5-modul. Rostlash organlarini hisoblash va tanlash. 5.2-mavzu: Zaslonkali rostlash organlari. Uch yo`nalishli rostlash organlari. Reja:
1. Zaslonkali rostlash organlari.
2. Uch yo`nalishli rostlash organlari.
Aylanma zaslonkalar Qo`llanishi Aylanma zaslonkalar yumoloq kesimli trubao`takazgichlarda qanday qo`llanilsa, to`g’ri burchakli kesimlilarda ham shunday qo`llaniladi. Aylanma zaslonkalar uncha katta bo`lmagan turg’un bosimlarda havo va gazlar sarfini rostlash uchun, bug’ va suyuqlik sarfini rostlash uchun, shuningdek qulflovchi armatura(mayda, kichik o`rnatish qismlari) singari qo`llaniladi(1-rasm).
Konstruksiyasi Zaslonka o`tish kesimining o`zgarishi uning oqim yo`nalishiga perpendikulyar joylashgan o`q atrofida aylanishi bilan amalga oshadi.
1-rasm. Aylanma zaslonkaning umumiy ko`rinishi Aylanma zaslonkalar qator afzalliklarga ega. Aylanma zaslonkalarda zatvor ishni ulkan darajada yengillatgan, chunki uning ikkala yarmidagi muhit bosimdan yuzaga keluvchi kuchlar qisman tenglashadi. Shuning uchun zatvorni aylantirish uchun nisbatan kichik quvvatli IM(ijro etuvchi mexanizm) kerak. Bundan tashqari, aylanma zaslonkalar boshqa RO(rostlash organ)laridan konstruksiyasining oddiyligi bilan farqlanadi.
Konstruksiyasi bo`yicha aylanma zaslonkalar bo`lishi mumkin:
bir zatvorli(bir qanotli) yoki bir nechta (ko`p qanotli);
tirgakli va tirgaksiz.
Tirgaksiz zaslonkalarda (2a-rasm) zatvor aylana shakliga ega va yopiq o`tish yo`lida vertical holatda joylashadi, zatvor aylanasi diametri ko`rpusdagi o`tish yo`li diametridan biroz kichik, shuning uchun o`tish yo`li to`liq yopilmaydi. Tirgaksiz zaslonkalar faqat rostlovchi bo`lib hisoblanadi. Lekin, tirgaksiz zaslonkalarda qo`shimcha qurilmalar(turli zichlovchi halqalarga ega zatvor, rezina qoplamli egar) yordamida germetiklikka erishiladi. Tirgakli zaslonkalarda (2b-rasm) zatvor ellips shakliga ega va kichik tirqishlar ega o`tish yo`lini yopadi.
Yopiq holatda tirgakli zaslonkada zatvor vertikalga nisbatan 10-15° burchak bilan joylashadi. Tirgakli zaslonkalar qulflovchi-rostlovchi kabi foydalanilishi mumkin, lekin ularni ifloslangan gaz va suyuq eritmalarga ishlatish uchun qo`llash mumkin emas, ulardan qattiq zarrachalar to`kilishi mumkin.
2-rasm. Aylanma zaslonka: a – tirgaksiz zaslonka, b – tirgakli zaslonka Tavsiflari Aylanma zaslonkalarning konstruktiv tavsiflari to`g’riburchakli va yumoloq shakldagi trubao`tkazgichlar uchun
tenglama bilan aniqlanadi: bu yerda Fz.e – zatvorlar va egar orasida o`tish yo`lining yuzasi; Fc - egardagi o`tish yo`lining yuzi, taxminan trubao`tkazgich shartli o`tish yo`lining yuziga teng; α – o`tish yo`li yopiq holatidan zatvor aylanish burchagi.
Aylanma zaslonkalarning konstruktiv va o`tkazish tavsiflari 3 va 4-rasmlarda ko`rsatilgan.