Iqtisodiyot fanida tadbirkorlik faohyatiga doir dastlabki tadqiqotlar XVIII asrda R. Kantilyon, A. Tyurgo, F.Kene, A.Smit va J.B.Sey asarlarida amalga oshirila boshlandi. Biroq hozirga qadar jamoatchilik fikrida «tadbirkorlik» tushunchasining ko`p ma`noliligi saqlanib qolmoqda. Ko`pincha ilmiy adabiyotlarda ushbu tushuncha haqida, u favqulodda hodisaning iqtisodiy, tashkiliy va ruhiy tavsiflari to`plamidan iborat, degan tasavvurlar mavjud.
Dastlabki bosqichlarda tadbirkorlikning eng muhim alomati biron-bir shaxs — tadbirkor faohyatining foyda yoki zararliligini belgilovchi noaniqlik omili sifatida baholangan. Tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy vazifasi turli bozorlarda talab bilan taklif orasida muvozanat o`rnatishga doir takomillik faoliyatidan iborat deb tan olingan.
Keyinchalik «sarmoya egasi» va «tadbirkor» tushunchalari bir-biridan farqlana boshlandi. Tadbirkor sarmoyani muomalada yuritishni, ko`payib borishini ta`minlaydi va bu borada u «venchur» sarmoyador, ya`ni jalb qilingan moliyaviy mablag`larni ustalik bilan tasarruf etuvchi shaxs sifatida ishni yuritib yuborishga o`z g`oyalari, bilimi va ko`nikmalarini tatbiq qihb, ko`p foyda olish maqsadida o`sha mablag`larni tavakkal ishlarga sarflaydi.
«Biznes» so`zi inglizcha bo`lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha aytganda, kishilaming foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faohyatidir. «Biznesmen» (tadbirkor) atamasi birinchi ma-rotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo`lib, u «mulk egasi» degan ma`noni bildiradi. Jumladan, Adam Smit tadbirkomi mulk egasi sifatida ta`riflab, uni foyda olish uchun qandaydir tijorat g`oyasini amalga oshirish maqsadida iqtisodiy tavakkalchilikka boradigan kishidir, deb ta`kidlaydi. Tadbirkorning o`zi o`z ishini rejalashtiradi, ishlab chiqarishni tashkil etadi, mahsulotni sotadi va olgan daromadiga o`zi xo`jayinlik qiladi.
Biznes, avvalo, ishlab chiqarishni tashkil etish, iqtisodiy faoliyat va munosabatlar, hayotning o`zi, so`ngra esa pul ishlash demakdir. «Biznes» xorijiy ibora bo`lib, u butun dunyo bo`yicha tarqalgan, undan barcha mamlakatlarda foydalanadilar. O`zbek tilida esa «biznes» so`zi tadbirkorlik, «biznesmen» esa tadbirkor demakdir. O`zbekcha so`z xorijiy so`zga to`g’ri keladi, lekin unga qo`shimcha ma`no ham beradi. Bu so`zlar ortida «ish», ya`ni ish bilan shug`ullanish yoki korxona tashkil qilish yotadi. Shunday qilib, biznes — bu korxona tashkil qilish demakdir (sanoat korxonasi, savdo do`koni, xizmat ko`rsatish korxonasi, auditorlik kontorasi, advokatlik idorasi, bank va h.k.).