1– Mavzu: Yerda hayotning paydo bo’lishi


Mavzu: O’simliklar olamidagi moslanishlar



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə45/85
tarix03.02.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#82598
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85
Evolyutsion tex xarita

Mavzu: O’simliklar olamidagi moslanishlar.
REJA:
1.O`simliklar olamidagi moslanishlar.

    1. Nam tanqisligiga moslanish.

    2. O`simliklarni changlanishga bo`llgan moslanishi.

    3. Meva va urug`larining tarqalishiga moslanishi.

    4. Hashoratxo`r o`simliklarning moslanishi.

O'simliklar dunyosida moslanishlar
Evolutsion jarayonda hayvonlar kabi o'simliklar dunyosida ham bir qanchs moslanishlar paydo bo'lgan. Buni biz cho'lda yashaydigan o'simliklarda yaqqo] ko'rishimiz mumkin.
Cho'l hududlari haroratning yuqori, namning esa kam bo'lishi bilarm tavsiflanadi. Shu sabablicho'l o'simliklarning tashqi, ichki tuzilishi, ularda kechadigan fiziologik jarayonlar tarixiy taraqqiyot mobaynida namlikni tejab sarflashga moslashgan tropik cho'llarda tarqalgan monstera, kaktus, agava, aloe kabi o'simliklar barglarining usti mum qavat bilan qoplanganligi tufayli ular suvni kam bug'lantiriladi.
Markaziy osiyo cho'llarida o'suvchi cho'l shuvog'i, qorabayalich, oqbayalich, juzg'un, yantoqlar yozning jazirama davrida barglarini to'kish orqali suvni tejaydilar. Saksovulning ildizi 8—10 metr chuqurlikdagi suvni shimib olishga moslashgan. Sigirquyruqda barglar qalin tuk bilan qoplangani uchun suvni kam bug'lantiradi.
Ba'zi o'simliklar o'z vegetatsiya muddatini qurg'oqchilik davrigacha tugatadi. Ular kserofit o'simliklar bo'lib, bularga lolaqizg'aldoq yorqin misoldir.
Gulli o'simliklarda changlanish bilan aloqador bir qancha moslanishlar bor. Hasharotlar yordamida changlanadigan o'simliklarning gultoji barglari yirik, chiroyli rangbarang ko'rinishda bo'lib, xushbo'y nektar ajratish xususiyatiga ega
Chunonchi, mevali daraxtlarning gullari, sovrinjon, qora andiz, anjabar, piyozgul, gvza gullari shundaylardan hisoblanadi. Gullarning rangbarangligi, hidi hasharotlarni o'ziga jalb qiladi va ularni chetdan changlanishiga yordam beradi.
Aksincha, shamol yordamida changlanadigan o'simliklarning gultoji barglari va changlari mayda, ko'rimsiz, hidsiz va yengildir.
Qayin, qayrag'och, aylant, zarang, saksovul mevalarida qanotsimon o'simtalar, qoqio't, bo'ztikan, terak va g'o'za urug'larida patsimon shakldagi tukchalar bo'lib, ular havoda baland ko'tarilib uzoq joylarga tarqaladi. Ittikanak, sariqchoy, yovvoyi sabzi, qariqiz, qo'ytikan mevalarining sirtida ilmoqchalar bo'lib, ular hayvonlar yungiga ilashib boshqa joylarga tarqaladi. Oq shira, qo'ypechak, g'umay urug'lari suv orqali ekin maydonlariga oqib keladi.
Etdor, sersuv mevalar danakli, danaksiz bo'lishidan qat'iy nazar qushlar va boshqa hayvonlar tomonidan yeyilib, hazm bo'lmagan urug'lar ularning tezagi orqali uzoq joy­larga tarqaladi.
Akatsiya, no'xat, mosh, loviya mevalarining chatnashishi, yani qurigan mevalari ochilib otilishi tufayli ularning urug'lari bir necha metr masofaga tarqalishi mumkin.
Ko'pgina o'simliklarning meva va urug'lari o'z og'irligi ta'sirida yerga to'kiladi. Mana shu yo'l bilan boshoqli o'simliklarning doni, eman, yong'oq, o'rik, gilos, olcha mevalari atrofga tarqaladi.
O'simliklarning tashqi muhitga moslanishi haqida gap borar ekan, hasharotxo'r o'simliklar to'g'risida to'xtash joizdir.
Hasharotxo'r o'simliklar, odatda, botqoqiiklarda, qumloq yerlarda, suvda, tosh va qoyalar orasida, ya'ni kam ozuqali joylarda tarqalgan. Shunga ko'ra, ularda o'simliklarga xos oddiy oziqlanishdan tashqari, mayda hasharotlar bilan oziqlanish bo'yicha tarixiy jarayor)da moslanishlar paydo bo'lgan
Bunday moslamalar turli xil hasharotxo'r o'simliklarda turlichadir. Chunonchi. Qoraqalpog'iston respublikasi amudaryo bo'ylaridagi ko'llarda, daryo irmoqlarida «aldrovanda» deb ataluvchi o'simlikning barg tuklari uchida yaltirab turadigan bezchalar bo'ladi. Bargga qo'ngan hasharotlar ana shu bezchalarga yopishadi. Shu paytda barg chekkalaridagi tuklar harakatlanib hasharotni o'rab oladi. Oradan ko'p o'tmay tuklar uchidagi bezlar o'zidan shira ajratib hasharotning yumshoq qismini so'ra boshlaydi. Shundan so'ng, tuklar astasekin avvalgi holiga qaytadi va shamol hasharot­ning nisbatan qattiq qismlarini uchirib yuboradi.
O'zbekistonda keng tarqalgan «suv qaroqchisi» nomini olgan utrikularia vilgaris — ko'p yillik, ildizsiz o't bo'lib, ko'lmak suvlarda hayot kechiradi. Barglarida maxsus pufakchalar bo'lib, har bir pufakchaning teshigi atrofida tuklar rivojlangan bo'ladi. Tukchalarning yonidagi maxsus bezchalar o'zlaridan hasharotni jalb qiluvchi shirin suyuqlik ajratadi. Shirin suyuqlikka yaqinlashgan hasharot suv tomchisi bilan pufakcha ichiga tushadi. Pufakchi ichidagi hasharotning chiqib ketishiga pufakchaning qopqog'i va teshikcha atrofidagi tukchalar to'sqinlik qiladi. Natijada pufakcha ichidagi hasharot halok bo'ladi. Uning yumshoq qismi pufakcha ichidagi maxsus hujayralar tomonidan so'riladi. O'simlikning qo'shimcha oziqlanishi shu yo'sinda davom etadi.
Hind okeani orollarida tarqalgan hasharotxo'r o'simlik — «nepentes»lar daraxt shoxlarini uzunuzun chirmovuqlar kabi o'rab oladi. Ularning hammasida barglar o'zgarib qopqoqli «koczachalar»ga aylangan. Ko'zachaning etdor, sershira chetlari yorqin rangi bilan hasharotlarni o'ziga jalb qiladi. Hasharotlar ko'zachaning tashqi ko'rinishi va undagi suyuqlikka aldanib tuzoq ichiga kiradi va ko'zachaning bekilib qolgan qopqog'i ostida halok bo'ladi. Uning yumshoq qismlari hazm bo'lib, ko'zacha devorlari orqali so'rilib, faqat shohsimon qattiq qismlarigina qoladi, xolos

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin