1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə12/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Ne vo`sma-vu ne kesmadur ul zulfi sumansoy,
Ne g'amzayi jodu,

Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy,

xurshid anga ko'zgu.
“Oqquyunli muxlislar devoni”dan o'rin olgan mustazod esa quyidagi bayt bilan boshlanadi:

Ey, husnungga zarroti jahon ichra tajalli,
mazhar sanga ashyo,
Sen lutf bila kavn-u makon ichida mavli,
olam sanga mavlo.
Muxammas janridagi she’rlar esa har ikki devonda taxmis shaklida bo'lib, ular mavlono Lutfiy g'azallariga bitilgan. “Ilk devon”ga kiritilgan va “SHarbati “yuhyil-izom” erni mayi nobindadur” deb boshlanuvchi muxammas keyingi devonga ham dastlabki muxammas tarzida kiritilib, “Oqquyunli muxlislar devoni”dan yana 2 taxmis joy olgan.
Alisher Navoiyning ilk rasmiy devoni “Badoyi’ ul-bidoya”- da 11 janrga oid 1046 ta she’r (MAT, 1-jild asosida) mavjud . Ushbu janrlarni quyidagi jadvalda ko'rish mumkin:

t

Lirik janr

She’rlar miqdori




1.



G'azal

777



Mustazod


3

3.

Muxammas


5

4.

Musaddas


2

5.

Tarji’band


3

G.

Qit’a

46

7.

Ruboiy

86

8.

Lug’z

10

9.

Muammo

52

10.

Tuyuq

10

11.

Fard

53

Shoirning keyingi rasmiy devoni “Navodir un-nihoya” MATdagi nashr asosida fikr yuritadigan bo'lsak, janr - g'azal janridagi 862 ta she’r mavjud. Aslida Navoiy “Navodir un-nihoya”ning Sultonali Mashhadiy tomonidan ko`chirilgan nusxasida g'azaldan tashqari, yana mustazod, tarji`band,qit`a, ruboiy, lug'z, muammo va tuyuq kabi janrlar ham bo`lib, ular jami 8 janrda bitilgan (Ushbu devon haqida nisbatan to`liq ma`lumotlar darslikning 1-qismida keltirilgan).

Alisher Navoiy she’riyatining gultojini “Xazoyin ul-maoniy” kulliyoti tashkil qiladi. Shu ma’noda shoir she’rlaridagi badiiyat, ularning janr xususiyatlari, mavzu ko'lami, strukturasi va boshqa poetik xususiyatlari haqida har tomonlama va mukammal tasavvr hosil qilish uchun kulliyotdagi har bir janrga tarixiy poetika nuqtai nazaridan to'xtalib o'tishni lozim topdik.


“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida eng ko'p qo'llanilgan janr bu, Shubhasiz - g'azaldir. SHoirning turkiy tilda bitilgan 2600 g'azali ushbu kulliyotdan o'rin olgan. Navoiy g'azallari faqat miqdor jihatidan emas, balki g'oyaviy-badiiy ko'lami jihatidan ham SHarq mumtoz g'azalchiligining yuksak namunalari sirasiga kiradi.
Ma’lumki, g'azal arabcha “oshiqona so‘z", “ishq izhor qilish" ma’nolarini bildirib, a-a, b a, d a, e-a... tarzida qofiyalanuvchi, 3 baytdan 19 baytgacha hajmda bo'lgan baytli she’r shaklidir. AdabiyotShunoslikda g'azal janri haqida ilk ma’lumot SHams Qays Roziyning “Al-Mo‘jam” asarida (XIII asr) keltirilgan. Olim bunda g'azalning asosiy lug'aviy ma’nosi ayollarga muhabbat qo'yish bilan bog'liq ekanligiga e’tibor qaratadi. O'zbek adabiyotida 5-10 baytli g'azallar ko'p uchraydi. Navoiy g'azallari esa asosan 7 baytdan 13 baytgacha hajmda bo'lib, bu haqda shoirning o'zi “Badoyi’ ul-vasat” devoniga kiritilgan qit’asida Shunday ma’lumot beradi:



Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin