21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ssenariysi


O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə4/4
tarix05.12.2023
ölçüsü57,83 Kb.
#173726
1   2   3   4
O‘zbek tili dunyoning eng qadimiy va boy tillaridan biridir.
Raqs. 5-YE sinf o‘quvchisi Toshmurodova Gulsevar ijrosida (“Doirangni chal” qo‘shig‘i”)
Til haqida she’rlar:
1-o‘quvchi:
Garchi zulm qilganlarni yoqtirmadim,
SHe’r yozdim-u bo‘lak ishni qotirmadim
Tilim turib o‘z tilimda gapirmadim
Bir eslasam eziladi bag‘ri dilim,
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Ona erkam deb quchganda tunlar yarim,
Yerkim yo‘q deb zirqiraydi bir joylarim,
Parovozni hansiratgan bug‘doylarim,
Oltinlarim, ma’danlarim, ipaklarim
Ona tilim ,kechir meni, ona tilim.
2-o‘quvchi:
Kimlar uchun biz edik bir badaviylar
O‘zbekni qon qaqshatganni o‘zbek siylar
Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar
Onatilim, kechir meni, ona tilim
Kimdir mayda millat bo‘ldi, kimdir katta
Katta millat afandisi yo‘qdir hatto
Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda
Zulm o‘tsa faqat sendan o‘tdi zulm
Ona tilim, kechir meni ona tilim.
3-o‘quvchi:
Sen bo‘lmasang, nima bizga silliq she’rlar
Bu dunyoda tili yo‘qda dil yo‘q derlar
Bahoying-ku berib ketgan Alisherlar
Yuragimning to‘ridagi so‘lmas gulim
Ona tilim, kechir meni, ona tilim.
Bir qarasang har shevangda ming jilolar
Har novdangda, har mevangda ming jilolar
Qodiriylar, Cho‘lponlar-u Abdullolar
Sening qaytgan kuning men tug‘ilgan yilim
Ona tilim, ey muqaddas ona tilim.


Sahna ko‘rinish. Abdulla Qodiriyning”O‘tkan kunlar” romanidan parcha
(9-G sinf o‘quvchilari ijrosida)
Muallif: Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidan parcha.
Rahmat: Bizni kechirasiz bek aka, vaqtiz kelib tinchsizladik.
Otabek: Tinchsizlamadingizlar, bil’aks quvontirdingizlar. Shahringizga birinchi marta kelishim bo‘lgani uchun tanishsizliq, yolg‘izliq meni juda zeriktirgan edi.
Otabek: Ba’zi yumushlar buyursam, ota.
Hasanali: Buyurungiz, o‘g‘lim
Otabek: Rahmat, ota, bo‘lmasa bizga choy qaynatib bersangiz-chi?
Hasanali: Xo‘p o‘g‘lim
Rahmat: Bu kishi kimingiz bo‘ladi?
Otabek: Qulimiz
Hamid: Qulingiz?
Otabek: Shundoq.
Rahmat: Toshkanddan nimalar keltirdingiz bek aka?
Otabek: Arzimagan narsalar: gazmol, qalapoy afzali va biroz qozon.
Homid:Marg‘ilonda gazmol bilan qalapoy afzailining bozori chaqqon.
Rahmat: Marg‘ilonni qanday topdingiz, bek aka, xushladingizmi yo?
Otabek: Nima desam ekan? Marg‘ilonni har holda xush ko‘rdim. Marg‘ilon Turkistonimizning to‘qug‘uchliq hunarida birinchi shahridir. Kelgan kunimdan Marg‘iloningizni xushlamay boshlag‘an edim. Chunki tanishlarim yo‘q, musofirchilik bilinib qolayozg‘an edi. endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki yo‘qlab kelguchi sizning kabi qadrdonlar ham bolur ekan.
Rahmat: Kechirasiz bek aka, men sizning Marg‘ilonga kelganingizni bu kun otamdan eshitdim. Yo‘qsa albatta sizni zeriktirmas edim.
Otabek: Aniqmi?
Rahmat: To‘g‘ri gap, otam Toshkand borganlarida to‘ppa-to‘g‘ri sizning hovlingizga borar ekanlar.
Otabek: To‘g‘ri sizning hovlingizni so‘roqlab topish menga qiyinroq ko‘rindi. Undan so‘ng molimizni ortgan tuyakashlar shu saroyg‘a tayinlag‘an ekanlar.
Rahmat: Har holda uzr emas.
Homid: Yoshingiz nechada bek?
Hasanali: Bekka xudo umr bersa, bu yil hamduna bo‘lsa, to‘ppa-to‘g‘ri 24ga qadam qo‘yadilar.
Otabek: 24 yoshga kirdimmi, ota? Chindan ham necha yoshga kirganimni o‘zim bilmayman.
Hasanali: 24 yoshga kirdingiz, bek.
Homid: Uylanganmisiz?
Otabek: Yo‘q
Hasanali: Bek uchun bir necha joylarga qiz aytdirmak istalingan bo‘lsa ham, avval taqdir bo‘lmaganlik, undan keyin bekning uylanishka bo‘lgan qarshiliqlaridan bu kungacha to‘y qilolmay kelamiz. Ulug‘ xo‘jamizning qat’iy niyatlari bu safardan qaytg‘ach bekni uylantirishdir.
Rahmat: Mirzakarim aka qizini erga berdimi, eshitdingizmi?
Homid: Bundan xabarim bo‘lmadi. Gumonimcha bermagan.
Rahmat: Bizning Marg‘ilonda bir qiz bor, shundoq ko‘hlikki, bu o‘rtada uning o‘xshashi bo‘lmas deb o‘ylayman. Shahrimizda Mirzakarim otlig‘ bir savdogar kishi bor, bu shuning qizidir. Balki siz Mirzakarim akani tanirsiz. U bir necha vaqt Toshkentda qutidorlig‘ qilib turg‘an ekan.
Otabek:Yo‘q tanimayman.
Rahmat: Uning hovlisu poyafzal rastasining burchagidagi imoratdir. O‘zi davlatmand kishi. Toshkent ashroflarining ko‘pchiligi bilan aloqador bo‘lganliqdan balki otangiz bilan tanish chiqar.
Otabek: ehtimol
Rahmat: endi biznikiga qachon mehmon bo‘lasiz, bek aka?
Otabek: Xudo xohlagan vaqtda bo‘larmiz.
Rahmat: Yo‘q, bek aka. Siz aniqlab bir kunni tayin qilasiz, biz bu yerga sizni taklif qilgani kelganmiz.
Otabek: Ovora bo‘lmoqning nima zarurati bor?
Rahmat: Bunda ovora bo‘lish degan narsa yo‘q. iloji bo‘lsa, sizni bu saroydan hovliga ko‘chiramiz. Hozirga bir kunni tayin qilib mehmon bo‘ling-chi. Otam siz bilan o‘ltirushib Toshkand ahvolini so‘zlashmakka mushtoqdir.
Otabek: Bu saroydan sizlarnikiga ko‘chishim mushkul, ammo otangizning ziyoratlariga borishga har qachon hozirman.
Rahmat: Sog‘ bo‘ling, bek aka. Boradigan kuningnizni tayin qila olasizmi?
Otabek: Ma’lumingiz kechalari bo‘sh bo‘laman. Shuning bilan birga otangiz qaysi vaqtn ixtiyor etsalar ijobat o‘zga chorasi bo‘lmas.
Rahmat: Salomat bo‘lingiz shuni ham sizdan so‘rayin. O‘lturishga begona kishilar ham aytilsa mumkinmi, ozor chekmasmisiz? Chaqirilganda ham o‘zimizga yaqin va ahl kishilar bo‘lur. Masalan, Mirzakarim qutidor kabi.
Otabek: Manim uchun farqsiz.
O‘quvchilar ta’zim qilib chiqib ketadilar.
Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin