5-modul. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash.
5.3-mavzu: Shlang ko`rinishidagi rostlash organlari. Kran ko`rinishidagi rostlash organlari. Zadvijka ko`rinishidagi rostlash organlari.
Reja:
1. Shlang ko`rinishidagi rostlash organlari.
2. Kran ko`rinishidagi rostlash organlari.
3. Zadvijka ko`rinishidagi rostlash organlari.
Shlang ko`rinishidagi RO konstruksiyasi.
Shlang ko`rinishidagi RO larida o`tish kesimining o`zgarishi korpusga o`rnatilgan elastik shlangni qisish yo`li bilan amalga oshadi (1-rasm). Shlang yuqori mustahkamlikni ta’minlovchi to`qima bilan qoplangan sifatli resizanadan tayyorlanadi. Zatvor ikkita val o`rtasida joylashgan shlangdan iborat, o`tish yo`liga perpendikulyar tekislikda birgalikda harakatlanadi. Shlangga IM shtokidagi uchlik(nasadka) yordamida qayta bosim berish mumkin (2-rasm).
1-rasm. Shlang ko`rinishidagi RO konstruksiyasiga misol
2-rasm. Membranali IM yordamida shlang ko`rinishidagi RO bilan boshqarish
Og’ir ish sharoiti bilan bog’liq holda, hususan klapan RO sifatida foydalanilganda shlanglarning hizmat qilish muddati chegaralangan. Klapanlar konstruksiyasida eskirgan shlanglarni almashtirish imkoniyati oldindan nazarda tutilgan. Shlang ko`rinishidagi RO larining ko`plab konstruksiyalari IM kuchi, o`tish yo`li diametri va muhit bosimining ma’lum o`zaro nisbatida o`tish yo`lining germetik yopilishini ta’minlashi mumkin.
Tavsiflari. Shlang ko`rinishidagi RO larida o`tish yo`li ochilishining uncha katta bo`lmagan darajalarida o`tish yo`lining o`z-o`zidan to`silishi va ochilishi kuzatiladi. Shlang ko`rinishidagi va diafragmali RO larining o`tkazish tavsiflari o`xshash (3-rasm).
3-rasm. Shlang ko`rinishidagi va diafragmali RO larining o`tkazish tavsiflari
Shlang ko`rinishidagi va diafragmali RO larining o`tkazish qobilyati faqat 25% siljish chegaralarida deyarli chiziqli o`zgaradi, shuning uchun zatvorning siljishi odatda 25% shartli diametrdan oshmaydi.
Dostları ilə paylaş: |