1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə2/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Эргашев Қ., Ҳамидов Ҳ. Ўзбекистон тарихи. Ўқув қўлланма. -Т.: ―Фан ва технология. 2019. 796 б.

  • Ўзбекистон тарихи (Олий ўқув юртининг номутахассислик факультетлари талабалари учун дарслик). -Т.: ―Янги аср авлоди. 2003.

  • Ўзбекистоннинг янги тарихи. Учинчи китоб. Мустақил Ўзбекистон Республикаси. -

    Т.: ―Шарқ. 2000.

      1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.



    Tarix – aslida arabcha sO‘z bO‘lib, ―O‘tmish, ―O‘tgan voqealar haqida aniq hikoya qilishni anglatadi. U odamzodning eng qadimgi davridan bugungi kungacha kechgan hayotini, O‘tmishdagi tarixiy jarayonlarni, turmush tarzini, avloddan-avlodga meros sifatida rivojlanib, boyib borayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma‘naviy-madaniy, davlat qurilishi sohalaridagi tajribalarini, O‘z xalqiga bosh bO‘lib, ularga yetakchilik qilgan tarixiy shaxslar faoliyatini tartibga solib O‘rganuvchi va tasvirlovchi fandir.
    Inson O‘z tarixini O‘rganish, bilish orqali kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari, taraqqiyotining bosqichlari jarayonlarini, insonlarning inqirozli holatga tushish sabablari va bu holatdan chiqish yO‘lidagi tajribalarini tushunib oladi, O‘tmish saboqlaridan xulosa chiqaradi va kelajakda tO‘g‘ri yO‘ldan borish lozimligini anglab yetadi. Shu jihatdan, tarix fani tarixiy jarayonlarning qonuniyatlari va an‘analarini tushunib yetishga, hozirgi zamonni tO‘g‘ri anglashga, kelajakni asosli ravishda kO‘ra bilishga kO‘maklashuvchi ilm manbaidir.
    Har bir mamlakat, har bir xalq O‘zining uzoq va betakror tarixiga ega. O‘zbekistonning, O‘zbek xalqining tarixi boy va sermazmun. O‘zbekiston jahon tarixining turli xalqlar, tamaddunlar tutashgan eng qaynoq chorrahalaridan biri sifatida butun insoniyat tarixining shakllanishiga ma‘lum darajada ta‘sir etib bordi. Shu bilan birga, ajdodlarimiz hayotida boshqa xalqlar sivilizatsiyasining ham ta‘siri bO‘ldi.
    Xalqimizning davlatchilik tajribasi ham boy va qadimiy. O‘zbekiston hududida dastlabki mustaqil davlat tuzilmalari bundan salkam 3000 yil muqaddam (mil.avv. 1 ming yillik boshlarida) paydo bO‘lib, O‘tgan ming yilliklar davomida takomillashib, dunyo davlatchiligi rivojiga munosib hissa qO‘shib keldi. Bugungi mustaqil O‘zbekiston davlati xalqimizning ming yillik davlatchiligining tarixiy vorisi – davomchisidir. O‘zbekistonnning eng yangi tarixi fani anashu mustaqil O‘zbekiston davlatining zarvorli tarixini O‘rganuvchi fandir.
    Mamlakatimizning 1991 yildan keyingi mustaqillik davri xalqimiz qadimiy tarixining uzviy va tadrijiy qismi hisoblanadi. Chunki aynan shu tarixiy sanadan O‘zbek xalqining davlatchilik tarixi yangi bir bosqichga kirdi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi deb ataladigan mazkur davr Vatanimiz tarixiga tub ijtimoiy-siyosiy va ma‘naviy-madaniy O‘zgarishlar, asriy orzularimizning rO‘yobi, buyuk kelajak va farovonlik jamiyatini qurish davri bO‘lib kirdi. Hayotimiz va tafakkurimizda rO‘y berayotgan O‘zgarishlarni tahlil qilish, erishilgan yutuqlar va muammolarimizdan tO‘g‘ri xulosa chiqarish tarixiy zaruratga aylandi.
    ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining predmetini mustabid sovet tuzumining inqirozi boshlangan XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab to bugungi kunga qadar O‘zbekistonda kechgan tarixiy jarayonlar tashkil etadi.
    O‘zbekistonning istiqlolga erishish arafasidagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy holati, mustaqillikni qO‘lga kiritish jarayonlari, O‘zbekistonning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti va rivojlanish bosqichlari, istiqlol yillarida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi O‘zgarishlar, O‘zbekistonning xalqaro maydondagi O‘rni va mavqei, tashqi siyosatda, ayniqsa, mintaqada xavfsizlik va barqarorlikni ta‘minlashda olib borgan siyosati, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov hamda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilgan islohotlar va ularning natijalari asosida qO‘lga kiritilayotgan yutuqlar, respublikada millatlararo va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga yaratilayotgan imkoniyatlar mazkur fanning O‘rganish va tahlil qilish obyekti hisoblanadi.
    Milliy istiqlol O‘zbek xalqining asriy orzusi, armoni edi. Bu yO‘lda minglab Vatan fidoyilari aziz jonlarini qurbon qildilar. Milliy mustaqillikning qO‘lga kiritilishi katta yutuq, uning qadriga yetish, mustahkamlash, asrab avaylash mushkul va mas‘uliyatli vazifa. Har qanday mamlakatning qudrati, uning milliy mustaqilligi davlat chegaralarining daxlsizligi, O‘sha mamlakat fuqarolarining O‘z yurtiga mehr-muhabbat bilan tarbiya topgani, Vatan mustaqilligi va milliy istiqlol uchun kurashda zarur bO‘lsa jonini fido qilishga ham tayyor bO‘lishdek oliyjanob
    fazilatlarga ega bO‘lishlariga bog‘liq. Bu fazilatlarni xalq, yurt kelajagi – yoshlar ongida shakllantirish ushbu fanning vazifasi hisoblanadi.
    Shu jihatdan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani quyidagi vazifalarni bajaradi:

