21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ssenariysi



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü57,83 Kb.
#173726
1   2   3   4
SHe’rlar va hikmatli so‘zlar.
1-o‘quvchi.
Momolarim alla aytgan sen bilan,
Navoiy ham ijod etgan sen bilan,
Istiqlol ham bizga qaytgan sen bilan,
O‘zbek tilim, singib ketding qonimga
Ko‘rk berasan she’rlarim-u borimga.


2-ўқувчи.
Arastudan so‘radilar: Odamlar bilan qanday muomala qilish lozim? Arastu javob berdi: Ularning o‘zingizga qanday muomalada bo‘lishini istasangiz, shunday muomalada bo‘ling.
Bir hakimdan so‘radilar: Odamni qiynaydigan eng og‘ir yuk nima? Hakim javob berdi: Tiliga erk berilgan g‘azab yuki. Chunki bu yuk yurakni o‘ldiradi.
3-o‘quvchi.
Munofiqning belgisi uchta : so‘zlasa yolg‘on gapiradi, va’da bersa, va’dasini buzadi, omonat berilsa, xiyonat qiladi.
4-o‘quvchi.
Har tilni biluv emdi bani odama jondur,
Til vositayi robitayi olamiyondir.
G‘ayri tilini sa’y qiling bilgani yoshlar,
Kim ilm-u hunarlar bilanki, ondin ayondur
Lozim siza har tilni biluv ona tilidek,
Bilmakka oni g‘ayrat eting foida kondur.
Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni,
Onda o‘qug‘onlar bori yaktayi zamondur.
Zor o‘lmasun onlar dog‘i til bilmay Avazdek
Til bilmaganidan oni bag‘ri to‘la qondur.


Xalq og‘zaki ijodidan parcha. “Kuntug‘mish” dostoni”. 8-YE sinf
o‘quvchilari ijrosida.
Muallif:
Xalq og‘zaki ijodining durdona asarlaridan bo‘lgan “Kuntug‘mish” dostonidan parcha. Podshoh Kuntug‘mish o‘z bolalarini qatl qilish marosimida.
Mohiboy:
O‘laman deb mard qavlidan toyama,
Yo‘qchilik jo‘mardning ko‘zin o‘yama
Oq suvdan yilqingni o‘zim haydadim
Qo‘lingdan kelganin qilgin ayama.
Mardlarning parvoyi bo‘lmas o‘limdan
Musulmonman kalima kelar tilimdan.


Xolbeka:
Qaladin qalampir yuklar qalachi
Durdonadan anbar tog‘ning og‘ochi
Analhaq deb Mansur senga osildi,
Assalomu alaykum dorning og‘ochi
Shonaman taralar qizlarning sochi
Madad qiling bobo Zangi podachi
Analhaq deb Mansur senga osildi
Assalom alaykum, dorning og‘ochi
Mohiboy:
YE sho‘rlik qismati qattiq enam. Bu dunyoga kelib biror shod bo‘lmay yig‘lab o‘tgan enam. Taqdiringga ko‘n-da. Bu og‘ochning qo‘lidan nima keladi?
Bizlar chiqdik ena Zangar elidan
Bog‘bon uzar bog‘ning toza gulidan
Yig‘lasang Xudoga yig‘la enajon

Nima kelar quv og‘ochning qo‘lidan


Podshoh tolibdir taxt bilan tog‘ga
Ko‘ngli kelar doim zakotmand bojga
Nima kelar quv og‘ochning qo‘lidan
Kofirmisan, elinasan og‘ochga.


Gurkiboy:
Ooo jallodlar, avval meni o‘ldiringlar, mening oldimda Mohi o‘lmasin, mening ko‘zim ko‘rmasin. Mening yoshim katta, yo‘l meniki
Beklar minar bedov oting tolmasin,
Hech kimsa dunyoda bizday bo‘lmasin
Mendan burun Mohi bebaxt o‘lmasin
Mohining o‘ligin ko‘zim ko‘rmasin
Zolim jallod, bilmaganin bildirgin
Yig‘latma Mohini, o‘ynab-kuldirgin
Meni o‘ldir Mohini qo‘y jallodlar,
Yoshim ulug‘, avval meni o‘ldirgin.

Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin