Mahalliy davlat hokimiyatininh tashkil topishi. Mahalliy davlat hokimiyati tubdan isloh qilindi. Islohotlar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ―Mahalliydavlathokimiyati to‘g‘risida”gi Qonun (1993-yil 2-sentabr), ―Xalqdeputatlariviloyat,tuman,shahar Kengashlarigasaylovlarto‘g‘risida”gi Qonun (1994-yil 5-may) asosida amalga oshirildi.
Konstitutsiyaning 99-moddasida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar, deb belgilab qo‘yildi.
Konstitutsiyada mahalliy hokimiyatning ikki mustaqil organga – vakillik va ijro hokimiyat organlariga bo‘linishi belgilandi. ―Mahalliydavlathokimiyatito‘g‘risida”gi Qonunning 1- moddasida „Viloyatlar,tumanlarvashaharlarda(tumangaboysunadigan shaharlardan, shuningdek, shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir―, debaniqbelgilabqoyildi.Shahartarkibigakiruvchi tumanlardavatumangabo’sunuvchishaharlardavakillikorganlarituzilmaydi. “Xalqdeputatlariviloyat,tuman va shaharKengashlarigasaylovto‘g‘risida”gi Qonunda vakillik organlariga 21 yoshga to‘lgan fuqarolar saylanadi. Saylovlar ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida o‘tadi. Xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga 60 tadan ko‘p bo‘lmagan, tuman va shahar Kengashlariga esa 30 tadan ko‘p bo‘lmagan deputatlar 5 yil muddatga aylanadi. Mustaqillik yillarida 1994-yildan e‘tiboran har 5 yilda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida saylovlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan, 1999-yilgi saylovda xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga 6145 nafar deputat saylandi.