Organizmlardagi moslanishning nisbiyligi.
Organizmlarning tuzilishi va funksiyasidagi maqsadga muvofiqlik faqat muayyan tashqi muhitdagina namoyon bo'ladi Chunonchi. Balialarning tuzilishi va funksiyasi, rangidagi muvofiqlik suv muhitida, qushlarniki esa faqat havo muhitida foydalidir. Boshqacha aytganda, har qanday mosianisfi'tabiiy tanlanish yo'li bilan paydo bo'lgan muhitdagina organizmlarning yashab qolishiga yordam beradi. Lekin bunday sharoitda ham ulardagi moslanishlar barcha organizmlarning omon qolishiga imkon bermaydi. Masalan, yantoq o'simligida tikanlar nihoyatda ko'p bo'lganligi sababli uni aksariyat ko'pchilik o'txo'r hayvonlar yemaydilar. Lekin yantoq tuyalar uchun eng sevimli oziq hisoblanadi. Cho'l toshbaqalarining ustki, ostki kosalari uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan himoya qilgan holda, burgut, boltayutar, sarisar kabi yirtqich qushlar ularni osmondan tosh ustiga tashlab parchalab yeydilar. Tipratikanning tikanli «po'stini» uni ko'pchilik yirtqich hayvonlardan saqlasa ham, lekin tulkilardan himoya qila olmaydi. Himoya rangi, ogohlantiruvchi rang ham bundan istisno emas.
Shimoliy o'lkalarda tarqalgan oq kurapatka yoki tovushqon quyosh chiqqan kunlari qorga qalin soya solib, o'zini sezdirib qo'yadi va yirtqich hayvonlarga yemish bo'ladi. Ari, qovoqarini aksariyat, ko'pchilik hasharotxo'r qushlar yemasada, sirdaryo atrofida uchrovchi qarchig'aysimonlar oilasiga kiruvchi arixo'r qushning asosiy ozig'i hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan va boshqa ko'pgina dalillar tirik organizmlardagi moslanishlar, maqsadga muvofiqlik mutloq, azaliy bo'lmay, nisbiy ekanligidan dalolat beradi.