1-Modul: O’zbek adabiy tili va o‘zbekcha kasbiy nutq. 1-mavzu: Kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida. Reja



Yüklə 194,79 Kb.
səhifə3/7
tarix06.02.2023
ölçüsü194,79 Kb.
#83102
1   2   3   4   5   6   7
Amaliy o\'zbek tili va davlat tilida ish yuritish fanidan MAJMUA

Mantiqiy savollar:

  1. Antiqa savol: 1-b, 2-I, 3-u, 4-t, 5-b. siz qolgan beshta harfni yozib bering

  2. Ali va Vali baliq ovlagani chiqishibdi. Ular o’g’illarini olvolishibdi. Valining o’g’lini ismi Mirvali ekan. Ali 4 ta, Vali 3 ta, Mirvali 6 ta baliq tutibdi. Savol: Alining o’g’lini ismi nima?

Topishmoqlar:

  1. Til uchi milkka tegib, havo yo’lini to’sar.

So’ngra birdan ochilib, tovushlar portlab chiqar.
Topsin dono bolalar, ular qaysi tovushlar?



  1. Border 6 xil tovush,

Ular cho’zib aytilar
So’z tuzilmas ularsiz,
O’ylang, balki toparsiz?




2-MAVZU: O‘qituvchi nutqining kommunikativ xususiyatlari. Pedagogik nutqning o‘ziga xosliklari.
Reja:

  1. O’qituvchining nutq texnikasi

  2. Og’zaki va yozma nutq texnikasi

  3. O’qituvchining ovozi, talaffuzi, diksiyasi



Tayanch tushunchalar: fikr ifodalash shakllari, og`zaki nutq, matn, yozma nutq shakllari, og’zaki nutq texnikasi, yozma nutq texnikasi, o’qituvchining ovozi, o’qituvchining talaffuzi, o’qituvchining diksiyasi.

N utq odobi insonning axloqini belgilovchi mezondir. Axloq fan sifatida o`rta asrlarda yuzaga keldi. Kishining odobi, eng avvalo uning nutqida ko`rinadi. Nutq odobi – aytilishi zarur bo`lgan xabarlarni tinglovchiga hurmat qilgan holda, bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi:


Paronimlarni bilish, ulardan tovush yaqinliklariga e’tibor berish; tor muhitda ishlatiladigan dialektalizm so`zlarning ma’nolari yaxshi anglatgan holda nutqqa kiritish.
O`qituvchi o`z nutqidan keng foydalanadi. O`quvchilarga voqea hodisalar, shaxslar haqida ma’lumot berishda bu katta ahamiyat kasb etadi. O`qituvchilik kasbi bevosita ovoz xususiyatlari bilan bog`liq, yoqimli va jarangdor ovozga ega bo`lgan o`qituvchi o`z o`quvchilariga ovozining shiradorligi bilan ham ta’sir etadi. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun o`qituvchi o`z ovozini kuchini, yoqimliligini bilishi zarur.
O`qituvchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo`lishi lozim.

To’liq, mukammal shakllangan, talab darajasidagi nutq tеxnikasi o’qituvchining umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim uzvi, ta'bir joiz bo’lsa, tamallaridandir. Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to’g’ri voqеlantirish ko’nikma va malakalarining jami nutq tеxnikasi dеmakdir. Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to’g’ri nafas olish, tovush va tovush qo’shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diktsiya kabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq tеxnikasidagi bosh masala ovoz masalasidir. Asosiy quroli nutq bo’lgan har qanday odam uchun ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.


Mashhur rus olimi M.V.Lomonosov o’zining "Notiqlik bo’yicha qisqacha


qo’llanma"sida notiq bo’lish uchun, avvalo, tabiiy qobiliyat zarurligini, tabiiy qobiliyat esa ruhiy va jismoniy turlarga bo’linishini aytadi. Olim jismoniy qobiliyat dеganda baland va yoqimli ovoz, uzun nafas va baquvvat ko’krak, shuningdеk, sog’lom tana va kеlishgan qomatni nazarda tutadi.
"Tabiiy jismoniy qobiliyat" sifatidagi, aytaylik, xirqiroq, chiyildoq, shang’iroq kabi ovozlarning yoqimli bo’lolmasligi, ya'ni tinglovchi qulog’ini qiynashi tayin. Bunday yoqimsiz ovozdan "libos kiygan" fikrning kattagina qismi nutq idrokining o’ta sеzgir va nozik darvozasi bo’lmish quloqdan o’tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko’zlagan maqsad — muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal va ta'sirli tarzda еtkazish uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monеlik qiladi. Bu eski haqiqatni aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Tabiatan ana shunday "quloqni qiynaydigan" ovozga ega bo’lgan odam o’z ishining samarasidan chinakam huzur tuyushi uchun faoliyatining asosiy quroli nutq bo’lmagan boshqa kasblarning etagini tutgani ma'qul.
Nutq texnikasi deyilganda nutqni tinglovchi yoki o`quvchiga yetkazishda
qo`llanadigan vositalar tushuniladi. Nutq ikki xil ko`rinishda bo`lganda uni
texnikasini ham ikki xil ko`rsatish mumkin:

  1. Og`zaki nutq texnikasi.

  2. Yozma nutq texnikasi.

Og`zaki nutq texnikasi tovush, bo`g`in, so`zlarni, uning shakllarini talaffuz
etishni yaxshilash borasida nutq organlarini faollashtiruvchi mashqlarni
anglatadi. Bunga ovozdan foydalanish tovush fazilati sifatida yorqin ifodalash
qobiliyati bilan nutq faoliyatining ma’nosi bilan, nutq ishlatilayotgan so`z
ma’nolarini bilish bilan bog`liq bo`ladi. Agar notiq o`zi fikr yuritmoqchi
bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlasa va o`zi tanlagan so`zlarning ma’nolariga vazifalar yuksala, nutqning aniq bo`lishi muqarrardir.
Yozma nutq ham huddi og`zaki nutq kabi tinglovchi uchun yaratiladi. Uning qulayligidan, o`quvchiga tez va butun mohiyati bilan yetib borishidan yozuvchi ham, o`quvchi ham minnatdor. Shuni nazarda tutganda yozma nutq texnikasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:

  1. har qanday yozma nutq xat boshidan, bosh harf bilan boshlanishi kerak;

  2. har bir gap mazmunan nisbatan tugallangan bo`lishi, yorqin fikr anglatishi kerak;

  3. ma’lum bir fikr bayon etilgandan so`ng, nutqni tarkibiy qismi bo`lgan
    boshqa fikr xat boshidan boshlanishi zarur. Xat boshilar (abzatslar) bir-biri bilan mantiqiy bog`langan bo`lishi lozim;

  4. Dialoglardan tashkil topgan yozma nutqda har bir shaxsni gapi teri
    orqali yoziladi;

  5. ko`chirma gaplar, ko`chirmalar, o`z ma’nosida ishlatilmagan so`zlar,
    birikmalar qo`shtirnoq ichiga olinadi;

  6. nutq uchun ikkinchi darajali hisoblangan, undagi gaplarning tarkibiy
    qismi hisoblanmaydigan narsalar teri yoki qavs bilan ajratiladi;

  7. ot kesim, izohlovchi, undalma, ajratiladigan bo`laklar tegishli tinish
    belgilari bilan ajratiladi;

  8. nutqning xat boshidan yirik qismlarga boblarga bo`lib ko`rsatiladi.

Ish qog`ozlarga ham yozma nutq hisoblanadi. Ularning yozilishi ham nutqqa xos umumiy talablardan chetga chiqmaydi. Ish qog`ozlarga xos bo`lgan xususiyatlar.

Yüklə 194,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin