Amaliy o\'zbek tili va davlat tilida ish yuritish fanidan MAJMUA
GLASSORIY
Og‘zaki nutq – jonli jarayon, “gapga do‘ppi kiygizadigan” so‘z ustalarining nutqi.
Yozma nutq – avvalo, u manba. Xohlagan paytda uni qayta o‘qish, tuzatish, boshqa so‘z va so‘z birikmalari bilan almashtirish mumkin.
Notiq – g‘arbda so‘z san’ati ustalarini shunday atalgan.
Voiz – sharqda o‘zi ham so‘zi joiz bo‘lishi uchun chuqur bilim va malakaga, etuk dunyoqarash va saviyaga ega bo‘lgan kishilarga nisbatan ishlatilgan.
“Ritorika” – Rimdagi notiqlik maktabi.
Orfoepiya – tovushlarning talaffuz xususiyatlarini o‘rganadi.
Adabiy til – xalq tilining, milliy tilning oliy shakli.
Me’yorlanganlik – me’yorlashga muhtojlik adabiy tilning muhim xususiyatlaridan biridir.
Sheva – bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir.
Me’yor – bu til birliklarini o‘zaro yaxshi tushunish zarurati tufayli undan foydalanadigan xalq tomonidan yaratilgan, til qurilishining amalda bo‘lgan xususiyatidir.
Rasmiy uslub – adabiy tilning rasmiy Yozma shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi.
Publitsistik uslub – ommaviy axborot vositalari uslubi sodda gap – bitta kesimlik belgisiga, mazmuniy va ohang tugalligiga ega bo‘lgan gap.
So‘zlashuv uslubi – oilada, ko‘cha-ko‘yda kishilarning fikr almashishi jarayonida qo‘llanadigan nutq uslubi.
Uslubiy betaraf so‘zlar – ayrim nutq uslubi doirasida qo‘llanmaydigan so‘zlar.
Uslubiy xoslangan so‘zlar – ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar.
O‘zlashtirma gap – mazmuni saqlanib, shakli o‘zgartirilgan gap
Hol-ish harakatning qanday ro‘y berishi, o‘rni paytini ifodalovchi gap bo‘lagi.
Idioma-o‘z asl ma’nosidan uzoqlashgan so‘z va so‘zlar birikmasi.
Matn-ma’lum maqsad yoki firni bir necha gaplar bilan ifodalagan yaxlit nutq birligi.
Undalma-nutq qaratilgan shaxs yoki narsani bildiruvchi bo‘lak.