1-Modul: O’zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq. 1-mavzu: Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Reja



Yüklə 194,79 Kb.
səhifə1/7
tarix06.02.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#83102
  1   2   3   4   5   6   7
Amaliy o\'zbek tili va davlat tilida ish yuritish fanidan MAJMUA


1-Modul: O’zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq.
1-MAVZU: Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida.
Reja:

  1. Pedagogik muloqоt tushunchasi.

  2. O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasidagi muloqotni tartibga soluvchi omillar.

  3. Zamonaviy pedagogga qo’yiladigan talablar.



Tayanch tushunchalar: fikr ifodalash shakllari, matn, pedagogik mahorat, muloqot, shaxslararo muloqot, muomala madaniyati

Ibtidoiy tizim davridan boshlab, kishilar ma’lum ijtimoiy munosabatlar asosida bir-birlari bilan aloqa qila boshlaganlar. Muloqot insonning mehnat faoliyatida eng muhim soha hisoblangan. Muloqot odamlarning birgalikdagi faoliyatlari, ehtiyojlaridan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-biri bilan o'zaro munosabatlarga kirishish jarayonidir.


Har bir shaxsning jamiyatda ado etadigan faoliyatlari o'zaro munosabat va ta’sir shakllarini o‘z ichiga oladi. Chunki har qanday ish, avvalo, odamlarning bir - birlari bilan til topishishni, bir birlariga turli xil ma’lumotlarni uzatishni, fikr almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab etadi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o‘rni, ishlarining muvaffaqqiyati, obro’si uning muloqotga kirisha olish qobiliyati bilan bevosita bog‘liqdir. Bir qarashda osonga o‘xshagan shaxslararo muloqot jarayoni aslida juda murakkab bo‘lib, unga odam hayoti davomida o‘rganib
boradi.


Talabaga eslatma
VAQTNI QADRLANG
Soch-soqoli kumushdek oq, qad-qomati xiyol bukchaygan, yerga qarab
bir-bir qadam bosib borayotgan choldan xiyobonda sayr qilib yurgan xandonxushon yigit-qizlar “Nimani qidiryapsiz, otaxon?”, deb so‘raganlarida, nuroniy “Yoshligimni, bolalarim, yoshligimni”, deb javob qaytargan ekan.
Ilmi, mehnati orqali katta obro‘-e’tiborga erishgan, o‘nlab kitoblar bitgan, yuzlab shogirdlar yetishtirgan—olim, murabbiy o‘z talabalariga hazilmutoiba aralash: “Kaminaga ixlos-u havasingiz bu qadar baland ekan, u holda almashish taklif qilmoqchiman. Mayli, Siz ilm-u a’mollarim, unvonu nishonlarim, kitob-u shogirdlarim – barini oling-u, evaziga faqat “kichik bir narsa”ni – yoshligingizni bera qoling” deya hazillashishni xush ko‘rarkan. Siz bilgan, ehtimol, hali bilmagan ko‘pgina mashhur olimlar, adiblar, san’atkorlar kuch-g‘ayratga to‘lib toshgan yoshlik yillaridan, ayniqsa, samarali foydalangan, dong taratgan asarlarini jo‘shqin yoshlik damlarida yaratgan, vaqtning qadr-qimmatiga yetgan, havas qilsa, hayratga tushsa arzigulik ko‘p va xo‘b ishlar qilishga ulgurgan, ayni chog‘da behuda o‘tgan kunlari, besamar onlarini afsuslanib eslashgan. Donishmandlar odamzod hayoti vaqtga qarab uzayishi, vaqtning ulug‘ murabbiy, qimmatbaho mulk, baxtga
pillapoyaligi, eng og‘ir yo‘qotish — vaqtni yo‘qotish ekanligi haqida qaytaqayta ogoh etgan.
Mustaqilligimiz qanchalik noyob ne’mat ekanligini, ezgu orzu-umidlar, sillani quritguvchi uzoq kutishlar, kurashlar, har qanday kamsitish, nafsoniyatga tegish, tahqir va haqorotlar, mislsiz qurbonlar, armonlar evaziga kelgan buyuk ne’mat ekanligini aslo yodingizdan chiqarmang, chiroqlarim.
Siz Istiqlolni qo‘lga kiritgan istiqbolli yurtning egalarisiz. O‘zingizni Mustaqillik atalmish salobatli azim binoning tarxini chizuvchi me’morlardan,
uning poydevoriga g‘isht quyuvchi mohir ustalardanman, deb biling. Buning sharafini, mas’uliyatni teran his qiling. Bu ezma pand-nasihat emas. O‘rganib qolganimiz “Qizil targ‘ibot-tashviqot” ham emas.
O‘quv yurtingizdagi faoliyatingizda uch jihat muhim:

  1. O‘quv jarayoni.

  2. Yotoqxonada yashash (uzoqdan kelgan talabalar uchun).

  3. Jamoat ishlari.

Ular o‘zaro chambarchas bog‘liq tutash ildizlar bo‘lib, bir-birini to‘ldiradi, boyitadi, taqozo etadi. Aslida uchovi ham ta’lim-tarbiya ataluvchi yaxlit murakkab jarayonning uch tarkibiy qismi. Shu uch jihatga birdek e’tibor bergan talabadan kelgusida yetuk mutaxassis, yaxshi inson, faol jamoatchi chiqishini uzoq yillik tajribalar ko‘rsatib turibdi. Faqat o‘qish bilan bo‘lib jamoat ishlaridan chetlashib yurgan talaba keyinchalik o‘zini o‘ylaydigan xudbin mutaxassis bo‘lsa ajab emas.
Yotoqxonasini orasta tutmagan qizdan bilimdon kishi chiqishi mumkindir-u, uy-ro‘zg‘orni yaxshi eplaydigan, saranjom-sarishtali kelin bo‘lishiga kafolat berish qiyin.
O‘ta faol “ashaddiy” jamoatchi bo‘lib, asosiy vaqtini badiiy havaskorlikka, sport o‘yinlariga, dastyorlikka, katta-kichik boshliqlar, domlalarning xizmati,
topshirig‘ini bajarishga sarflaydigan, tovonidan o‘t chaqnagan bo‘z bola yigit
bilingki, ishbilarmon, tadbirkor rahbar bo‘ladigan cho‘ti bor. Vaqti kelib u amaldor bo‘lib yetishar ham, lekin bilimi bo‘shligi har qadamda pand beradi. Shoshing va shoshmang. Shoshing – umr o‘tib borayotibdi... kun sayin, daqiqa sayin. Chak – chak – chak. Bugungi ishni ertaga qo‘ymang. Zero, ertaning o‘z yumushi, vazifasi, kutilgan va kutilmagan tashvish-taraddudlari bor. Qolgan ishga qor yog‘ar.
O‘zbekning bitta yomon so‘zi bor “e...e” degan! Mana shu birgina “E!” bilan olamshumul ishlar ortga chekilib, ba’zan hatto yo‘q bo‘lib ketadi. Noyob tafakkur chechaklari so‘nadi. Ishtiyoq arham topadi. G‘oya o‘ladi. Bu ishyoqmaslik tanballik, dangasalik, hafsalasizlik alomati. Dangasalikning boshlanishi, baxtsizlikning debochasidir.
Vaqt sizning taqdiringizda, azizim talaba (student), betakror va benazir ahamiyat kasb etadi. Sajdagohingiz – minbar, qurolingiz – kitob, manzilgohingiz – kutubxona, kasbingiz – mutolaa bo‘lmog‘i darkor. Tahlil, mushohada, bahs... sizning asosiy mashg‘ulotingiz – shu. Vaqt – aqcha, deydi ruslar. O‘zbekda o‘sha-o‘sha gap: vaqting ketdi – naqding ketdi. Havoyi, nasya va’dalarga, puch xayollarga aldanib qo‘ldagi naqdinadan ajralib qolish aqldan emas. O‘zingizning aldanib qolishingizga yo‘l qo‘ymang.
Tolibnoma”dan
Matn yuzasidan suhbat. Suhbat jarayonida talabalarga quyidagi
savollar taqdim qilinishi mumkin:



  1. Har narsaning davosi — vaqt deyishadi. Bu hikmatni o‘z so‘zlaringiz bilan izohlang.

  2. Sizningcha ham, faqat o‘qish bilan bo‘lib jamoat ishlaridan chetlashib
    yurgan talaba keyinchalik o‘zini o‘ylaydigan xudbin mutaxassis bo‘lishi
    mumkinmi?

  3. Muallifning “O‘ta faol “ashaddiy” jamoatchi” talabalar haqidagi fikrlari sizga ma’qul bo‘ldimi? Nima uchun?

  4. Bekor ketgan vaqtingizga achingan paytlaringiz bo‘lganmi? Shu haqda
    hikoya qilib bering.

  5. Siz vaqtingizni qanday taqsimlayapsiz? Tahsilingiz davomida
    tilagingizga qarshi kimlardir vaqtingizning isrof bo‘lishiga sababchi
    bo‘lmayaptimi?


O‘qituvchi va o‘quvchi, domla va talaba o‘rtasidagi munosabat va muomala madaniyati ularning fe’l-atvori, xulqi va olgan tarbiyasining amaliy hayotda namoyon bo‘lishini bildiradi. Kishining madaniyati, avvalo uning muomalasi, atrofdagilar bilan munosabatida ko‘zga tashlanadi. O‘qimishli, madaniyatli, o‘qituvchi hamkasbidan, o‘quvchisidan nimani, qanday so‘rashni, u yoki bu masala yuzasidan murojaat qilish mumkinmi yoki yo’qligini yaxshi anglaydi. Muomala jarayonida suhbatdoshining kayfiyatini ko‘tarish, unga optimistik ruh bag‘ishlash, uning o‘z kuchiga ishonchini hosil qilish ham o‘qituvchining eng muhim sifatlaridan biridir.





Это изображение, автор: Неизвестный автор, лицензия: CC BY


1-topshiriq. Quyidagi maqol va hikmatli so'zlarni o‘qing, ularning
ma’nosini izohlang.
Suv — zar, suvchi — zargar. Hunarli — zar, hunarsiz— xor. Halol ish — lazzatli yemish. Qo‘l — dil xizmatkori. Yozgi mehnat — qishki rohat. Bilim bilan hikmat oltindan qimmat. Ilm o'rganishdan murod mansab emas, xalq va vatan oldidagi burchni oqlashdir. Er yigitga qirq hunar oz


2-topshiriq. Quyidagi she’rning ma’nosini tushuntirib bering.

ULUG'BEKNING MUALLIMIGA


Men senga shunchaki ko'zlar berganman,
Muallim o'rgatar ko'ra olmoqni.
Dilbandim, men senga ona bo'lganman,
Senga u o'rgatar “ona” demoqni.
Men senga tilingni berganligim rost,
Dono so‘zlamoqni u o‘rgatadi.
Men senga qo'llaring berganligim rost,
Qalam ushlamoqni u o‘rgatadi.
Men senga sut berdim, u esa ziyo,
Uningsiz yo‘llaring bo'lmas oydin, oq.
Seni sevmog‘imni biladi dunyo,
Ammo u sevadi mendan ortiqroq!
Senga alla aytib ku' ;hi bo‘lganman,
U esa o'zingni shoir qiladi.
Bo'ylaring o‘sganda ko‘ngli to‘lgan man,
U aqling o‘stirib ko'ngli to‘ladi.
Go’daklik chog‘ingda bo‘lganman bedor
Va senga baxshida etganman hayot.
U esa yashashni o'rgatar ming bor,
Seni deb bezovta yashar umrbod.
Sen agar hurmatim saqlamoq bo‘lib.
Ko'tarmoq istasang meni boshingga,
Avval mualliming qo'llarini o ‘p,
Fidoyi qalbini ко‘tar boshingga!
Sening insonliging, borliging uchun
Muallimdan mening juda ko‘p qarzim.
Payti kelib boshing ko'kka yetgan kun,
Ikkimiz uchun ham unga qil ta’zim.
Xosiyat Bobomurodova



Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin