1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə50/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Himoya rangi. Ko'pchilik hollarda hayvonlarning tashqi rangi, o'zi yashayotgan muhit rangiga o'xshash yoki unga yaqin bo'ladi. Masalan, cho'l hayvonlari: toshbaqa, kaltakesak, ilonlar — qum rangida, shimoliy o'lka hayvonlari: ayiq, kurapatka, tulkilar — oq rangda, beshiktervatar, ninachilar yashil barglar orasida yashaganligi, karam kapalagi qurti uning barglari bilan oziqlanganligi sababli — yashil rangda bo'ladi. Agar muhit rangi fasllarga qarab o'zgarsa hayvonlar rangi ham o'zgaruvchan bo'ladi. Chunonchi, yevropaning o'rta mintaqasida yashovchi tulki, tovushqon, kurapatka, gornostoy — qishda oq, yozda boshqa ko'rinishda bo'ladi
Maskirovka. Ayrim hollarda hayvonning tana shakli va rangi atrofidagi barg, novda, kurtak, o'simliklarni eslatadi. Masalan, cho'pchik degan hasharotning rangi va shakli — ingichka novdaga, nina baliq — suv o'simliklarga o'xshashdir. Ayrim baqachanoqlarni daraxt kurtaklaridan farqlash qiyin. Malayada tarqalgan kallima kapalagi qanotlarining shakli, naqshi va tomirlari bo'yicha bargga juda o'xshash bo'ladi.
Ogohlantiruvchi rang. Ba'zi hayvonlarning tashqi ko'rinishi rangbarang bo'lib, ko'zga yaqqol tashlanadi. Tilla qo'ng'izlar, tugmacha qo'ng'izlar, qovoq ari, tukli ari, ko'pgina kapalaklar dushman ko'ziga yaqqol tashlanib, o'z ranglari bilan ularni «ogohlantiradilar». Odatda, bunday ogohlantiruvchi rangga ega hayvonlarning dushmanlardan himoya qiladigan qo'shimcha vositalari mavjud. Ularning xususiy himoya vositalariga tanada ishlab chiqariladigan qo'lansa hidlar, zaharli suyuqliklar, tananing tuklari bilan qoplanganligi, nayzalar kiradi.
Mimikriya. Ba'zi hollarda dushmanlari tomonidan ko'p qiriladigan hayvonlar tana rangi, shakli bilan «ogohlantiruvchi rangli» organizmlarga taqlid qiladi. Kushandalari tomonidan kocp qiriladigan himoyasiz hayvonlarni «ogohlantiruvchi rangli» — kam qiriladigan organizmlarga taqlid qilish mimikriya hodisasi deb ataladi.
Ba'zi bir pashshalarning rang jihatdan arilarga, suvaraklarning tugmacha qo'ng'izlarga, zaharsiz ilonlarning zaharli ilonlarga o'xshashligi, ayrim ka­palak turlarining arilarga o'xshash rangda bo'lishlari mimikriya hodisasiga misoldir (23).
Shuni qayd etish lozimki, himoya va ogoh­lantiruvchi ranglar hayvon xattiharakati bilan bog'langan holda yanada samarali natija beradi. Masalan, qamishzorlarda yashovchi qo'lbuqa qushi patlarining rangi bilan qamishlarni eslatadi. Shunga qaramay biror xavf sezilsa, u darrov bo'ymni cho'zib, tumshug'ini ko'targan holda qimirlamay turadi. Bunday vaziyatda uni dushmani payqamay qoladi.
Rang va shakl jihatdan taqlid qilish faqat organizmlargagina emas, hatto tuxumlarga ham xos. Chunonchi, kakku qush urchishi uchun boshqa qushlar singari in qurmaydi va tuxumini mayda qushlar — qorayaloqlar, jiblajibonlar, bulbullar va sirchumchuqlarning inlariga qo'yadi. Eng muhimi shundan iboratki, kakku tuxum qo'yishdan oldin ana shu qushlarning inlaridagi tuxumlarini ko'rib ularga taqlid qilib tuxum qo'yadi. Uning qo'ygan tuxumlarining rangi va hajmi in egalarining tuxumlariga o'xshash bo'ladi hayvonlarning nasl qoldirish bilan moslanishlari ham mavjud. Chunonchi, ayrim hasharotlarning urg'ochilari tanadagi bezlardan ajralgan hidlar orqali erkak individlarni o'zlariga jalb qiladilar.
Amerika som balig'i o'z chavoqlari rivojlanguncha tuxumlarini qorin tomoniga yopishtirgan holda yuradi. Pavituxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlardan to yosh qurbaqalar rivojlanguncha ularni gavdaning orqa tomonida «opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar tuxumlarini maxsus inlariga qo'yib, ocz tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumdan jish parranda chiqqach, uni tinmay oziqlantiradilar, dushmanlardan himoya qiladilar. Nasl uchun qayg'urish bilan bog'liq moslanishlar sutemiziivchilarda ayniqsa kuchli rivojlangan.
Organizmlardagi moslanishdan tashqari, tur doirasidagi moslanishlarni qayd etish joizdir. Tur doirasidagi moslanishlarga guruh bo'lib yashovchi organizmlarda oziqlanish, urchish, nasl qoldirish, dushmanlardan himoyalanishga, noqulay obhavo sharoitlar qarshiligini yengishga aloqador bo'lgan moslanishni kiritish mumkin

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin