3-topshiriq. O‘qing, daftaringizga ko‘chirib oling. Notanish so’zlar lug’atini shakllantirib, ular bilan gaplar tuzing.
KULISH ODOBI
Kulgi - xursandchilik, kayfichog'lik belgisi. U inson ruhiy holatining yaxshiligi, kayfiyatining chog'ligidan dalolat beruvchi his-tuygular to'lqinidir. Yaxshi kulgu ruhiy sog‘lomlikning belgisidir, deyilishi ham shundan bo‘lsa kerak.
Ammo kulishning qattiq tovush chiqarib, me’yoridan oshib ketishi, odob qoidalarining buzilishi, atrofdagilarga ozor berishi, salbiy fikr hosil qilishiga sabab bo‘ladi.
Odobnomadan
O’qituvchining muomala madaniyatining tarkibiy qismi nutq madaniyati bilan bog’liq. Chunki nutq va unda ifodalangan so‘z kishiga ta’sir etuvchi qudratli psihologik kuchga ega.
О‘qituvchining muloqot madaniyati nafaqat shaxslararo munosabatlarda, balki shu bilan birga ishlab chiqarish, mehnat jamoasi, ota-onalar bilan, jamiyat hayotiga ham kerakligini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda o‘quvchi, talabalar fe’l- atvorini o‘rganish, ularning bir-birlariga mehr-muruvvatli bo‘lishga o‘rgatish, diniy aqidaparastlik tomir otayotgan hozirgi davr uchun jamiyatni insonparvarlashtirish eng muhim, dolzarb vazifa bo‘lib kelmoqda.
O‘qituvchining ish faoliyati davomida o‘quvchilar bilan muomala - munosabatlari katta o‘rin egallaydi. Bu jarayonda bola insoniyat to‘plagan bilimlarni, muomala qilish tajribalarni egallab oladi. O‘qituvchi esa pedagogik jarayonda asosiy shaxs bo‘lib xizmat qiladi, unga yosh avlodni o‘qitish va tarbiyalash vazifasi yuklatilgan. Shuning uchun ham o‘qituvchiga bolaning muomalasiga, axloqiga, xulqiga nisbatan alohida, katta talablar qo’yilgan. O‘qituvchi hayotga endigina qadam qo’yayotgan bolalar bilan doimo muloqotda boiadi. Bolalar о‘qitish va tarbiyalash jarayonida umuminsoniy va milliy urf-odat mezonlarini o‘zlashtiradilar. O‘quvchi muomala odobini, muloqot olib boorish yo‘lini asosan o‘qituvchi timsolida anglab oladilar. Muallim bola uchun bir umr ideal, ibrat, namuna bo‘lib qoladi.
Afsuski, hamma muallimlar ham bolalar nazarida shunday bo‘lib qolmaydi. O‘zining qo‘pol muomalasi bilan o‘quvchini o‘qishdan sovutib, dilini ranjitadigan o‘qituvchilar ham ahyon-ahyonda uchrab turadi, albatta. Hayotda, amaliyotda bunga ko‘plab misollar topiladi. Bunday o‘qituvchilar bolalar orasida obro‘ orttira
olmaydilar.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi talablardan biri bolaning xulqini, muomalasini, bola bajargan ishini odilona to‘g‘ri baholashdir. Xulqi, muomalasida esa bolaning biror kishi yoki narsaga munosabati ham ifodalanadi. Pedagogik faoliyatda sinfdan va maktabdan tashqari ishlar o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotning muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarning turi nihoyatda ko‘p bolib, o‘qituvchi tomonidan
muloqot jarayonida u ishlarni xususiyati va bajarish jarayoni, natijasi haqida to’liq tushuntirishiga bog‘liqdir. Muloqotlar jarayonida o‘qituvchi ayrim talablarga rioya qilishiga to‘g‘ri keladi: O‘z ishi jarayonida o‘qituvchi har bir o‘quvchining qadr-qimmatini inson sifatida hurmat qilishi, o‘quvchiga nisbatan ishonch; Bolaga mehribon, g‘amxo‘r bo‘lishi, shodligiga ham, tashvishlariga ham sherik bo‘lish; Bolalar bilan har qanday muloqot jarayonida alohida yondoshish, pedagogik taktni saqlash.
O‘qituvchi faoliyatida sharqona umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish. Muallimlik kasbi shunday sharafli, ishonchli va olijanob kasblardan bo‘lganligi uchun ham Milliy dasturdan, ta’lim to‘g‘risidagi Qonundan kelib chiqadigan vazifalarni maktab o‘quvchilari, o‘quv yurtlarining pedagog xodimlari, professor o‘qituvchilari bajaradilar. Shuning uchun ham «Qonun»da pedagog xodimlar o‘zlarining kasb-kor sha’ni va qadr-qimmatlarini himoya qilishlari: odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, bola, o‘quvchi va talaba, o‘qituvchi - o‘quvchi shaxsning qadr-qimmatini hurmatlashlari; ularni mehnatga, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga, ma’naviy-tarixiy, madaniy-milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari, o‘zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga, haqiqat, adolat, vatanparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari; o‘sib ulg‘ayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar o‘rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o‘rtasida tinchlik, axil-inoqlik ruhida tarbiyalashlari lozim.
Pedagogning o‘quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta’minlovchi shaxsiy fazilatlariga quyidagilar kiradi: talabchanlik va adolatlilik, halollik va xayrixohlik, kirishimlilik va hazil mutoiba hissi. Ushbu fazilatlar pedagogning ta’lim oluvchilar oldida obro‘sini belgilaydi. Pedagogning shaxsiy fazilatlari uning ta’lim berish va tarbiyalay olish mahoratiga ta’sir ko‘rsatadi. Ta’lim oluvchilarning bilimlarini reyting asosida baholash va nazorat qilish mahorati psixologik-pedagogik jihatdan pedagogning ta’lim berish va tarbiyalay olish mahorati bilan uzviy bogliq. Pedagog ta’lim oluvchilarning bilimlarini obyektiv baholash mexanizmlarini bilishi va ularni mukammal ravishda reyting nazoratda qo’llay olishi, hamda standart testlarni ishlab chiqa olish va qo’llay bilishi lozim.
O‘qituvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik ma’lumoti va metodik tayyorgarlikka, shuningdek, yuksak axloqiy fazilatlarga ega shaxs sanaladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi 7-bandiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish sud hukmiga asosan ma’n etilgan shaxslarning ta’lim muassasalarida faoliyat olib borishlariga yo‘1 qo‘yilmaydi.
O’qituvchi shaxsiga xos xislatlar
Savollar: O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomala odobi haqida nimalarni bilasiz?
Pedagogik muloqot va uning ahamiyati haqida tushuncha?
O‘qituvchining o‘quvchilar bilan muloqot olib borish yo‘llari nimalardan iborat?