi o‘xshashlik va farqlar darajasini aniqlash mumkinligini ko‘rsatmoqda. Har bir aminokislotani oqsil molekulasidagi
almashinuvi bir, ikki, uch nukleotidlarning o‘zgarishi bilan aloqador. Shu bois u yoki bu oqsil molekulasidagi aminokislotalar almashinuvini e’tiborga olib, ana shu oqsil molekulasi sintezida qatnashgan gen tarkibidagi nukleotidlar almashinuv miqdorining maksimum va minimumini kompyuter yordamida hisoblash mumkin. Olingan ma’lumotlarga asoslanib ma’lum vaqt mobaynida oqsil molekulasida o‘rtacha qancha aminokislota almashinilganligi, gen tarkibidagi nukleotidlar joylanishida qanday o‘zgarishlar ro‘y berganligi to‘g‘risida hukm chiqarish mumkin. Odam eritrotsitlaridagi gemoglobin oqsili o‘zaro o‘xshash ikkita α va ikkita β zanjirdan tashkil topgan. α zanjirning har bir 141 tadan, β zanjirining har bir zanjiri 146 tadan aminokislota qoldig‘idan iborat. Gemoglobinning α va β zanjirlari o‘zaro farq qilsa ham, ulardagi aminokislotalarning joylanish izchilligi bir-biriga o‘xshash. Bu holat gemoglobin α va β zanjirlari tarixiy jarayonda yagona polipeptid zanjir divergensiyasi natijasida paydo
bo‘lganligidan dalolat beradi. Organik olamning tarixiy taraqqiyotida turli hayvon guruhlarida mutatsion o‘zgaruvchanlik tufayli α va β zanjirda ham aminokislotalar almashinuvi sodir bo‘lgan.
Odam va boshqa hayvonlar gemoglobin zanjiridagi aminokislotalar tarkibidagi farq (V. Grant bo‘yicha) Odam va boshqa organizmlarning S sitoxromi aminokislotalar
tarkibidagi farq (V. Grant bo‘yicha)
Turlar Farqlar soni α zanjir β zanjir

Odam – shimpanze 0 0
Odam – gorilla 1 1
Odam – ot 18 25
Odam – echki 20–21 28–33
Odam – sichqon 16-19 25
Odam – quyon 25 14
Turlar Farqlar soni
Odam – makaka 1
Odam – ot 12
Odam – kaptar 12
Odam – ilon 14
Odam – baqa 18
Odam – akula 24
Odam – drozofi la 29
Odam – bug‘doy 43
Odam – neyrospora 48

17-jadvalda keltirilgan ma’lu mot lardan ko‘rinib turibdiki, odam va
odamsimon maymunlar gemog lobini aminokislotalar izchilligi bo‘yicha deyarli o‘xshash, lekin odam bilan sutemizuvchi hayvon lar ning boshqa turkumlari orasidagi farq juda katta bo‘lib, 14–33 ga teng. Shunga o‘xshash ma’lumotlar odam va drozofi la bilan boshqa organizmlarning sitoxrom S oqsili ning aminokislotalar tarkibini taqqoslaganda ham ko‘zga tashl anadi.
Oqsil evolutsiyasi darajasining tez ligi yil davomida uning tarkibidagi aminokislotalar almashinuvi bilan bel gilansa, genlarning evolutsion tezligi nukleotidlar almashinuvini aniqlash orqali bilinadi.
Odatda sistematik jihatdan bir-biriga yaqin turlarda mutatsiyalar soni kam, uzoq turlarda esa aksincha, ko‘p bo‘ladi. Shu sababli, masalan, odam DNK molekula tuzilishi makaka maymuni DNK tuzilishiga 66% o‘xshash bo‘lsa, ho‘kiznikiga 28%, 202 203 kalamushnikiga 17%, lasos balig‘inikiga 8%, ichak tayoqchasi bakteriyasiga atigi 2% o‘xshashligi aniqlangan.
Evolutsiyaning molekular soatlari. Odatda bir qancha turlarda oqsillar divergensiyasini aniqlash orqali ularning bir-biridan ajralish muddati haqida mulohaza yuritiladi. Oqsil tarkibidagi aminokislotalar almashinuviga qarab u yoki bu avlod oila, turkum, sinf, tiplarning divergensiya muddati aniqlanadi.
Masalan, β- globin oqsili shajarasini o‘rganish natijasida uning tuzilishi bundan 400 mln yil oldin odam bilan karp balig‘i, 225 mln yil oldin yexidnalar bilan odam, 70 mln yil oldin it bilan odam ajdodlarida o‘xshash bo‘lgan degan xulosaga kelindi.
Sitologiya. O‘simlik, hayvon, odam tanasi hujayralardan tashkil topgan.
Barcha tirik mavjudot tana tuzilishidagi bunday o‘xshashlik ular bir tarmoqdan kelib chiqqanligini isbotlovchi dalil hisoblanadi. O‘simlik, hayvon, odam hujayralarida membrana, sitoplazma, yadro, sitoplazmatik organoidlar:
endoplazmatik tur, ribosoma, mitoxondriyalar, Golji appa ratining borligi,
barcha tirik mavjudotlarda genetik kodning bir xilligi ham organik olam turli
xil vakillarining kelib chiqishi birligidan dalolat beradi.Mavzu: Embriologiya fan dalillari.



Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin