Kranlar Vazifasi Kranlar uncha katta bo`lmagan kesimga ega trubao`tkazgichlarda suyuqlik va gazlar sarfini rostlash uchun qo`llaniladi. Lekin uzluksiz rostlash uchun kranlar kamdan-kam qo`llaniladi. Kranlar eng ko`p qulflovchi armatura bo`lib yoki positsion rostlash tizimlarida ishlatiladi. Ikki pozitsion rostlash uchun kranlar boshqa tipdagi RO bilan taqqoslaganda afzalliklarga ega: kichik massa va gabaritli o`lchamlar, oddiy konstruksiya, o`tish yo`li to`liq ochilganda - kichik gidravlik qarshilik.
To`liq o`tishga ega IQ(ijro etuvchi qurilma)ning gidravlik qarshiligi zatvor ochiq holatida trubao`tkazgich qismining uzunlik bo`yicha qarshiligiga teng bo`lgan qarshilikka teng bo`ladi. Bu hususiyat IQ dagi bosimni minimal yo`qotishni talab qiluvchi sxemalarda ishlatiladi.
Konstruksiyasi Kran o`tish kesimining o`zgarishi zatvor 1 ning korpus 2 ning o`tkazish kesimiga nisbatan δ burchakka burulganda zatvordagi tirqishlarning siljish yo`li bilan amalga oshadi.
Kranlar yumoloq va to`g’ri burchakli trubao`tkazgichlarda o`rnatiladi. Zatvor va korpusdagi tirqishlar yumoloq va to`g’ri burchakli shaklda bo`lishi mumkin. Eng ko`p tarqalgan konstruksiya korpusga zij yopilgan konussimon ko`rinishdagi o`tish tirqishiga ega kran konstruksiyasi hisoblanadi. Sharsimon va konussimon kranlar hamda silindrik zatvorli kranlar eng ko`p ishlatiladi.
Tavsiflari Zatvor va korpusdagi tirqishlari to`g’ri burchakli kesimli kranning konstruktiv tavsifi chiziqli tavsifga yaqin. Zarvor va korpusdagi tirqishlar boshqa istalgan shaklli bo`lishi mumkin: ovalli, to`g’riburchakli bilan birikkan uchburchakli va x.k.; bunga bog’liq holda kranlarning konstruktiv tavsiflari faqrlanishi mumkin.
Kranlar ko`rinishlari Konussimon kranlar – o`tish yo`li yopilishining etarli darajada germetikligini ta’minlamaydi, chunki hatto zatvor va egarlar konussimonligidagi kichik farqlarda qulflaydigan sirtlar aylanish o`qlariga perpendikulyar tekislikda yotuvchi tor yo`lakka taaluqli bo`ladi. Bundan tashqari konussimon kranlarda zatvorning aylanmay qolishi tez-tez yuzaga keladi.
Sharsimon kranlar – konussimon kranlar bilan taqqoslaganda muhim afzalliklarga ega: ularda tiqinning aylanmay qolishi istisno qilinadi; zatvor va egar sfera raiduslari har xil bo`lganda o`tish yo`li atrofidagi aylana bo`yicha zichlashtiruvchi kontant yaratiladi. Lekin, ko`rsatilgan afzalliklarga ega bo`lgan holda zatvorda silindrik o`tish yo`liga ega sharsimon kranlar muhit sarfini rostlash uchun keng diapazonda qo`llanilmaydi, chunki zaruriy o`tkazish tavsifini ta’minlay olmaydi.
Silindrik zatvorga ega kranlar. Bu kranda zatvor kovak silindrdan iborat, kran yon devorlarida tuynukchlalar ochilgan. Silindrik zatvor korpusga preslangan qobiqda aylanadi. Silindrik zatvor va qobiqdagi tuynukchalar drosselovchi sirtlarni yuzaga keltiradi. Tuynukni mos holda profillash yo`li bilan kranning zaruriy o`tkazish tavsifini olish mumkin. Silindrik kranlarda zatvor va egar orasidagi tirqish kichik o`lchamda(0,1 – 0,2 mm) tanlangan, shuning uchun bunday klapanlar qattiq zarralarni tirqishlarga tushishiga juda sezgir. Bunday kranlar boshqalardan ko`ra ko`proq suyuqlik va gazlar sarfini rostlash uchun ishlatiladi.