    • Ajdodlar hayoti bilan bog‘liq holda sodir bO‘lgan voqealar rivojining mazmun- mohiyatini, sabab va oqibatlarini, asrlar davomida tO‘plangan amaliy tajriba va saboqlardan xulosa chiqarish;

    • xalqimizning mustaqil taraqqiyot yO‘liga kirishi, mustaqillik yillarida milliy huquqiy, demokratik davlatchilik qurilishi, demokratik-fuqarolik jamiyatini shakllantirish, erkin bozor iqtisodiyotiga O‘tish, jahon hamjamiyatiga qO‘shilish va O‘z O‘rnini topish borasidagi faoliyatini xolisona yoritish.

    ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani xalqimiz uchun ijtimoiy, siyosiy, tarbiyaviy, ma‘naviy saboqlar majmuasidir. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bog‘liq holda O‘rganiladi. Insoniyat hayotining ma‘no-mazmuni va jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari haqida fikr yuritganda, falsafa, davlat qurilishi va jamiyatni boshqarish masalalarida politologiya, iqtisodiy hayotni yoritishda iqtisodiyot nazariyasi, xalqning turmush tarzi, tili va milliy mentalitetini tasvirlashda etnografiya, O‘zbek tili va adabiyoti, dinshunoslik fanlari yutuqlaridan foydalaniladi. Tarixshunoslik, manbashunoslik, arxivshunoslik kabi maxsus fanlar eng yangi tarix falsafasini chuqur anglab yetishga kO‘maklashadi.
    XXI globallashuv asrida ta‘lim sohasida ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanini O‘qitish zamirida mamlakatning intellektual va ma‘naviy boyligi bO‘lgan yoshlar salohiyatni yuksaltirishdan manfaatdor ekanligi omili yotadi. Globallashuv sharoitida bilimlilik mamlakatni iqtisodiy rivojlantirish va uning milliy boyligini kO‘paytirishning muhim tarkibiy qismiga aylanib borayotganligi, yoshlarning yuksak ma‘naviy darajasi esa insonlarda huquqiy madaniyatni, erkin va demokratik huquqiy davlatda yashash hamda mehnat qilish qobiliyatini shakllantirish, O‘zligini anglash, ulardan shaxs, davlat hamda jamiyat manfaatlari yO‘lida foydalanish imkonini beradi.
    Mazkur fanning O‘qitilishi jarayonida talaba fan bO‘yicha mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni, ularning sabablari va oqibatlarini; mustaqillik yillaridagi O‘zgarishlarni, O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalarini, zamonaviy jarayonlarda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi O‘rnini tarixiylik va xolislik nuqtai nazaridan bilib oladi;
    O‘zbekistonning eng yangi tarixi muammolarini O‘rganish, dunyoqarashni mustahkamlashda milliy mustaqillik g‘oyasini qO‘llay bilish, atrofida sodir bO‘layotgan jarayonlarga O‘z munosabatini bildira olish, jamiyat va inson dunyoqarashi rivojida tarix fanining O‘rnini anglash va bugungi kunda sodir bO‘layotgan voqealarning tarixdagi muhim voqealar bilan bog‘liqligini bilish kO‘nikmalariga ega bO‘ladi.
    Shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixini chuqur bilish, ma‘naviy-milliy va umuminsoniy masalalar bO‘yicha O‘z qarashlarini ilmiy asoslashni va ifodalashni bilish, milliy mustaqillik g‘oyalariga amal qiladigan faol hayotiy dunyoqarash kabi malakalarga ega bO‘ladi. Bu O‘z navbatida, yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirib, komil inson bO‘lib yetishishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy vazifa O‘zbekiston tarixi fanining mantiqiy davomi bO‘lgan
    ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi fani bO‘yicha yosh avlodni millatning dardiga darmon bO‘ladigan, elim deb, yurtim deb yonib yashaydigan komil, O‘z ona yurti bilan g‘ururlanadigan inson qilib tarbiyalashdan iborat.




      1. Yüklə 1,27 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   104




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin