5-modul. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash. 5.1-mavzu: Rostlash organlarining turlari. Rostlash organlariga umumiy talablar. Bir egarli rostlash organlari. Ikki egarli rostlash organlari (4 soat). Reja:
1. Rostlash organlarining turlari.
2. Rostlash organlariga umumiy talablar.
3. Bir egarli rostlash organlari.
4. Ikki egarli rostlash organlari.
Rostlash organi ijro etuvchi qurilmaning o`zgaruvchan gidravlik qarshilikdan iborat va o`zining o`tish kesimining o`zgarishi hisobiga muhitning sarfiga ta’sir qiluvchi zvenosi hisoblanadi.
Ishlash shartlari va ijro etuvchi qurilmaga hamda uning rostlash organiga talablar uzluksiz va ikki pozitsiyali rostlashda turlichadir. Uzluksiz rostlashda ijro etuvchi qurilmadan talab qilinadiki, uning yo`l tavsifi, ya’ni shtok yo`lini buyruq signali qiymatiga bog’liqligi qat’iy aniqlangan bo`ladi, qulf(zatvor) va egar(sedlo) ning drossellovchi sirtlar o`rtasidagi maydonning o`zgarishi ma’lum o`tkazish tavsifini ta’minlaydi.
Ikki pozitsiyali rostlashda qulf bir chetki holatdan ikkinchisiga o`tadi, ya’ni egarda o`tish to`liq ochiq holatda yoki to`liq yopiq holatda. Bu holatda o`tayotgan suyuqlik miqdorining o`zgarishi vaqt nisbati o`zgarishi hisobiga amalga oshadi, miqdor o`zgarganda egardagi o`tish ochiq va yopiq bo`ladi.
Uzluksiz rostlashda quyidagi tipli rostlash organlari qo`llaniladi: a – qopqoqli(zaslonkali), ularda o`tkazish qobilyati zatvor(zaslonka)ning burilishi bilan bo`ladi; b – ikkita qulfli, ularda o`tkazish qobilyatining o`zgarishi korpusning ikkita egar yo`llari o`qi bo`yicha qulf(zatvor)ning ilgarilanma siljishi bilan bo`ladi; v - bir qulfli, ularda o`tkazish qobilyatining o`zgarishi korpus egarining o`tish yo`li bo`ylab qulf(zatvor)ning ilgarilanma bilan bo`ladi; g – uchta yo`lli, ularda o`tkazish qobilyati ikkita egar o`tish yo`li o`qi bo`ylab qulf(zatvor)ning ilgarilanma siljishida o`zgaradi va bunda korpus uchta ulash o`tish yo`liga ega, bu ulash yo`llari orqali bitta oqim ikkitaga bo`linadi yoki ikkita oqim bittaga ulanadi; d – shlang ko`rinishida, ularda o`tkazish qobilyati o`zgarishi elastik patrubka o`tkazish kesimi (shlang kesimi)o`zgarishi bilan bo`ladi; e – diafragmali, ularda o`tkazish qobilyatining o`zgarishi diafragma markazining egarga nisbatan ilgarilanma siljishi bilan bo`ladi.
Ikki pozitsiyali rostlash uchun ijro etuvchi qurilmalarning ko`rsatilgan tiplaridan tashqari, zaruriy ijro mexanizmlarga ega qulflovchi armaturaning turli ko`rinishlari qo`llanishi mumkin. Demak, uzatmali qurilmalar bilan ta’minlangan qulflovchi surma klapanlar, kran va ventillar ikki pozitsiyali ijro etuvchi qurilmalar singari ishlashi mimkin. Ba’zi hollarda ikki pozitsiyali ijro qurilmalari sifatida servouzatmali qulflovchi armaturaning qo`llanish chegarasi bo`lib uning uzoq muddali emasligi, shuningdek obyektning gidravlik hususiyatlari hisoblanadi.