Demak, biznes — bu yo`q narsadan pul qilish emas, balki murakkab ishlab chiqarishni yoki xizmat ko`rsatishni tashkil etish demakdir. Tadbirkor — doimo o`z ishining fidoyisi, bilimdonidir. Tadbirkorlik uchun o`qish kerak, nafaqat dastlabki paytlarda, balki tadbirkor bir umr o`qishi, izlanishda bo`lishi zarur.
O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi Qonunida tadbirkorlik faoliyati tushunchasiga quyidagicha ta`rif berilgan: «Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, o`zi tavakkal qilib va o`z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatidir». O`zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahriri), 3-modda. //http://www.lex.uz
Tadbirkorlikning mohiyati quyidagilar orqali yanada oydinlashadi:
• Birinchidan, tadbirkorlikning sub’yekti kim bo`lishi mumkin? Qonunchilikka muvofiq, balog`at yoshiga yetgan har bir fuqaro o`z mulki asosida yoki mulk egasining vakolati asosida o`zi ixtiyor etgan qonunga zid bo`lmagan faoliyat turi bilan shug`ullanishi mumkin.
Ikkinchidan, yuqoridagi ta`rifda tadbirkorlikning bir tomoni — mazmuni ifoda etilgan bo`lib, u mazmunan boy, xilma-xil ko`rinishga ega. Tadbirkorlik faoliyatini tanlash, uni tashkil etish va rivojlantirish mohiyat jihatidan davlat, jamiyat ahamiyatiga molik ish bo`lmasdan, balki erkin tanlanadigan faoliyatdir.
Biznesni muvaffaqiyatli olib borishga ко`maklashuvchi tadbirkorlikning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Mulk sohibi bo`lish. Bu yerda tadbirkorlar cheklangan resurslar yoki mahsulotlaming egasi bo`lishi kerak. Ular o`z mulkiga tayanib yoki o`zga mulkini ijaraga olib ishlaydi.