1-mavzu:"Hayot faoliyati xavfsizligi" fanining asosiy tushunchalari mohiyati; xavf turlarini, ularni guruhlash va identifikatsiyalash


-mavzu:Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni hududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi



Yüklə 108,46 Kb.
səhifə11/12
tarix16.12.2023
ölçüsü108,46 Kb.
#183069
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Hayot faoliyati xavfsizligi

12-mavzu:Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishni hududiy, ishlab chiqarishdagi darajasi.
1. Xavflilik darajasi bo ‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari qanday tiplarga bo‘linadi ?
2. Mehnatni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligini boshqarishdagi korxona rahbari va bosh nuhandisning vazifalarini tushintirib bering.

Javoblar:


1. Xavfli ishlab chiqarish obyektlari tipi — xavfli ishlab chiqarish obyektlarida xavfli moddalar kategoriyasi mavjudligi asosida ushbu xavfli ishlab chiqarish obyektining xavfliligi darajasini belgilaydigan xavfli ishlab chiqarish obyekti tavsifi.
Xavflilik darajasi bo‘yicha xavfli ishlab chiqarish obyektlari quyidagi tiplarga bo‘linadi:
birinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallarida ko‘rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me’yoriga teng bo‘lgan yoki undan ortiq bo‘lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan yuqori xavflilik darajasidagi obyektlar;
ikkinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — birinchi tipga tegishli bo‘lmagan, ushbu Nizomga 2-ilovaning 1 va 2-jadvallaridagi ko‘rsatilgan miqdorda, ularning cheklangan me’yoridan kam bo‘lgan xavfli moddalar foydalaniladigan, ishlab chiqariladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan obyektlar;
uchinchi tipdagi xavfli ishlab chiqarish obyektlari — obyektlarning birinchi va ikkinchi tiplariga tegishli bo‘lmagan, ushbu Nizomning 6-bandi 2-5 kichik bandlarida ko‘rsatilgan xavflilik belgilariga ega bo‘lgan obyektlar.
agar xavfli ishlab chiqarish obyektlari o‘rtasidagi masofa 500 metrdan kamni tashkil etsa, xavfli moddaning jami miqdori hisobga olinadi.
2. Korxonalar ma`muriyati va muhandis-texnik xodimlarning asosiy vazifalari mehnat haqidagi qonunlar majmui uchun hamda xavfsizlik yo`llar va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalari" bilan bclgilanadi. Ishlab chiqarishda shikastlanish va kasbiy kasallanishlarni kamaytirish hamda ularning oldini olishga oid mehnat muhofazasi bo`yicha ishlarni amalga oshirish va tadbirlarni ishga umumiy rahbarlik hamda bu ishga javobgarlik korxona rahbari va uning o`rinbosari - bosh muhandis zimmasiga yuklatiladi.

Yüklə 108,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin