shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo‘lgan inson omiliga, inson
shaxsiga ham o‘ziga xos, yangicha talablar qo‘ymoqda. Ishlab chiqarish
munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o‘zlarida ro‘y
berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshka o‘zgarishlar
odamlarning
o‘zaro muloqot munosabatlari doirasini ma‘lum darajada chegaralanib qolishiga,
ularda o‘tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikni ma‘lum darajada buzilishiga
va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, yemotsional zo‘riqishlarning
yuzaga kelishga asos bo‘lmokda. Bularning ta‘siri oilaviy hayot va undagi
psixologik iqlimda xam o‘z ifodasini topadi.
Yoshlarimizda bu masala bo‘yicha aniqroq tasavvur hosil qilish uchun,
bundan 90-100 yillar oldingi ularning tengdoshlari, ya‘ni o‘tib borayotgan asrimiz
boshidagi va bugungi kunlarimizdagi 15-16 yoshli yigit-qizlar o‘rtasidagi
tafovutlarni solishtirib o‘tamiz.
Maxsus adabiyotlarda yozilishi va o‘tqazilgan tadqiqotlar natijalarida
kuzatilishicha, so‘nggi 100 yil ichida odamlarda kuzatiladigan akseleratsiya
jarayoniga ko‘ra ularning jinsiy, fiziologik balog‘atga etishi 2-3
yilga ilgarilab
ketgan. Bundan 100 yilcha oldin yoshlarning jinsiy balog‘atga etish davri 15-16
yoshga to‘g‘ri kelgan, hozir yesa bu holat o‘rtacha 12-13 yoshlarga to‘g‘ri keladi.
Endi shu yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlik jihatlarini ko‘rib chiqamiz.
Ilgarigi tengdoshlaringiz 15-16 yoshlarida oilaviy hayotga etuklik talablaridan
biri bo‘lmish jinsiy etuklikka, balog‘atga etar yekanlar, ular aksariyat xollarda shu
yoshga kelib o‘sha davrlar uchun xos va lozim bo‘lgan, unchalik murakkab
bo‘lmagan dehkonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik sir-asrorlaridan deyarli
boxabar bo‘lganlar (chunki u vaktlarda bolalarni odatda, 13-14 yoshidan
shogirdlikka berishgan), o‘sha davrdagi ishlab chiqarish munosabatlari va
texnologik jarayonlar ulardan maxsus yoki oliy ma‘lumot
talab qilmagan, 3-4 yil
ustoz ko‘rgan shogird 16-17 yoshida o‘zi mustakil ish yurita oladigan ustaga, o‘z
ishini amallab keta oladigan mutaxassisga aylangan. Mabodo, u shu vaqtda oila
quradigandek bo‘lsa, o‘z hunari orqali mehnat qilib o‘zini va oila a‘zolarini
iqtisodiy jihatdan ta‘minlay olishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, u vaqtlardagi
18-20 yoshli yigit mahalla-kuyda, jamoatchilik orasida ma‘lum darajada ijtimoiy
etuk shaxs sifatida qabul kilingan, turli tadbir va marosimlarda etuk, uning hakli
ishtirokchisi sifatida qatnashishi mumkin bo‘lgan, ya‘ni uning ijtimoiy jihatdan
balog‘atga etganligi jamoatchilik tomonidan qabul qilingan. Bu jarayon shaxsning
oldiga oila va jamiyat oldida o‘ziga xos mas‘uliyat yuklagan, mas‘uliyatni his
qilish yesa uning psixologik etukligi alomatlaridan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Endi shu xususiyatlarni bugungi kun yoshlarida ko‘rib chiqaylik. Ular 12-13
yoshlarda jinsiy (fiziologik) yetuklikka yerishadilar (bu hakda keyinroq to‘xtalib
o‘tamiz), biroq ular biror bir kasb-hunar yegasi bo‘lib,
mustaqil ishlab, o‘zini va
oilasini iqtisodiy jihatdan ta‘minlay oladigan bo‘lishi uchun, avvalo maktabni
bitirishi, so‘ng u yoki bu kasb-hunar kolleji yoki akademik litseyda o‘qib, biror-bir
kasbni yegallashi kerak. Buning uchun 9 yil maktabda, 3 yil kollej yoki litseyda
o‘kishi zarur bo‘ladi.
12 yillik barcha uchun majburiy ta‘limdan so‘ng yoshlarimizning ma‘lum bir
qismi o‘qishni oliy o‘quv yurtlarida davom yettiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
yoshlarimizning iqtisodiy mustaqillikka yerishishlari ularning ma‘lum qismi uchun
20-21, boshqalari uchun 23-25 yoshga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari odamlarning
turmush tarzi rivojlanishi bilan birga oilalarining kundalik hayoti o‘zgarib,
kiyinishga, maishiy buyumlarga, moddiy farovonlik darajasiga bo‘lgan yehtiyoji
ham ortib boradi.
Jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi shaxsni madaniy takomillashuviga, u
yesa shaxslarni bir-birlariga qo‘yadigan talablari oshishiga va shaxslararo
munosabatni noziklashuviga olib keladi. Fikrimizning
dalili sifatida bir faktni
keltirishimiz mumkin. Ajralish foizi oliy ma‘lumotlilar ichida umumiy o‘rta
ma‘lumotlilarga nisbatan yuqoriroqdir.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yuqori saviyada bo‘lmagan jamiyatning oila
a‘zolari o‘z oilaviy yumushlarining aksariyatini qo‘lda bajaradilar. Bunda oilaning
barcha a‘zolari va birinchi navbatda farzandlar mumkin qadar ko‘proq jalb
kilinadi. Oila ishlarini bajarishdagi umumiy faoliyat yoshlarda ma‘lum
malakalarni, shu jumladan oiladagi tegishli rollarni bajarishni, oilada bir-birlari
bilan kanday muloqotda bo‘lish malakalarini, oilada har bir shaxsning ierarxik
mavqeiga ko‘ra o‘z huquq va vazifalarini aniqlab olishiga imkon beradi.
Moddiy ta‘minot, yuqori madaniy saviya yesa oilada shaxsning shaxsga
qo‘ygan talabini yanada kuchaytiradi. Oila a‘zolarining o‘zaro muloqotda bo‘lish
vaqti miqdorini qisqartiradi. Bu yesa ko‘pgina yoshlar uchun ota-ona oilasi shaxsiy
oilasiga namuna vazifasini bajara olmasligiga olib keladi.
Shulardan ko‘rinib turibdiki, bundan 100 yillar oldingi yoshlar 16-18 yoshida
oila qurishsalar, ular shu vaqtga kelib oilaviy hayot uchun, muvaffaqiyatli turmush
kechirib ketishlari uchun zarur bo‘lgan etuklik darajalarining barchasiga
yerishganlar, bu yesa ularning oilaviy hayotlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarning bartaraf yetilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan.
Bugungi yoshlarimiz esa yuqorida
bayon yetilganidek, 12-13 yoshlarida jinsiy
balog‘atga etadilar va aksariyat hollarda oradan 7-8 yil o‘tgandan so‘ng, ya‘ni
qizlar 19-20 yoshda, yigitlar yesa 21-22 yoshda oila quradilar. Bu vaqtda yesa ular
na iqtisodiy jihatdan, na ijtimoiy jihatdan va na psixologik jihatdan oilaviy hayotga
tayyor bo‘ladilar. Bunday holatlar shubhasiz, ularning oilaviy hayotlarida oldingi
tengdoshlari hayotida kuzatilmagan muammolarni keltirib chiqaradi. Bundan
tashqari, jamiyat taraqqiyotining bugungi holati hozirgi zamon oilasi oldiga o‘ziga
xos yangi ijtimoiy funktsiyalarni ham yuklaydiki, bularning barchasi hozirgi
yoshlarimizni oilaviy hayotga maxsus tayyorlash masalasini yeng dolzarb
masalalardan biri bo‘lishini taqozo qilmoqda. Shuning uchun ham so‘nggi 15-20
yil
davomida
dunyoning
barcha
rivojlangan
mamlakatlarida,
bizning
respublikamizda yesa mustaqillikka yerishganimizning dastlabki yillaridanoq, oila
masalalariga, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga,
oilalarda komil
shaxsni shakllantirish masalalariga alohida ye‘tibor berib kelinmokda. Umuman,
insoniyat jamiyati tobora taraqqiy yetib boraverar yekan, oila masalalarining
dolzarbligi ham shunga mos ravishda ortib boraveradi va oilaga bo‘lgan ye‘tibor
ham kecha va bugunga qaraganda yertaga yanada yuqoriroq bo‘ladi. Chunki oila
jamiyatning kichik bir ko‘rinishi bo‘lib, u qancha inoq, ahil va mustahkam bo‘lsa,
jamiyat ham shunchalik qudratli bo‘ladi.
Oila psixologiyasining asosiy mеtodlariga quyidagilar kiradi:
Dostları ilə paylaş: