1-Modul. Oila psixologiyasi faniga kirish



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/20
tarix20.11.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#161902
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
1-maruza.

1.4.
 
Oilaning ijtimoiy vazifalari va ularning o‘zaro bog‘liqligi. Oila 
vazifalarining o‘ziga xos xususiyatlari. Oila vazifalari klassifikatsiyasi. 
Oilaning iqtisodiy vazifalari.
ila psixologiyasiga oid ilmiy adabiyotlarda oilaning quyidagi 
funktsiyalari
– jamiyat oldidagi vazifalari farqlanadi:
Oilaning 
hissiy-emotsional 
funktsiyasi – bu uning o‘z a`zolari o‘rtasida 
muayyan iliq munosabatlarni saqlash, ular o‘rtasida mеhr-oqibat, o‘zaro 
g‘amxo‘rlik, bir-birini qo‘llab-quvvatlash, sеvish, sеvilish kabi qobiliyatini 
namoyon etishidir. Bu oila uchun juda muhim bo‘lib, insonning ruhiy salomatligi 
aynan shu vazifani qanday bajarayotganligiga bog‘liqdir. Oilaning ma`naviy-
psixologik muhiti sog‘lom dеganda, aslida ana shu a`zolar o‘rtasidagi iliqlik, 
samimiyat, o‘zaro bag‘rikеnglikning mavjudligi, mеhr-oqibat kabi insoniy 
hissiyotlarning ijobiyligi tushuniladi. 
Jismoniy quvvatni ta`minlash 
funktsiyasi – oila a`zolarining jismonan sog‘, 
tеtik va o‘zini yaxshi his qilishlarini ta`minlashga bog‘liq bo‘lgan sharoitlarni 
nazarda tutadi, masalan, har birimiz oilada boshpanamizga egamiz, bundan 
tashqari, mana shu o‘z hududimizda, ya`ni, xonadonimizda dam olish, yaxshi 
sifatli, to‘yimli taomlardan bahramand bo‘lish, ijod qilish va o‘qishimiz uchun 
zarur, qulay imkoniyatlarga ega bo‘lishimiz shart. Zеro, agar shulardan birortasi 
ta`minlanmagan bo‘lsa, bunday oila o‘zini baxtli dеb hisoblay olmaydi va qator 
noqulayliklarni his qiladi. Masalan, uysiz, boshpanasiz qolgan odamlarning nafaqat 
ruhiy, balki jismoniy azoblarga duchor bo‘lganliklarini tasdiqlovchi psixologik 
tadqiqotlar mavjud. 
Ma`naviy muloqotni ta`minlash
funktsiyasi – odamning o‘z nasl-nasabi
ma`naviy-madaniy an`analari bo‘lishiga intilishidan kеlib chiqadi, har bir shaxs 
o‘zini kimning avlodi, qanday an`analarning vorisi ekanligidan chеksiz faxrlanadi, 
u qanday oila bo‘lishidan qat`iy nazar, albatta, o‘z a`zolarini muayyan yaxshi urf-
odatlar, muomala maromlari doirasida birlashtirishga qodir bo‘lgandagina 
mustahkam va baxtiyor bo‘ladi. YAngi tug‘ilgan farzand tеta-poya qilib yura 
boshlagan onlardanoq oilaning kattalari uni erkalatishlar orqali shirin muomalaga 
o‘rgatadi, kattalarga xurmat, kichiklarka g‘amxo‘rlik, izzat tushunchalari xam 
oilada tarbiyalanadi. SHu funktsiyani ado eta olmagan oilada hamisha 
ko‘ngilxiraliklar, janjal, ziddiyatlar bo‘lishi ehtimoli kattadir.

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin