5-modul. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.
5.4-mavzu: Rostlash organlarini ularni o`tkazuvchanlik hususiyatlaridan kelib chiqib hisoblash va tanlash.
Reja:
1. Rostlash organlarini ularni o`tkazuvchanlik hususiyatlaridan kelib chiqib tanlash.
2. Rostlash organlarini ularni o`tkazuvchanlik hususiyatlaridan kelib chiqib tanlash.
Hisoblash uchun dastlabki ma’lumotlar: muhitning hajmiy Qmax, Qmin yoki massaviy Gmax, Gmin maksimal va minimal sarfi, rostlanayotgan muhit tavsifi, tarmoq tavsifi; tarmoqdagi ∆Ptarmoq bosim; sarf tavsifining ma’qul shakli.
Hisoblash tartibi
Hisoblanadigan maksimal sarf bo`layotganda RO dagi bosim yo`qolishini aniqlash:
∆PRO=∆Ptarmoq - ∆Pl,
bu yerda ∆Ptarmoq – tarmoqdagi bosimlarning umumiy farqi, Pa; ∆Pl - liniyada bosim yo`qotilishi, Pa ∆Pl =∆Pyo`q. +∆Pm; ∆Pyo`q. – maksimal sarf paytida trubao`tkazgichning to`g’ri joylaridagi bosimning yo`qotilishi, Pa; ∆Pm – maksimal sarf paytida mahalliy qarshiliklardagi bosimning yo`qotilishi, Pa.
O`tkazish qobilyati ning zaruriy qiymati aniqlanadi.
Suyuqlik oqimi uchun:
yoki
Gaz oqimi uchun:
Gaz oqishining dokritik rejimi(tezlik kritikdan kichik) uchun, ∆PRO<∆PKR:
yoki
bu yerda Qmax – P=105kPa va T=273 shartlarga keltirilgan gazning maksimal hajmiy sarfi, m3/soat; ρg – gaz zichligi, kg/m3; T1 – RO dan oldingi gaz harorati, K; k' – berilgan gazni ideal gaz qonunidan og’ishini hisoblovchi koeffisiyent (siqilish koeffisiyenti) k'=ρid/ ρ1; ρid – gaz zichligi, kg/m3; P2 – muhitning RO dan keyingi absolyut bosimi, Mpa; Gmax – maksimal massaviy sarf, kg/soat; ∆Pkr - bosimning kritik farqi, ∆Pkr≈P1/2 teng deb qabul qilingan; P1 – muhitning RO dan oldingi absolyut bosimi, MPa.
Kritik farq ta’sirida gaz oqishining maksimal tezligi RO gacha va undan keyingi bosimlarning kritik munosabatida RO ga yetishi mumkin bo`lgan tovushning mahalliy tezligiga teng. Bosimlarning kritik munisabati
bu yerda Pkr – kritik oqishning boshlanishiga mos keluvchi RO dan keyingi muhit bosimi; ᵡ - adiabata ko`rsatkichi.
Dostları ilə paylaş: |