21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o‘tkazilgan tadbir ssenariysi


Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi



Yüklə 57,83 Kb.
səhifə3/4
tarix05.12.2023
ölçüsü57,83 Kb.
#173726
1   2   3   4
Mohi: e jallodlar, gunohni men qildim. Gurkiboy meni shuncha qaytardi,
aytganini qilmadim. Gurkining gunohi yo‘q, meni o‘ldiringlar, Gurkini ozod
qilinglar. Gurkining qoniga zomin bo‘lmayin.
Kuntug‘mish:
Bolam kepti, necha tog‘lardan osha
Ikki zulfi gardiniga yarasha
Po‘shta-po‘sht tomoshabin jonlarim
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Qo‘ldan ketgan davr ilan davronlarim
Vayron bo‘lib ko‘shk ilan ayvonalrim
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Yo‘l bering tomoshabin jonlarim
Bolamning oldida men dod aylayin
O‘z holima necha faryod aylayin
O‘lganin nesin qilasizlar tomosha
Qochinglar bolamni ozod aylayin.
Холбека:
Men seni shahzoda dedim, mard dedim
Sen qanday siynamga qo‘ygan dard eding.
Chiqsin ko‘zing tanimading bolangni
Ne tiling buni dorga tort deding
Armon bilan bilganim bildirding
Zor yig‘latib ko‘zim yoshga to‘ldirding
Ne tilingman buni dorga tor deding
Podshoh bo‘lib o‘z bolangni o‘ldirding
Yura bilmay yurar yo‘ldan toyrildim
Ucha bilmay qanotimdan qayrildim
Ne tilingman buni dorga tort deding
Armon bilan men bolamdan ayrildim.
Muallif: Doston nihoyasida barchasi baxtli yakun topdi.

Til haqida fikrlar (9-sinf o‘quvchilari):


1-o‘quvchi. O‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.
2-o‘quvchi. Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg‘ular manbayi. U inson kamolotida betakror o‘rin tutadi. Chunki onalarimiz bizga shu tilde alla aytadi., inson uchun hayotiy zarurat bilim va tushunchalarni til vositasida ong-u shuurimizga singdiradi., odob axloqimiz, fe’l-atvorimiz til orqali berilgan o‘git va nasihatlar asosida shakllanadi. Inson tafakkurining shakllanishi bevosita til bilan bog‘liq.
3-o‘quvchi. Til – xalqning, millatning eng buyuk qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun xalqning ozodlikka, o‘zligini anglab yetishga intilishida tilning qadrini tiklash, nufuzini yanada oshirish munim o‘rin tutadi.

Yüklə 57,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin