1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə40/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

(“Badoye’ ul-vasat”, 43-qit'a)
Qit'alar ba'zan aa, bb, dd tarzida ham qofiyalanishi mumkin. “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 210 qit'adan 6 tasi aynan Shu tarzda qofiyalangan. (“G‘aroyib us-sig‘ar”dagi 41-qit'a; “Badoye’ ul-vasat”dagi 3-, 18-, 52-qit'alar, “Favoyid ul-kibar”dagi 42-, 44-qit'alar). AdabiyotShunoslikda ularni qit'adan ko‘ra masnaviy deb atash to‘g‘riroq degan fikr bildirilgan (Y.Is’hoqov).
“Badoye’ ul-vasat”dagi 18-qit'aning qofiyalanishi quyidagicha:
Biyik himmatlik elga arzi hol et, a
Zamiri nurposh eldin savol et. a
Ki bor abri bahori gavharafshon, b
Choqin ham olam ahlig‘a zarafshon. b
Kulliyotdan 210 ta qit'a ham o‘rin olgan bo‘lib, “Badoye’ ul-vasat”ga 60 ta, qolgan devonlarga 50 tadan qit'alar joylashtirilgan. Kulliyot devonlaridagi qit'alar ham an'anaviy hamd va na't mavzusi bilan boshlanib, ijtimoiy hayot masalalari, muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu guruh vakillari faoliyati haqidagi mazmun bilan davom etadi.
Kichik lirik janrlar sharhi: ruboiy, tuyuq va fardlar. Alisher Navoiyning “Nazm ul-javohir” asari pandnoma yo‘nalishida bo‘lib, Hazrat Ali ibn Abutolib hikmatlarining taronai ruboiy shaklida qilingan she’riy tarjimalarini o‘z ichiga oladi13. Asar 1485-yilda Sulton Husayn Boyqaroning “Risola”siga javob va minnatdorlik izhori tarzida yozilgan. “Nazm ul-javohir” muqaddima, asosiy qism va xotimadan iborat. Muqaddimada Navoiy dastlab an’anaviy hamd, na’t va vasf mavzularida qalam tebratib, so‘ng so‘z gavhari haqidagi mulohazalarini bayon etadi hamda uni shakl va ma’no uyg‘unligi bo‘yicha a’lo (eng oliy), avsat (o‘rta) va adno (quyi) kabi uch darajaga bo‘lib tasniflaydi. So‘zning eng oliy darajasi (a’lo martabasi)ga Allohning Kalomi – Qur’oni karim, hadisi sharif, so‘ngra nabiylar, sahobalar hamda valiylarning hikmatlari; o‘rta darajasiga balog‘at ilmini chuqur egallagan shoir va adiblar, notiq va voizlarning so‘zlari; adno – quyi darajasiga omma iste’molida bo‘lgan so‘zlaShuv uslubini kiritadi. Navoiy nutq sharafi bilan mumtoz bo‘lgan insonning so‘zdan murodi – ma’no olamiga yo‘l topish, mohiyatni anglash hamda odamlar orasida o‘z bilimi va so‘z gavharini tasarruf qilish mahoratiga qarab imtiyoz topishi ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Bayon etilgan fikrlarning deyarli barchasi oyat va hadislardan iqtibos keltirish orqali dalillanadi, xulosalar ta’sirchanligini oshirish uchun to‘rt misrasi ham qofiyadosh – taronai ruboiylardan foydalaniladi.
“Nazm ul-javohir”ning yozilish sabablari haqida to‘xtalar ekan, Navoiy bolaligidan Qur’on va hadisdan ta’lim olish barobarida hazrat Alining hikmatlari bilan ham tanishgani, zamondosh olimlar va fozillardan ushbu hikmatlar fors tiliga tarjima bo‘lganini eshitib, o‘sha davrlardayoq bu sharafli ishni turkiy tilda amalga oshirmoqni niyat qilganini qayd qiladi. Ushbu niyat hijriy 890, milodiy 1485-yil yanada quvvat oladi: Sulton Husayn Boyqaro turkiy tilda risola bitib, unda saltanat davrida qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda Shukronalikka sabab bo‘lganlar – mamlakat hududida yashab faoliyat yuritayotgan zotlar, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish va madaniy hayotdagi yuksalishlar haqida fikr yuritib, ayniqsa, Navoiyning bu boradagi qahramonliklarini alohida mamnuniyat bilan qayd qilib o‘tadi va unga turkiy she’riyatning sohibqironi, deb yuksak baho beradi. Bunday shohona iltifot va do‘stona e’tirofga munosib javob qaytarish va o‘zining samimiy munosabatini izhor etish maqsadida ko‘p mulohaza yuritgan Navoiy g‘ayb olamidagi hotif ko‘ngliga nido solganidan keyin Hazrat Alining “Nasr ul-laoliy” (“Sochma durlar”) asaridagi hikmatlarni she’riy tarjima qilishga kirishadi. Aynan “Nasr ul-laoliy”ni Husayn Boyqaro risolasiga javob tarzida tarjima qilishida ham ma'no bo‘lib, bu Hazrati Alining Islom olamida tutgan yuksak o‘rni bilan izohlanadi. Husayn Boyqaro darajasi Hazrati Alining maqomi bilan qiyos etiladi14.
Rashididdin Vatvot va Afzal Marog‘iy “Nasr ul-laoliy”dagi 100 arabcha hikmatni “Sad kalima” (“Yuzta hikmatli so‘z”) nomi bilan taronai ruboiy shaklida fors tiliga tarjima qilganliklaridan xabardor bo‘lgan Navoiy 300 ta o‘zbekcha ruboiyi tarona yozib, bu yo‘nalishda ham miqdor, ham sifat bo‘yicha forsiy salaflaridan kam bo‘lmagan asar yaratishga erishgan. Bundan tashqari, “Nazm ul-javohir” “Sad kalima”lardan farqli ravishda nasr­da yozilgan muqaddima va xotima qismidan iborat. Ushbu qismlarda keltirilgan 32 ruboiy ham ruboiyi tarona shaklida bitilgan. Jumladan, quyidagi ruboiyda to‘rt xalifai roshidon ta’rifi to‘rt misra­da bayon qilingan:

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin