21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ssenariysi



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü57,83 Kb.
#173726
  1   2   3   4

21-OKTABR – O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILGAN KUN MUNOSABATI BILAN O‘TKAZILGAN TADBIR SSENARIYSI


1.Boshlovchilar kirish so‘zi
2.SHe’rlar
3.Tilimiz va yozuvimiz
4.Hikmatli so‘zlar
5.Raqs
6.Xalq og‘zaki ijodi (“Kuntug‘mish” dostoni misolida)
7.Til haqida fikrlar
8.Raqs
9.Tilimiz tarixi
10.Sahna ko‘rinishi (“O‘tkan kunlar” asari misolida)
11.Yakuniy so‘z hamda taqdirlash


1-boshlovchi. Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar. Bugungi “Til bayrami”ga xush kelibsiz!
2-boshlovchi. Inson go‘zalligi, ma’naviyati, buyuk merosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu – tildir. Shu sabab onadek aziz o‘z ona tilimizni asrab-avaylash, e’zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir.
1-boshlovchi. Darhaqiqat, inson o‘z ona tilisi bilan uyg‘ayadi, kamolga yetadi. Mana shu til bilan yashab o‘tadi. Komillikning birinchi belgisi ham namoyon bo‘ladi.
2-boshlovchi. Zero, nutqning go‘zalligi, tilning burroligi, ifodaning aniqligi inson uchun o‘ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko‘rsatadi.
1-boshlovchi. Marhamat, endi navbatni maktab-internatimiz o‘quvchilariga beramiz.
1-o‘quvchi.
O‘zbek tilin tinglab kirdi menga jon,
Ohista tikildim va shunda bildim.
Meni tuzatolmas hech dard-u darmon
Jonimga Masihdur shu ona tilim.

Barchamizga yaxshi ma’lumki, 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida ham “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir” deb yozib qo‘yilgan. Demak, bu kunni cheksiz quvonch va iftixor bilan bayram qilishga haqlimiz.




2-o‘quvchi. Inson tug‘ilib o‘sgan joyi ona tuproq muqaddas Vatandir. Biz dunyoga keliboq onajonimizni, ona Vatanimizni ko‘ramiz, endigina tilimiz chiqqan damlarda aytilayotgan so‘zimiz bu ona so‘zidir. Biz eng aziz, eng mo‘tabar inson nomini o‘z tilimizda onadek muqaddas ataymiz. Ona bizga jon baxsh ato etgan bo‘lsa, til bizga aql-zakovat ato etadi. Shuning uchun ham o‘zbek tili buyuk va muqaddasdir.
Musiqa ohangida sahnaga Ona va farzand chiqib keladi.
Ona obrazi: Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o‘z yurtiga fidoiy, mard pahlavonlarim. Sizlar o‘z ona tilimizno hamisha asrab-avaylanglar. O‘z tilimiz qatorida qardosh chet tillarini ham o‘rganib, hurmat qilinglar. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o‘rinli foydalanishga harakat qiling, go‘zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo‘ladi. “Yaxshi so‘z jon ozig‘i”, “Bir ko‘ngil imorati – ming Makka ziyorati” deganlaridek, shirinsuxan bo‘lib yashanglar.

Farzand obrazi: Munis onajon, har bir so‘zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o‘zingiz bu tuyg‘uni,mehrni allangiz ila ko‘nglimizga jo etgansiz.


Tilimiz va yozuvimiz haqida:
1-o‘quvchi: 1989-yil 21-okatbr – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilindi.
2-o‘quvchi. 1995-yil 2-sentabr. “Lotin youviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi va Oliy Majlisning tegishli qarori qabul qilindi.
3-o‘quvchi. 1995-yil 24-avgust. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasqidlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
4-o‘quvchi. 1995-yil 21-dekabr. “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi qonuni yangi tahrirda qabul qilindi.
5-o‘quvchi. 1996-yil 10-sentabr. Vazirlar Mahakamasining “Davlat tili haqida”gi qonunni amalga oshirish “Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin