1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161902
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
1-maruza.

Abu Nasr 
Forobiydir. 
Uning inson kamoloti, baxti, ta'lim va tarbiyasi, umuman axloqi, 
dinga 
munosabati 
haqida-gi 
qarashlari 
umumfalsafiy 
qarashlar 
va 
tushuntirishlardan ibo-rat o'git bo'lib, axloq nazariyasini boyitdi. Uning 
ta'limotlari-da keltirilishicha, haqiqiy baxt bir odamning boshqasiga nisbatan 
g'ayirligi, zulmi yo'qolgandagina bo'ladi, oila a'zolarining bir-birlariga samimiy 
munosabatlari, mehr-u oqi-batlari esa ana shu oiladagi odamlarning baxtini tashkil 
qiladi. Bundan tashqari, har bir ota-onaning o'z farzandlari uchun birlamchi ustoz, 
yo'l ko'rsatuvchi ekanligi va aynan ular bolada ta'lim-tarbiyaga kerakli tayyorgarlik 
holatini shakllantirish ta'siriga ega ekanligi to'g'risidagi xulosalar mutafakkir 
qarash-larining hozirgi kunlar uchun ham naqadar ahamiyatli ekanli-gini 
ko'rsatadi. 
O'rta asrlarning buyuk arbobi, olim-ensiklopedist 
Abu Rayhon Beruniy 
/973—1048/ Forobiy qarashlari ta'sirida qa-tor fanlar bobida o'z izini qoldirgan 


donishmanddir. Uning ko'pgina asarlarida inson. odobi va axloqi xususidagi noyob 
fikrlar o'z ifodasini topgan, Mutaffakkir o'zining «Mine-rologiya», «Geodeziya», 
«Hindiston», «0'tgan avlodlar obida-lari» nomli asarlarida inson shaxsi, uning 
kamoloti, aql-idroki, halovat va lazzati, sabr-toqat va kamtarlik, go'zallik va did, 
poklik va xudbinlik kabi tushunchalarga inson ruhiyatining bilimdoni sifatida ta'rif 
bergan. U bunday yozadi: «Inson jamiyatda o'z qarindosh-urug'lari bilan birlashib 
olishga maj-burdir, bundan maqsad bir-birini qo'llab-quwatlash hamda har bir 
kishining ham o'zini, ham boshqalarini ta'minlash uchun ishlarni bajarishdir». ( 
Minerologiya, 1966, 10-bet). 
Abu Rayhon Beruniy «ozodalik va orastalik olijanoblikning o'zagi» bo'lishi 
kerakligini uqtiradi; insonning tashqi yoqimli qiyofasi bilan uning axloqiy qiyofasi 
o'rtasidagi bog'liqlik haqi-da gapirib, «tishni yuvib, ko'z va qovoqlarni toza tutish, 
ularga surma qo'yish, sochni esa zarur bo'lganda bo'yab, tirnoqlarni olib turish va 
silliqlash» inson salomatligi va ruhiy pokligining asosidir, deb ta'kidlaydi. Bu 
fikrlar hozirgi zamonda ham o'z dolzarbligini yo'qotgani yo'q, chunki oila 
a'zolarining, er-xotinning ushbu ko'rsatmalarga amal qilishi oila totuvligining 
zaminlaridan biridir. 
Axloq-odob egasi bo'lgan inson eng awalo o'z yurish-tu-rishi, muomala 
madaniyatida, hayot kechirishida, oila bar-qarorligida namuna bo'lishi kerakligi 
haqidagi fikrlari olimning oila etikasi bo'yicha ibratli qarashlaridan namunadir: 
«Inson o'z ehtiroslariga hukmron, ularni o'zgartirishga qodir, o'z jon va tanini 
tarbiyalar ekan, salbiy jihatlarni maqtagudek narsalarga aylantirishga, uni ma'naviy 
shifokorlik bilan davolashga hamda asta-sekin, axloq haqidagi kitoblarda ko'rsa-
tilgan usullar bilan illatlarni bartaraf etishga qodirdir». 
Shunday qilib, Beruniy ustozlari izidan borib, o'zining gu-manistik qarashlari 
bilan oila psixologiyasiga munosib hissasini qo'shdi. U insonlar o'rtasida o'zaro bir-
birlarini tushunish, tenglik va boshqaruvda adolatni himoya qilib chiqdiki, bu 
qarashlar bizning davrimizda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. 
Oilaviy munosabatlar va bu sohaga oid qarashlar tizimida Sharq 
mutaffakkirlaridan biri, butun Yevropa xalqlari ham uning qomusiy bilimdonligini 
tan olgan alloma 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin