1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161902
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
1-maruza.

(dual`no rodovoy

qabilalararo nikoh zaminida doimiy o‘rin olgan xo‘jalik birligi jamoa tashkil 
topdi, unga erlar o‘z xotinlari va ular-ning bolalari bilan kirdi. Erkaklar o‘z 
singillari-dan, ayollar esa mos ravishda o‘z aka-ukalaridan ajralishdi. YAngi 
iqtisodiy xo‘jalik birligi yoki oila-ning yana bir 
turi-juft
oila 
yuzaga kеldi, unga, 
asosan er, xotin va uning bolalari kirdi. 
Endi nikoh o‘ziga xotinning bolalarini tarbiyalash va boqishni ta`minlashni 
maqsad qilib qo‘ygan erkak va ayolning ittifoqiga aylandi. Buning uchun er-
xotinning har biri o‘z urug‘idan olgan ulushidan, mahsu-lotidan foydalanishgan. 
Bunday ittifoqni yuzaga kеlishining ob`еktivligi mеhnatiga yarasha taqsimotni 
rolini ortishi va tеng taqsimlashni rolining pasayishi bilan ortib bordi. Juft 
nikohning yuzaga kеlishi bilan juftlar o‘rtasidagi jinsiy munosabatlar nafaqat 
shunchaki axloqiy mе`yorlar bilan boshqariladigan doiralarga, balki, ijtimoiy-
iqtisodiy doiraga (ramkaga) kiritildi.
Ma`lumki, nikohga va yaqin qarindoshlikka asoslangan axloqiy mas`uliyat, 
o`zaro hurmat, tushunish va mehr-muhabbat umumiyligi bilan bog`langan kichik 
ijtimoiy guruhni oila deyiladi. Oila boshqa turdagi kichik guruhlardan o`zining bir 
qator jihatlari bilan ajralib turadi: 
birinchidan, 
oila ko`p muddatga, ya`ni bir necha o`n yillar va ko`p yillarga 
mavjud bo`ladi; 
ikkinchidan, 
oilada shxslararo munosabatlarning bir necha turlari amalgam 
oshadi, ya`ni milliy mafkuramizga oid ilk tushunchalar, avvalo oila muhitida 
singadi va bu jarayon bobolar o`giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi. 
Bunda oilaviy munosabatlarda tarbiyaviy, psixologik, hissiy, moliyaviy, jinsiy va 
boshqa vazifalarning amalgam oshirilishi kuzatiladi. 
uchinchidan,
oiladagi barcha munosabatlar zaminida salbiy yoki ijobiy 
nyuzaga keladi, ya`ni oila a`zolaridan kimningdir kimgadir ta`siri oqibatida shaxs 


yoki yaxshi shakllanishi va komil inson darajasiga yetishi yoki tarbiyasi og`ir, 
xulqi buzuq odam bo`lib tarbiyalanishi mumkin. 
Demak, jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er 
va xotin, oila a`zolarining o`zaro munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan 
munosabatlari bilan bog`liq bo`lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga 
keladi. Shuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar 
masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o`rganilib 
kelinganligi va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz. 
Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o`zaro 
munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga 
kirishini qayd etamiz. 
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq 
asrlardan buyon jamiyatning eng ilg`or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va 
donishmandlarning diqqat markazidagi asosiy masalalardan bo`lib kelgan. 
Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, 
Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg`ariy, Kaykovus, Xotam ibn 
Tay, Alisher NAvoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Rizouddin ibn Faxriddin, 
Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi 
ko`plab olim va yozuvchilar bu maslalar yuzasidan o`zlaridan durdona fikrlarini 
tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon fani uchun ham katta ijtimoiy va 
ma`fkuraviy ahamiyatga egadir. Ularning asarlarida oila va oilaviy munosabatlarga 
ham alohida e`tabor berilgan, shining uchun biz yuqoridagi buyuk 
mutafakkirlarning ayrim pedagogic va psixologik qarashlari yoritilgan asarlarini 
tahlil etish orqali talabalarga mazkur muammolarning naqadar dolzarb ekanligini 
bayon etamiz. 
Sharq mutafakkirlarining barchasini g`oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu 
bo`lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini 
yuqori qo`yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o`rni, 
ota-ona va yaqin kishilarning yo`naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida 
e`tabor berganlar. Ular faqatgina oiladagina rivojlanishi mumkin bo`lgan sifatlat – 
halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo`ylik kabi qator fazilatlarni barcha 
sifatlardan yuqori qo`yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon 
boladigan yuksak fazilatlar, avvalo, ota-onadan bolaga o`tishi va ularning jamiyat 
taraqqiyotiga ijobiy ta`siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy 
ko`rsatmalarni o`z falsafiy-axloqiy, sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab 
berganlar. 
Zardushtiylikning qadimiy kitobi – ―Avesto‖da oila muqaddas dargoh 
ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng mas`ulligi, farzand tarbiyasi 
to`g`risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaning tinch va farovon bo`lishi nimalarga 
bog`liq ekanligi haqida esa: ―Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va 
farzandlariga o`rin ajratib bersa, uyida noz-ne`matlari muhayyo bo`lib, xotin va 
farzandlari farovon yashasa, uyida e`tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari 
ham mo`l-ko`l bo`lsa, o`sha manzil muhtaramdir‖, - deb yozilgan. 
Bu kitobda ko`rsatilishivha, oilada ota yetakchi bo`lgani ma`qul. Shuningdek, 
unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya etishi lozim bo'lgan. 


Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinni o'zaro sodiq, g'amxo'r, meh-ribon 
bo'lishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya qilish o'sha davrda ham 
qonun darajasiga ko'tarilganligi ma'lumdir. Umuman olganda, zardushtiylik 
davridanoq oila masalalariga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, bu esa oilaning 
jamiyatda tutgan o'rni va mavqeyini mustahkamlash uchun azal davrlardanoq 
zamin yaratilganligini kuzatamiz. 
vMa'lumki, Islom dinining muqaddas manbalaridan boimish Qur'on va 
Hadislarda ham odob-axloq, ayollarning turmushdagi o'rni va vazifalari, er va 
xotin o'rtasidagi muno-sabatlar, bolalar. tarbiyasi, oila yuritish, nikoh va muhabbat 
masalalariga keng o'rin berilgan. 
Quyida hadislar to'plamidan bir necha misollar keltiramiz: 
«Tangri nazdida bandalarning eng yaxshisi o'z ahli-ayoliga foydasi ko'p 
tegadigan kishidir» /18-hadis/ , «Odamlar ichida xotin kishiga nisbatan haqlirog'i 
uning eridir. Erkak kishiga nisbatan odamlarning haqlirog'i — bu uning onasidir» 
/34-hadis/; 
«Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobini ham 
yaxshilangiz» /38-hadis/; «Qachonki er o'z xo-tiniga va xotin o'z eriga qarashsa, 
Tangri ham ularga rahmat nazari bilan qaraydi, bordi-yu kaftini kaftiga qo'ysa, 
barmoq-lari orasidan gunohlari duv-duv to'kiladi» /44-hadis/; «Sizlarning har 
biringiz bamisoli cho'pondirsizlar va o'z qo'l ostingizdagilarga mas'uldirsizlar, 
Podshoh o'z ruqarolariga, er o'z ahli ayoliga, xotin erining uyiga, xodim o'z xojasi 
moliga, farzand o'z otasi mulkiga mas'uldir. Demak har birlaringiz mas'uldirsizlar» 
/116-hadis/; «Hech bir ota o'z farzandiga xulqu odobdan buyukroq meros 
berolmaydi /136-hadis/. 
Keltirilgan namunalardan ko'rinadiki, demak diniy man-balarda ham oilaning 
muqaddas ekanligi, erkak va ayollarning oila oldidagi burch va mas'uliyatlari, ota-
onaning bola va o'z navbatida farzandning ota-onasi oldidagi vazifalari, erning xo-
tiniga hurmat va e'zozi muqaddas qadriyatlar sifatida qaralgan ekan. 
Agar xalq eposi va diniy risolalar odamlarda og'izdan og'izga, avloddan 
avlodga ko'chib saqlanib kelgan bo'lsa, xalqning eng donishmandlari va olimlari 
o'z qimmatli fikrlarini xalq an'analariga tayangan holda o'z asarlarida yoritib, ularni 
kelgusi avlodlar uchun qoldirganlar, shunday faylasuf-olimlardan biri 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin