3. Qasida. Alisher Navoiyning o’zbek tilida yozgan mashhur qasidasi "hiloliya" deb atalib, u 1469 yilda Sulton husayn Boyqaroning taxtga chiqish marosimi munosabati bilan unga (shohga) taqdim etilgan. qasida yangi oy -hilolning tasviri bilan boshlanib, koinot sayyoralaridan Bahrom (Mars), Atorud (Merkuriy) kabilar, tuqko’z falaklardan so’z yuritiladi. qiziq bir tasvir bor, u ham bo’lsa, shoir xayolan Atorud bilan SHoh Abulg’ozi Sulton husayn haqida mushoiraga kiradi va o’z madhiya bayti bilan "Atorudni xijil" qiladi, parivash do’sti va Sulton husaynning ham baytlar bitganliklarini tasvirlaydi. Shundan so’ng Sulton husayn Boyqaro madhi beriladi:
Qaysi shoh ulkim, azaldin haqqa ul ermish murod,
Xalq qilmoqqa salotin gavharining xilqatin:
SHoh Abulg’ozi saodat axtari Sulton husayn
Kim quyoshni zarra der ko’rgan sipehri hashmatin.
SHoir Sulton Husayn Boyqaroning sifat va fazilatlarini madhiya qasidalari talablariga muvofiq tarzda tasvirlaydi va unga uzoq umr, yangi-yangi zafarlar tilab tugatadi.
"Xazoyin ul-maoni"dagi boshqa janrlar ham Alisher Navoiy shoirlik dahosining mahsuli sifatida ham mazmun va mavzu hamda badiiylik jihatidan ibrat va namunadir.
“Poetika” so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “ijod qilish san'ati” ma'nosini bildiradi. Poetika ijodning qanday qilib san'atga aylanishi haqidagi fandir.
Bugungi kunda “poetika” atamasi ikki xil ma'noda ishlatiladi:
umumiy – keng ma'noda adabiyot nazariyasini bildiradi;
xususiy – tor ma'noda adabiyot nazariyasining tarkibiy qismi bo‘lib, adabiy asar haqidagi ta'limotdir.
Zamonaviy tasnifga ko‘ra, poetika fani quyidagi yirik sohalarni o‘z ichiga oladi:
umumiy poetika (yoki nazariy poetika – makropoetika) – fonika, ritmika, metrika, strofika (band), stilistika, syujet va obrazlar tizimi;
xususiy poetika (yoki mikropoetika) – ma'lum bir ijodkorning asarlarini (yoki bir asarini) badiiy jihatdan tadqiq qilish;
tarixiy poetika – alohida olingan poetik usullar va ularning tizimini qiyosiy-tarixiy adabiyotShunoslik vositasida o‘rganish. Eng asosiy muammosi janrlar bilan bog‘liq bo‘lib, ildizlari xalq og‘zaki ijodiga borib taqaladi.
Shuningdek, ushbu istiloh zamonaviy adabiyotShunoslikda ma'no ko‘lami va qamrov jihatdan yanada kengroq tarmoqlarni o‘zida birlashtirib qo‘llanila boshlandi9.
Demak, poetika fani muayyan adabiy asarning badiiy ta'sirchanlik qudratini tadqiq qiladi. Poeziya san'at bo‘lsa, poetika Shu san'atni ilmiy tahlil qiluvchi fandir.
Aslida “Poetika” istilohi ilmiy muomalaga dastavval Arastu tomonidan kiritilgan bo‘lib, uning Shu nomli asarida bu istiloh quyidagi ma'nolarda qo‘llanilgan:
badiiy borliq hosil qiluvchi, badiiy makon va zamonda mavjud bo‘lib, dunyo va shaxs haqidagi muayyan konsepsiyalar taShuvchi vositalar yig‘indisidir;
adabiyotShunoslik va ritorikaga yaqin bo‘lgan, badiiy borliqni hosil qiluvchi vositalar va uning strukturasini o‘rganuvchi ilmiy predmetdir (Yu.Borev)10.
Y.B.Borevning ta'rifiga ko‘ra, tarixiy poetika mumtoz adabiyotning nazariy tarixi hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda, mumtoz poetikani nazariy va tarixiy poetikaning muayyan tarzdagi umumlashmasi deb qarash mumkin. Ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan musulmon SHarqi adabiyotida poetika masalasi har doim she'riyat ahlining diqqat markazida turgan. Muayyan ijodkorning badiiy salohiyati va iste'dodi haqida so‘z borganda, uning tasvir ob'ekti sifatida nimalarni olgani emas, balki o‘sha ob'ekt yoki predmetni qanday tasvirlagani muhim hisoblangan. Shu ma'noda u yoki bu ijodkor ijodiga yoxud muayyan badiiy asarga baho berilar ekan, ijodkor ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oya qanday badiiy timsollar, vazn yoki qofiya vositasida bayon qilinganligi bilan birga she'riy asarda qo‘llanilgan badiiy san'atlarning rang-barangligi, ularning asar mazmunini ochishdagi o‘rni va ahamiyati kabi masalalarga ham alohida diqqat qaratilgan.
SHarq musulmon mumtoz poetikasi dastavval ilmi balog‘a (balog‘at ilmi) doirasida vujudga kelgan. “Balog‘at”ning lug‘aviy ma'nosi “bulug‘ va vusul”, ya'ni “erishish va yetishish” bo‘lib, istiloh sifatida Qur'oni Karim va hadisi sharif tili bo‘lmish arab tilining sir-asrorlarini ochuvchi, uning nozik va nafis jihatlarini ko‘rsatuvchi, balog‘ati va fasohatini anglashni o‘rgatuvchi ilm “balog‘at ilmi” deyiladi. U ilmi maoniy, ilmi bayon, ilmi badi'lardan iborat11. Balog‘at ilmi haqida hijriy ikkinchi asrdan boshlab kitoblar yozila boshlagan. Ushbu uch ilm bo‘yicha Abu Ubayda Ma'mar, Ja'far ibn Yahyo, Sahl ibn Xorun, Abdulloh ibn Mu'tazz va boshqalar ilk kitob yozgan allomalardir.
Ilmi balog‘a dastavval Qur'oni karim oyatlarini sharhlashga ehtiyoj tufayli paydo bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik badiiy asarlarni ham Shu ilm asosida tadqiq qilish boshlanadi.
Mumtoz adabiyotimiz tarixida poetika ilmi asosan uchta mustaqil sohadan iborat bo‘lgan va bu “ilmlar uchligi” (ilmhoi segona) deb atalgan. Bular quyidagilardir:
Dostları ilə paylaş: |