Biznesni tashkil etish va yuritish fanining mazmuni



Yüklə 17,29 Kb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü17,29 Kb.
#162063
1   2   3
Biznesni tashkil etish 1

Foyda olishga intilish. Tadbirkoming boyishdan iborat iqtisodiy manfaati bo`lib, unga foyda olish orqali erishiladi.

  • Iqtisodiy erkinlik. Tadbirkor bozorga qarab nimani, qancha, qanday texnologiya asosida ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga, qachon va necha pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o`ziga sherik topishni, xullas, har qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o`z bilganicha amalga oshiradi.

  • Iqtisodiy mas`uliyat. Tadbirkor mas`uliyatni o`z zimmasiga olib, ko`rgan foyda-zarariga o`zi javob beradi.

    • Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo ostidan» qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib qolishdan qo`rqmaydi.

    • Qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa`y-harakatlarining o`z qoidalari bor, ularga itoat qilish ham qarz, ham farz hisoblanadi.

    • Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim o`zadi» qoidasiga ko`ra bellashishi shart.

    • Tadbirkorlik siri. Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish, bozor topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.


    5. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yo`l bilan pul topishga asoslanishi zarur, qalloblik, g`irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid.

      • Nufuz (imij)ga ega bo`lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro`-e`tiborli bo`lishni bildiradi. Tadbirkor o`z sha`nini avaylashi, firma nomini e`zozlab, unga dog` tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.

      • Tadbirkorlikda o`z-o`zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko`maklashadi, qonunlar orqali tadbirkorlik uchun sharoit yaratadi. Masalan, O`zbekiston Respublikasining qonunlariga ko`ra, davlat tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlaydi, tadbirkorlar mulkining daxlsizhgini ta`minlaydi.


    Bozor iqtisodiyotining turli mulk shakllariga asoslanishini tadbirkorlikda yaqqol ko`rish mumkin. Insonga naf keltiruvchi har qanday ne`matlar, albatta, kimningdir mulki. Faqat hech kimga kerak bo`lmagan narsaning egasi yo`q. Bozor iqtisodiyoti kerakli narsani yaratib, uni bozor orqali iste`mol etishga asoslanar ekan, u albatta, mulkchilikni talab qiladi.

    Mulk moddiy va maishiy boyliklarni qonuniy ravishda va belgilangan tartibda kishilar tomonidan o`zlashtirish shaklidir.

    0`zlashtirish tartibini mulkiy huquq belgilaydi, u kimning mulkdor bo`lishi, mulkdan foydalanish qoidalari, mulkni davlat tomonidan kafolatlash kabilarni belgilab qo`yadi. Mamlakatimizda mulkiy huquq va mulkiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi va «O`zbekiston Respublikasida mulkchilik to`g`risida»gi Qonun asosida tartibga solinadi.

    E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT !!!
    http://azkurs.org
    Yüklə 17,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin