1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə39/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Sar zi modar makash, ki toji sharaf
Garde az poi modaron boshad.
Xok shav bar poi o‘, ki bihisht
Dar qadamhoi modaron boshad.
Navoiy esa birinchi baytda hadis mazmuniga urg‘u berib, ikkinchi baytda Jomiyning birinchi baytidagi xulosani keltiradi. Jomiy “Onaning oyog‘i tuprog‘i bo‘lki, jannat onalarning oyog‘i ostidadir” desa, Navoiy qit'asidan “Jannat bog‘i visolini istar esang, onalar oyog‘i tuprog‘i bo‘l”, mazmunidagi xulosa hosil bo‘ladi:
Onalarning oyog‘i ostidadur
Ravzai jannat-u jinon bog‘i.
Ravza bog‘i visolin istar esang,
Bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i.
Alisher Navoiy asarlarining qo‘lyozmalari orasida “Arba'in” eng ko‘p tarqalgani hisob­lanadi. ToshDSHI SHQM qo‘lyozmalar xazinasida asarning 18 qo‘lyozma nusxasi saqlanadi. Ularning ayrimlarida hadislarning arabcha matni ko‘rsatilgan bo‘lsa, ayrimlarida Jomiyning “Arba'in”i matni bilan birga berilgan.
Umuman olganda, “Arba'in” asari insonning ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Bu haqda shoir asarning xotima qismida aytib o‘tadi:
Erur ul arba'inning avvali hol,
Ayla bu “Arba'in” bila a'mol.
Asarning umumiy hajmi 108 baytdir. E'tiborli jihati, kirish (hamd va na't) va yakuniy qismlar bir xil – 5 baytdan iborat.
Asosiy qismda keltirilgan she'rlar shakl jihatidan qit'a singari bo‘lib, bunda faqat juft misralar qofiyalangan va toq misralar ochiq qoldirilgan:
Tengridin rahm agar tama' qilsang,
Avval o‘lmoq keraksen elga rahim.
Har kishikim ulusqa rahm etmas,
Anga rahm aylamas rahimi karim.
“Arba'in”dagi qit'alar xafif bahrining xafifi musaddasi maxbuni mahzuf yoki maqtu' (afoyili va taqti’i: foilotun mafoilun failun yoki fa'lun – V – – / V – V – / V V – yoki – –) vaznida yaratilgan.
Alisher Navoiy qit’alarining asosiy mavzulari: irfon va tasavvuf, ilohiy va majoziy ishq, didaktika, inson va jamiyat muammolari, hasbu hol va boshq.
Navoiyning hamd va na’t g’azallari badiiyati. Navoiy g’azaliyotida ishq talqini. Navoiy she’riyatida falsafiy-axloqiy masalalar talqini.
Navoiy qit’alarining mazmun-mundarijasi, inson ma’naviy kamolotining o’ziga xos qomusi ekanligi. Navoiy she’riyatida an’anaviy mazmun va o’ziga xos topilmalar. Mazmun va uning badiiy ifodasi. Navoiyning turkiy she’riyatida badiiy timsollar rang-barangligi. Navoiy qit’alarida turkiy va fors-tojik mumtoz sh’e'riyatining an’anaviy timsollari va ularning yangicha talqinlari. Mutafakkir shoir ijodining g’oyalar tizimi, milliy, diniy va umuminsoniy g’oyalar. Navoiy g’oyalari va barkamol shaxs tarbiyasi.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida qit'a janri ham yetakchi o‘rinni egallaydi. Qit'a (ar. “parcha”, “bo‘lak”, “qism”) 2 baytdan bir necha baytgacha hajmda bo‘lgan, faqat juft misralari qofiyalanadigan (ba , da, ea …) baytli she'r shakli hisoblanadi. Turkiy adabiyotda qit'aning ilk namunalari Nosiruddin Rabg‘uziyning “Qisasi Rabg‘uziy” asarida uchraydi12.
Qit'a, asosan, falsafiy, ijtimoiy va axloq-odob bilan bog‘liq mavzularda yaratilgan. Shuningdek, qit'a nasriy asarlarda ma'lum bir masala haqidagi fikr-mulohazalarga yakun sifatida “qissadan hissa” tarzida keltirilgan.
Alisher Navoiy qit'alarini mavzusiga ko‘ra shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
  1. ijtimoiy hayot masalalari aks etgan falsafiy-axloqiy mazmundagi qit'alar:




Quloqda asra garonmoya so‘zniyu fikr et
Ki, dursiz o‘lsa, ne bo‘lg‘usidur sadaf holi.
So‘zungni dag‘i ko‘ngul ichra asrag‘ilkim, hayf
Kim, uyla durjni guhardin etkasen xoliy.
Bu durju ikki sadafni to‘la dur etkanga,
Zihye uluvvi guhar, balki gavhari oliy.

  1. muayyan davr voqea-hodisalari hamda u yoki bu guruh vakillari faoliyati haqidagi qit'alar:




Falon kotib ar xatni mundoq yozar,
Bu mansabdin ani qo‘parmoq kerak.
Yuzin nomasidek qora aylabon,
Qalamdek boshin dag‘i yormoq kerak.
Kulliyotdagi qit'alarda ularning g‘oyasini ifodalovchi sarlavhalar qo‘yilgan. Masalan, yuqoridagi qit'a matnni xato ko‘chiruvchi kotiblar haqida bo‘lib, uning sarlavhasi quyidagicha:
G‘alat bitir kotib bobida qalam surmagu qorasining g‘alatin yuziga kelturmak”.
Mumtoz she'rShunoslik mezonlariga ko‘ra, qit'ada taxallus qo‘llanilishi shart bo‘lmagan. Lekin Navoiyning ayrim qit'alarida, xususan, hajmi 7 bayt va undan ortiq bo‘lgan qit'alarda shoir taxallusi keltirilgan. Masalan, “G‘aroyib us-sig‘ar”dan 7-raqam ostida o‘rin olgan va “Qanoat naqshining ifshosi-yu naqshbandiya tariqining adosi” deb sarlavha qo‘yilgan qit'a 11 baytdan iborat bo‘lib, uning so‘nggi baytida quyidagicha taxallus keltirilgan:
Bu ohang ila bo‘lg‘asen naqshband,
Navoiy, agar yetsa navbat sanga.
Navoiy qit'alarida taxallus birinchi baytda keltirilganligini ham kuzatish mumkin:
Ey Navoiy, olam ahlida tama'siz yo‘q kishi,
Har kishida bu sifat yo‘qtur, anga bo‘lg‘ay sharaf.
Sen agar tarki tama' qilsang, ulug‘ ishdur bukim,
Olam ahli barcha bo‘lg‘ay bir taraf, sen bir taraf.

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin