1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
Bulut hayvon zuloli birla tirguzdi havo jonin, Seuunmak ashkidin ahodob qildi sabza mujgonin. (“G’aroyib us-sig’ar”, 440-g‘azul)
10. Hajviy mavzudagi g’azallar:
Ul shayxki, minbar uza afsung'a berur tul, Shuytondur o'zi, majlisining ahli suruk g'ul. (“Favoyid ul-kibar”, 377-g‘azal)
Aslida bunday tasnif nisbiy bo’lib, ba’zan Alisher Navoiyning ishqiy mavzudagi g’azallari tarkibida (ko’pincha maqta’dan oldingi baytda) ijtimoiy masalalar bilan bog’liq baytlar, tabiat tasviri aks etgan g’azallarida yor tasviri va h.k. mazmunidagi baytlarni ham kuzatish mumkin.
“Xazoyin ul-maoniy”da qirqdan ortiq hamd va qirqqa yaqin na’t g’azallar mavjud. SHoir hamd g’azallarda Allolmi madh etib, ta’rif-u tavsif qilar ekan, Uning azaliy va abadiyligini, qudrati, lutfi, mehri-yu qahrini bu olamdagi tajalliysi vositasida badiiy ifodalaydi. Na’t mavzusidagi g’azallarda Rasulullohga muhabbat va bu muhabbatning otashi, shiddati butun bo’y-basti hilan namoyon bo’lsa, rindona g’azallarda may va u bilan bog’liq holda soqiy, qadah, mayxon, mug’bacha timsollaridan mohiyat va hodisani badiiy talqin etishda foydalanilgan. SHoirning zohiran muayyan mavzuni - oshiqona mazmunni ifodalngan ko’pgina g'azallari botinda oriforona mohiyatga ega. Buning natijasida bayt yoki g'azalda qo'llanilgan obraz va timsollar bir necha ma’nolar qatlamini o'zida aka ettiradi. Navoiyning peyzaj mavzusidagi g`azallarida tabiat tasviri keng planda qo'yilib, muayyan ijtimoiy-falsafiy mohiyat kasb etadi. Y.Is’hoqoving qayd etishicha, shoir doimo tabiat bilan inson o'rtasida umumiylik ko'radi va ko'pincha ularni bir-biriga tamsil tarzida tasvirlaydi. Ijtimoiy va axloqiy-ta’limiy mavzudagi g`azallarda g'azalning lirik qahramoni faylasnf va murabbiy sifatida olam va odamning mohiyati haqida o'z qarashlarini bayon etadi.
Yuqorida aytilganidek, Navoiy g'azaliyotida ishq mavzusi asosiy o'rinni egallaydi. Bu mavzu umuman musulmon SHarqi she'riyartida ham yetakchi o'rinda bo'lib, Alisher Navoiy unga o'z ijodining deyarli barcha bosqichlarida murojaat qilgan:
Ey Navoiy, ishq atvorini hifz aylay degan. Barcha ishni tark etib, qilsun bizing devonni hifz. Buyuk mutafakkir “Mahbub ul-qulub” asarida ishqni 3 darajaga ajratadi:
1) avom ishqi;
2) xoslar ishqi (majoziy ishq);
3)siddiqlar ishqi (haqiqiy ishq).
Alisher Navoiy ijodida ishqning quyi bosqichi - avom ishqini tasvirlash maqsad qilib olinmagan, zero, uning fikricha, bunday ishqning “zikri tarki adabdur va bayoni behijobliqqa sabab". Shu ma’noda shoir ishqiy lirikasining asosini majoziy va haqiqiy ishq tarannumi tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, Navoiy she’riyatida majoziy ishq haqiqiy ishqqa qararna-qarshi qo`yilmaydi, balki majoziy ishq haqiqiy ishq uchun ko'prik, degan g'oya iigari stiriladi;
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq, Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur. Majozdin chu haqiqatqa yo'l topar oshiq, Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur. (“Favoyid ul-kibar. 5-qit`a)
SHoirning majoz tariqida boshlangan g'azallari haqiqiy ishq vasfi bilan intiho topadi, g'azallarida tasvirlangan “yor” tuShunchasi tor ma’noda ma’Shuqa tisolini ifodalash bilan birga keng ma’noda “do'st", “rafiq”, “ustoz", “pir komil", Rasululloh (s.a.v.) va Alloh ma’nolarida ham kelishi mumkin.
Alisher Navoiyning ishqiy mavzudagi g'azallaridan birini ko'rib chiqsak:
Bo'lsa ikimizning yuzi akd suda paydo. Ul xu ne taraf borsa, ochilgay guli ra` no. Zulfung g`ami ko‘ nglumni beling fikriga soldi. Ko’rkim, ne taxayyulga soliptur ani savdo. G'avgo qilur el mahvashlar ko'yida. lekin Mahvashlar ishi qilmoq aning ko'yida g`avg`o. Ahvolima Farhod ila Majnunga taajjub, Ishq etti xirad ahli qoshida meni rasvo. .Har sori tamoshog`akim, ul sho'x qilur azm. Yo'q anga tamoshoki, erur elga tamosho.