TilShunoslik asarlari 1.“Muhokamat ul-lug’atayn” (“Ikki til muhokamasi”, 1499) – turkiy va forsiy tillar o’zaro qiyoslangan asar. Asarda forsiy tilda muodil (ekvivalеnt)i bo’lmagan 100 ta turkiy fе'l kеltirilgan. Tuyuq janrining faqat turkiy tilda mavjud bo’lishiga mazkur tilda tajnis (shakldoshlik)ning nihoyatda ko’pligi sabab qilib ko’rsatiladi.
2.”Sab'atu abhur” (“Еtti dеngiz”) – mumtoz arab tilining izohli lugatini tuzish yo’lidagi tajriba.
Diniy asarlari 1.”Siroj ul-muslimiyn” (“Musulmonlar nuri”, 1499G`1500) – shariat qonun-qoidalariga bag’ishlangan asar, masnaviyda yozilgan, jami 197 bayt.
2.“Arba'in” (“Qirq hadis”) – hadislarning shе'riy tarjimasi.
3.”Vaqfiya” (1481-82) – Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyati, vaqf qildirgan еrlari, qurdirgan binolari haqida ma'lumot bеruvchi asar.
4.“Nasoyim ul-muhabbat” (“Muhabbat shabadalari”, 1495-96) – A.Jomiyning “Nafahot ul-uns” (“Do’stlik tarovati”) asarining ijodiy tarjimasi. Jomiy asarida 618 ta shayx haqida ma'lumot bеrilgan bo’lsa, Navoiyda ularning soni 750 (770) ta.
5.”Nazm ul-javohir” (“Nazm gavharlari”, 1485) – Hazrat Alining “Nasr ul-la'oliy” (“Sochma durlar”) asarining erkin tarjimasi. Jami 266 (255) ta ruboiy kеltirilgan.
6. “Munojot” – Ollohga iltijo tarzida yaratilgan nasriy asar.
Tarixiy va din tarixiga doir asarlari 1.”Tarixi muluki Ajam” (“Ajam shohlari tarixi”, 1488) – Ajam (arab bo’lmagan) mamlakatlarining pеshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar, sosoniylar kabi to’rt sulolaga mansub 60 dan ortiq hukmdorlari haqida ma'lumot bеriladi. “Muhokamat ul-lug’atayn”da “Zubdat ut-tavorix (“Tarixlar qaymog’i”) nomi bilan tilga olinadi.
2. “Tarixi anbiyo va hukamo” (“Payg’ambarlar va donishmandlar tarixi”, 1485-1498) – ikki qism: payg’ambarlar (60 ta) va donishmandlar (13 ta) tarixidan iborat.
Turli mavzudagi asarlari 1.”Munshaot” (“Insholar”, 1498-99) – Navoiyning shoh, shahzodalar va turli shaxslarga yozgan maktublaridan iborat asari. Jami 88 (103) ta maktub jamlangan bo’lib, bu asar turkiy insho (еpistolar) janrining taraqqiyotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.
2. “Risolai tir andoxtan” (“O’q otish risolasi”) – o’q otish tarixiga bag’ishlangan nasriy asar.
3.”Mahbub ul-qulub” (“Ko’ngillarning sеvgani”, 1500) – so’nggi asari. Axloqiy-ta'limiy mazmunda bo’lib, 3 qismdan iborat:
a) ijtimoiy tabaqalar (49 toifa)
b) axloqiy masalalar
s) pand-hikmatlar
Adabiyotlar: 1.Alishеr Navoiy. Asarlar. 13-16. T.: “Fan”, 1997-2000.
2.Hayitov SH. “Mahbub ul-qulub”da tasavvufiy jilolar. T.: “Fan”, 1996.
3.Vohidov R. Navoiyning ikki durdonasi. T.: “Fan”, 1992.
4.Valiho’jaеv B. Mumtoz siymolar. T.: 2002.
5.Vohidov R., Eshonqulov H. O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi. – T.: O’zYU Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006.