1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonundan.)



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə17/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

(O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonundan.)




Oliy Kengashning VIII sessiyasida shuningdek ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash to‘g‘risida Qaror ham qabul qilindi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi 1991-yil 29-dekabr, yakshanba kuniga belgilandi. Ayni shu kuni ikkinchi bir muhim siyosiy tadbir – O‘zbekiston davlat mustaqilligiga xalqning munosabatini bilishga qaratilgan umumxalq referendumini ham O‘tkazish belgilandi.
Markaziy saylov komissiyasi 1991-yil 22-noyabrda O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi va kasaba uyushmalari Federatsiyasidan ko‘rsatilgan I.A. Karimov hamda ―Erk demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan Salay Madaminov nomzodlarini ro‘yxatga oldi va yashirin ovoz berish byulleteniga kiritdi.
O‘ta muhim siyosiy jarayonga qizg‘in tayyorgarlik ketayotgan bir paytda 1991 yil dekabr oyida Namanganda xavotirli voqealar rO‘y berdi.
1991 yilning 9 dekabrida Namangan shahrida bir guruh qO‘poruvchi kuchlar viloyat ijroiya qO‘mitasi binosini egallab olib, O‘zbekistonni Islom davlatiga aylantirishni da‘vo qilib chiqishadi va respublika rahbari bilan uchrashuvni talab qilishadi. Islom Karimov prezidentlikka nomzod sifatida ertasi kuni tongda Namanganga yetib keladi va ongi aqidaparastlik g‘oyalari bilan zaharlangan, jazavaga tushgan olomon orasiga soqchi va hamrohlarsiz, bir O‘zi, hech ikkilanmasdan, shijoat va shiddat bilan kirib boradi. Respublika rahbarini kurishgach, aqidaparastlar bir oz dovdirab qolishadi. Yurtboshimiz vazminlik bilan sO‘z boshlaydi va ularning barcha da‘volarini aniq faktlar bilan rad etadi.
Shuni aytish kerakki, Islom Karimovning qatiyati va jasorati binoni boshiga kutarib baqir- chaqir qilayotgan minglab ashaddiy ekstremistlarni ham sarosimaga solib qO‘yadi. Mamlakatimiz rahbari hayajonga berilmasdan, ular talab qilayotgan yO‘l qonunga mutlaqo zid ekani va hech qachon yaxshilikka olib kelmasligini uqtiradi, salobati va irodasi bilan vaziyatni yumshatishga muvaffaq bO‘ladi.
Bebaho boylik bO‘lgan tinchlik va osoyishtalikni saqlash, uni kO‘z qorachig‘idek asrash masalasi mamlakatimiz rahbari Islom Karimovning faoliyatida doimo eng muhim, eng ustuvor yO‘nalish bO‘lib qoldi. Buni har xil buzg‘unchi kuchlar, diniy va dunyoviy niqobdagi radikal oqimlar bosh kO‘targan O‘sha notinch davrda, Islom Karimovning chuqur iztirob bilan 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning IX sessiyasi minbaridan turib xalqqa qilgan murojaatidagi, bugun ham O‘z ahamiyatini yO‘qotmagan, ushbu sO‘zlari yaqqol tasdiqlaydi: “Aziz dO‘stlar! Nima kerak bO‘lsa, ayting, hammasini qilib beramiz. Lekin, aziz onalar, opasingillar, otaxonlar, dO‘stlar, ukajonlar, men Prezident bO‘lsam ham sizdan tiz chO‘kib sO‘rayman, iltimos qilaman: shu masalada yordam qiling! Axir, Qur’oni Karim ham dO‘stlikka, birodarlikka chaqiradi, nizo chiqarishni qoralaydi. Janjal chiqqan yurtdan xudo ham yuz O‘girar ekan. Shu sabab baraka ham, rizq-rO‘z ham nasiya bO‘lib qolarkan. Bu yO‘lda tinchlik, totuvlik yO‘lida bizni Alloh taoloning O‘zi qO‘llasin, madadkor bO‘lsin!” (Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. -T.: “O‘zbekiston”. 2011. 431-bet)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi xalq deputatlari saylovini o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasining zimmasiga yuklandi. Saylovga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. 13 ta okrug va qariyb 7 mingta uchastka saylov komissiyalari tuzildi. O‘zbekiston Prezidenti saylovi respublikada
birinchi bor o‘tayotganligi inobatga olinib, bu tadbirni uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida saylov komissiyalari tarkibiga Xalq demokratik partiyasidan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasidan, yozuvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlaridan ko‘pgina vakillar kiritildi.
Markaziy saylov komissiyasi saylovga doir barcha hujjatlarni, 11 mln. nusxadagi Prezident sayloviga doir byulletenlatni markazlashtirilgan tartibda tayyorladi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari ular bilan o‘z vaqtida ta‘minlandi. Prezidentlikka nomzodlar uchun saylovoldi kompaniyasida, ularning saylovchilar bilan uchrashuvlarida va o‘z dasturlarini ommaviy axborot vositalarida e‘lon qilishlariga keng sharoit yaratildi. Saylovchilarning ro‘yxatlarini tuzish, binolarni ovoz berish uchun jihozlash ishlari amalga oshirildi. Prezident saylovi jarayonida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotini ta‘sis etgan mustaqil mamlakatlardan, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kelgan kuzatuvchilar qatnashdi. Ular O‘zbekiston Prezidenti saylovi puxta tashkil etilganligini tasdiqladilar.
1991-yil 29-dekabrda demokratik meyor va tartiblarga mos ravishda, umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylash huquqi asosida tarixda birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muqobillik asosida umumxalq saylovi bo‘lib o‘tdi. Saylovda 9 mln 900 ming 958 kishi yoki ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 94,2 foizi ishtirok etdi.

    1. Karimov nomzodi uchun 8 mln 514 ming 136 saylovchi yoki saylovda qatnashganlarning 86 foizi ovoz berdi.

1991-yil 30-dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi okrug komissiyalari majlis bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonunning 35-moddasiga asosan I.A. Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylangan deb hisoblashga qaror qildi.
1992-yil 4-yanvarda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari IX sessiyasida O‘zbekiston Prezidenti saylovi yakunlari haqidagi masala ko‘rib chiqildi va mazkur masala bo‘yicha Markaziy saylov komissiyasining qarori tasdiqlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi qonuuning 38-moddasiga muvofiq Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1991-yil 31-dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgan deb hisoblansin.

(O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qaroridan. 1992-yil 4-yanvar)


Oliy Majlisning mazkur sessiyasida I.A.Karimov so‘zga chiqib, o‘ziga bildirilgan ishonch
uchun butun respublika xalqiga samimiy minnatdorchilik bildirdi va qasamyod qildi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin