Himoyalanish holati faollashtirilishi natijasida kompyuteming himoyalanish darajasi va bazasini yangilash zaruriyati borligi haqida ma’lumotga ega bo‘lamiz.
Tekshirish funksiyasini faollashtirib kompyuterning tezkor xotirasi, qattiq va yumshoq disklar virusga tekshiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda faqat xotiraning kerakli sohasini Выборочная проверка - tanlab tekshirish qismi orqali amalga oshirilishi mumkin.
Kompyuter viruslari va virusdan himoyalash usullari
Internet tarmog‘iga ulangan kompyuter Обновление - yangilash yordamida eng kamida bir oyda bir marta antivimslar bazasini yangilab turish zarur. Buning natijasida foydalanuvchi kompyutemi jahon hisoblash to‘rida to‘xtovsiz ishlab chiqilayotgan yangi viruslardan himoyalanishni mustahkamlaydi.
Sozlash qismi yordamida kompyuterda joriy vaqt rejimida fayl tizimini, yaratilayotgan hujjatni, Internet tarmog‘i orqali amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan tajovuzning oldini olish kabi himoyalash vositalari faoliyatini tashkil etishi mumkin:
3-Mavzu. Xorijiy davlatlarning elektron raqamli imzo algoritmlari tahlili.
elektron raqamli imzo — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzoni yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning ochiq kaliti — elektron raqamli imzo vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi;
elektron raqamli imzoning haqiqiyligini tasdiqlash — elektron raqamli imzoning elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega bo‘lgan axborot.