1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


saf tuzdi, Biri qosh yosi, biri g‘amzang o‘qin ko‘rguzdi. Bu muammoda kalit so‘z “صف”



Yüklə 376,94 Kb.
səhifə43/46
tarix22.09.2023
ölçüsü376,94 Kb.
#147221
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Qasdi jonimg‘a chu mujgoning ikki saf tuzdi,
Biri qosh yosi, biri g‘amzang o‘qin ko‘rguzdi.
Bu muammoda kalit so‘z “صف” – “saf” jumlasi orqali ko‘rsatilgan, matnda bu so‘z “ikki” so‘zi bilan keltirilishi uning yechimi ham ikkita ekanligiga ishora qiladi. Birinchi “saf”ga qosh yosi, ya'ni “ى” “yoy” (i) harfi, ikkinchisiga g‘amza o‘qi, ya'ni “ا” “alif” (o) harfi qo‘shiladi va natijada “صفى” – “Safi” va “صفا” – “Safo” so‘zlari kelib chiqadi.
Qilur esang manga somon ayo rafiq havas,
Aning ayog‘ig‘a yetkur mening boshimni-yu bas.
Bu muammoda asosiy e'tibor “سامان” – “somon” (osoyishtalik) so‘ziga qaratilgan. Ikkinchi misradagi “aning ayog‘iga boshimni yetkur” jumlasidagi ishoraga ko‘ra, “ا” – “alif” (o)ning oyog‘i, ya'ni pastki kismiga “م” – “mim” (m)ning boshini yetkazish talab qilinadi, natijada “ا” – “alif” harfi “ل” – “lom” harfiga aylanib, “م” – “mim”ga qo‘shiladi va “سلمان”– “Salmon” so‘zi kelib chiqadi.
Alisher Navoiyning mazkur janr nazariyasiga bag‘ishlangan maxsus asari ham mavjud bo‘lib, fors-tojik tilida yozilgan. Asar “Mufradot” yoki “Risolai muammo” deb ataladi.
“Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida navbatdagi janr lug‘z bo‘lib, arabcha “topishmoq”, “sir” ma'nolarini anglatadi. Lug‘z fors-tojik adabiyotida chiston (forscha “nima u”) deb ham yuritiladi. Lug‘z biror predmet yoki hodisaning xarakter va belgilarini ta'rifu tavsif etish orqali kitobxonni o‘sha predmet yoki hodisani topishga undaydigan she'r turidir. Lug‘z dastavval xalq og‘zaki ijodida vujudga kelgan bo‘lib, X-XII asrlardan boshlab fors-tojik she'riyatida istifoda etila boshlagan. Lug‘zlar g‘azal, ruboiy va tuyuq kabi hajm, qofiya va boshqa shakliy jihatlardan qat'iy qonuniyatga ega emas. Ular fard, ruboiy, qit'a va ba'zan g‘azal singari qofiyalanishi mumkin.
Turkiy adabiyotda lug‘zning ilk namunalari Alisher Navoiy ijodida uchraydi. SHoirning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida jami 10 ta lug‘z mavjud bo‘lib, barchasi “Badoye’ ul-vasat” devoniga kiritilgan. Mazkur janrdagi she'rlarida Navoiy o‘z atrofini o‘rab turgan predmetlarni ijtimoiy munosabatlar va turmush hodisalari bilan bog‘liq holda nozik yumor bilan tasvirlaydi. Navoiy lug‘zlari asosan qit'a (8 tasi) va ruboiy (2 tasi) singari qofiyalangan. Masalan, uning “parvona” tasviriga bag‘ishlangan lug‘zi taronai ruboiy shaklidadir:
Ul qushki, taashShuqdurur andisha anga,
Bir naxlg‘akim shomdadur besha anga.
SHoxi uchidin ayon bo‘lub resha anga,
Gul ochmaq o‘Shul reshasidin pesha anga.


Tuyuq (turk. “his qilmoq”, “tuymoq”) – to‘rt misradan iborat mustaqil she'r shakli bo‘lib, faqat turkiy xalqlar she'riyatida qo‘llanilgan. Tuyuq asosan ruboiy singari qofiyalanadi, lekin ba'zan ba, da tarzida ham qofiyalanishi mumkin. Ruboiydan farqli o‘laroq tuyuqda qofiyaning o‘rnida asosan tajnis (shakldosh so‘zlar) qo‘llaniladi. Alisher Navoiy “Mezon ul-avzon” asarida mazkur janrning xususiyatlari haqida Shunday yozadi: “...Birisi “tuyug‘”durkim, ikki baytqa muqarrardur va sa'y qilurlarkim, tajnis aytilg‘ay va ul vazn ramali musaddasi maqsurdur, mundoqkim (tuyug‘):


Yo rab, ul shahdu shakar yo lab murur?
Yo magar shahdu shakar yolabmurur?
Foilotun foilotun foilon
Jonima payvasta novak otqoli,
G‘amza o‘qin qoshig‘a yolabmudur?
Foilotun foilotun foilon”
Bu o‘rinda Alisher Navoiy tuyuqning uch jihatiga: ikki baytli bo‘lishi, tajnisga asoslanishi va maxsus vaznda – ramali musaddasi maqsur (mahzuf)da yozilishiga diqqat qaratyapti. Bobur “Muxtasar”da tuyuqning nav'lari haqida gapirib, tajnissiz tuyuq ham mavjud bo‘lishini aytadi.
Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotida jami 13 tuyuq mavjud bo‘lib, 11 tasi aa ba, 2 tasi ba da tarzida qofiyalangan. Barcha tuyuqlar “Badoye’ ul-vasat” devoniga kiritilgan.
Turkiy adabiyotdagi dastlabki tuyuq Lutfiy devonida uchraydi, lekin N.Mallaevning yozishicha, turkiy adabiyotda tuyuqning ilk namunalari Burhoniddin Sivosiy tomonidan yaratilgan.
“Xazoyin ul-maoniy”ni yakunlovchi janr fard bo‘lib, (ar. “yakka”, “yolg‘iz”) bir baytdangina iborat eng kichik mustaqil she'r shakli hisoblanadi. Fard a-a yoki a-b tarzida qofiyalanadi. Fard bir baytdangina iborat bo‘lsa-da, unda muhim falsafiy-axloqiy masala qalamga olinib, ixcham poetik xulosa ifodalanadi. Shu ma'noda fardlar ko‘pincha aforizm xarakteriga ega bo‘ladi:
G‘ofil o‘lma, nazardin itsa adu,
SHam' o‘churganda, yel ko‘rinurmu...
Turkiy adabiyotda fardning ilk namunasi Xorazmiyning “Muhabbatnoma” asarida uchraydi.
Alisher Navoiy fardlari ijtimoiy-falsafiy, axloqiy-ta’limiy masalalarga bag‘ishlangan bo‘lib, badiiy jihatdan yuksak she’r namunalaridir. Ularda iyhom, husni ta’lil, tamsil, irsoli masal, tashbeh kabi san’atlar mohirlik bilan qo‘llanilgan. Masalan, quyidagi fardda “dam urmoq” jumlasi vositasida ikki ma’no: nafas chiqarmoq va gapirmoq ma’nolari anglashilyapti va bu orqali iyhom san’ati vujudga keltirilgan:
Kishi aybing desa dam urmag‘ilkim, ul erur ko‘zgu,
Chu ko‘zgu tiyra bo‘ldi, o‘zga aybing zohir aylarmu?

Yüklə 376,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin