1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


ilmi aruz – she'rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yurituvchi soha; ilmi qofiya



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə35/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

ilmi aruz – she'rdagi vaznlar va ularning qonun-qoidalari haqida bahs yurituvchi soha;


  • ilmi qofiya – qofiya qonuniyatlari va turlari haqida ma'lumot beruvchi soha;


  • ilmi badi' – nutqqa bezak beruvchi san'atlar, ularning o‘ziga xos jihatlari, fikrni go‘zal va mazmunli ifodalash usullarini o‘rganuvchi soha.

    Mumtoz adabiyotimiz, xususan Alisher Navoiy davrida adabiy tur tuShunchasi o‘ziga xos ifoda shakllaridan iborat bo‘lgan. Bunda asosan adabiy asarlar nazm va nasr yo‘nalishlariga bog‘liq holda tahlil qilingan. Nazm va unga mansub janrlar badiiy asarlarning asosiy ifoda shakli bo‘lib, ularga nasrdan ko‘ra “poyasi biyikrak” (martabasi yuksakroq) deb qaralgan.


    Turkiy poetikaga doir bizgacha yetib kelgan ilk nazariy manba hisoblanmish “Funun ul-balog‘a”da nazm va nasrga badiiy nutq hamda mumtoz adabiy asarlarning ikki asosiy ifoda shakli sifatida qaralar ekan,
    muallif “istisvob bobinda murattab” (to‘g‘rilik bobila tartibli) nutqni nazm va “avroq vasoqinda parishon” (varaqlar maydonida sochilgan) nutqni nasr deb ataydi. Uning fikricha, agar ijodkor o‘z fikrini nazmda bayon qilsa, oddiy bu ilmlardan bexabar nodon kishi unga hujum qilishga va buzishga qodir bo‘la olmaydi. Qisqa qilib aytganda, SHayx Ahmad Taroziy qat'iy intizomga asoslangan nazmni ma'rifat va hikmat muhofazasi uchun muhim ifoda shakli deb hisoblaydi.
    Navoiy ham o‘z asarlarida nazm va nasrga ta'rif berar ekan, nazmni gulshandagi gullarning saf tortib, ochilib turishiga, nasrni esa gullarning yerda sochilib to‘kilib yotishiga o‘xshatadi:
    Nazm anga gulshanda ochilmog‘lig‘i,
    Nasr qaro yerga sochilmog‘lig‘i (“Hayrat ul-abror”).
    Nasrga xos janrlar: tazkira, inshoga ta'riflar kerak.

    Mumtoz adabiyotimizning cho‘qqisi hisoblangan Alisher Navoiy asarlarini poetik jihatdan tahlil qilish, SHoir asarlarining badiiy ta'sirchanlik qudratini tadqiq qilish bilan bog‘liq masalalar “Navoiy poetika”si kursining vujudga kelishini taqozo qiladi. Navoiy poetikasi mumtoz poetikaning tarkibiy qismi bo‘lib, ushbu jumla istiloh sifatida dastavval Yo.Is’hoqov tomonidan qo‘llanilgan. Olim o‘zining aynan Shu nom bilan ataluvchi tadqiqotida buyuk SHoir poetikasini uning lirik asarlari misolida tadqiq qilgan. Yo.Is’hoqov Navoiy lirikasi poetikasini ikki muhim jihat – janrlar poetikasi hamda badiiy tasvir vositalari asosida o‘rganar ekan, SHoir she'riyatiga xos badiiyatni “Xazoyin ul-maoniy” devonlari misolida o‘rgangan.


    Mumtoz poetikaga xos qoidalar va zamonaviy adabiyotShunoslikda qo‘lga kiritilgan tajriba va yutuqlar asosida “Navoiy poetikasi”ni quyidagi to‘rt yo‘nalish: she'r nav'lari, ilmi aruz, ilmi badi' va ilmi qofiya asosida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Bunda ham nazariy poetika (fonika va ritmika masalalarini ilmi aruz doirasida), ham tarixiy poetika (strofika stilistika, janrlar masalasini she'r nav'lari, ilmi badi' doirasida) masalalari umumlashtirilgan holda tahlil ob'ektiga tortiladi.
    Ushbu yo‘nalishlardan kelib chiqib, “Navoiy poetikasi” kursi quyidagi vazifalarni hal qilishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
    • Navoiy she'riyatini janrlar poetikasini tadqiq qilish asosida o‘rganish. Bunda asosiy e'tibor Navoiyning lirik janrlar taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, SHoirning yoshlik lirikasiga xos janrlar, “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining janr xususiyatlari va “Devoni Foniy”dagi lirik janrlar poetikasiga qaratiladi.


    • Nasriy asarlar badiiyatini nasr ritmiga xos birliklar – ritmik vositalar yordamida o‘rganish. Bunda mumtoz saj'ning betakror namunasini o‘zida mujassamlashtirgan “Mahbub ul-qulub” va “Munojot” asarlari tahlil qilinadi.


    • Alisher Navoiy aruzi bilan bog‘liq masalalarni tadqiq qilish. Bunda SHoir devonlaridagi bahrlar miqdori tadrijiylik asosida ko‘rib chiqiladi va SHoirning aruz tizimidan foydalanish mahorati devondan devondan qay tarzda o‘zgarib borganligiga diqqat qaratiladi, Navoiyning turkiy aruz taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi ochib beriladi. Dastlab muxlislar tomonidan tartib bergan devonlarning vazn xususiyatlari o‘rganib chiqiladi, keyingi bosqich sifatida “Badoye’ ul-bidoya” va “Navodir un-nihoya” devonlarida qo‘llanilgan bahrlar tahlil qilinadi. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotining vazn xususiyatlari, kulliyotning vazn ko‘rsatkichlari o‘rganiladi, Navoiy she'riyatida qo‘llanilgan ruboiy vaznlari “Xazoyin ul- maoniy” va “Nazm ul-javohir”dagi ruboiylar asosida tadqiq qilinadi.


    • Navoiy “Xamsa”sining vazn xususiyatlarini tadqiq qilish. Bunda vazn va ritmik variatsiyalar munosabati o‘rganilib, hazaji axrab va xafif bahrlariga xos ritmik variatsiyalarga urg‘u qaratiladi va ularning dostonlar mazmunini ochishdagi o‘rniga to‘xtalib o‘tiladi. “Xamsa” dostonlarining ohang xususiyatlarini o‘rganishda ritmik urg‘uning ahamiyatiga e'tibor qaratiladi.


    • Navoiy ijodida badiiy san'atlarning o‘rnini tadqiq etish. Bunda badiiy san'atlarga mumtoz ilmi badi'ga doir tasnif (lafziy, ma'naviy va mushtarak san'atlar) asosida yondashiladi. “Xamsa” dostonlarida qo‘llanilgan yetakchi badiiy san'atlarga e'tibor qaratiladi.


    • Navoiy she'riyatini ilmi qofiya asosida tadqiq qilish. Bunda Navoiyning qofiya tizimiga kiritgan yangiligi, Navoiy ijodida qo‘llanilgan qofiya turlari o‘rganiladi, o‘zak tarkibiga ko‘ra farqlanuvchi qofiya turlari va tuzilishiga ko‘ra farqlanuvchi qofiya turlarining Navoiy she'riyatidagi o‘rniga ahamiyat qaratiladi. Radif va hojib, saj' va qofiya munosabatlari o‘rganiladi.





    Yüklə 376,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   46




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin