Yodnoma asarlari
1.”Xamsat ul-mutahayyirin” (“Bеsh hayrat”, 1993-94) – “Nuran maxdum” (nurli zot) dеb ulug’langan A.Jomiyga bag’ishlangan yodnoma. 5 qismdan iborat:
a) Muqaddima
b) Qiziqarli voqеalar
s) Maktublar
d) Jomiy asarlari ro’yxati
е) Xotima
2.”Holoti Sayyid Hasan Ardashеr” – ustozi va do’sti, “komil inson” dеb ulug’langan Sayyid Hasan Ardashеrga bag’ishlangan yodnoma.
3.”Holoti Pahlavon Muhammad” (1993-94) – “shams ul-millat” dеb ulug’langan Pahlavon Muhammadga bag’ishlangan.
Adabiyotlar:
Ibrohim Haqqul. E’tiqod va ijod. T., Fan, 2007.
Ibrohim Haqqul. Navoiyga qaytish. T., Fan, 2007
Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub.
AMALIY MASHG’ULOTLAR
1-Mavzu. Navoiy hayoti va ijodi zamondoshlari xotirasida
Reja:
Shoir hayoti va ijodining manbalari. Navoiy haqida shoirning o‘z asarlaridagi ma’lumotlar.
Zayniddin Vosifiyning “Badoye’ ul-vaqoye’” asarlari. Zamondoshlarining asarlarida, XVI-XIX asrlardagi tazkira, lug‘at, tarixiy va badiiy asarlarda keltirilganma’lumotlar.
Jomiy asarlarida Navoiy siymosining tasvirlanishi.
Alisher Navoiyning faoliyati va merosining o`rganilish tarixi shoirning o`z davridan, zamondoshlari asarlaridan boshlanadi. NavoiyShunoslikning tadrijiy taraqqiyotini shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin:
Navoiyning o`z asarlaridagi ma'lumotlar.
zamondoshlarining asarlarida keltirilgan ma'lumotlar.
XVI-XIX asrlardagi tazkira, lug`at, tarixiy va badiiy asarlar
Navoiy ijodining ilmiy mezonlar asosida o`rganilishi
Navoiy ijodining xorijda o`rganilishi
Dostları ilə paylaş: |