1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə43/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Demokratik saylov tizimining huquqiy asoslari. Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, vakilliklar yo‘li bilan, ya‘ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohishrodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta‘minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy- huquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng muhim tamoyilidir.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida ―O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida (1991-yil 18-noyabr) va ―O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida (1991-yil 18-noyabr) Qonunlari qabul qilindi.
O‘zRning fiiqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir sayiovchi bir ovozga ega. O‘z xohishrodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zRda Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117-modda.)
Saylovlar haqida, saylov o‘tkazish tartiblari to‘g‘risida bir qator qonunlar qabul qilindi.
―O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risidagi (1993-yil 28-dekabr), ―Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risidagi (1994-yil 5-may),
―Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi (1994-yil 5-may) Qonunlar shular jumlasidandir. 1997-yildan boshlab amaldagi saylov qonunlariga, referendum to‘g‘risidagi qonunga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi, bo‘lajak saylovlar uchun zarur huquqiy asoslar yaratildi.
O‘zbekistonda saylovlarni tashkil etish uchun mustaqil Markaziy saylov komissiyasi tuziladi. Uning maqomi va ish yuritish tartibi 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan ―Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi Qonunda belgilab qo‘yildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi okrug va uchastka saylov komissiyalari tuziladi. Saylov uchastkalari kamida 20 nafar va ko‘pi bilan 3000 nafar saylovchidan iborat etib tuziladi. Masalan, 1999-yilda saylovlarni tayyorlash va o‘tkazish uchun respublikamizda 7684 ta saylov uchastkalari tuzildi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovni tashkil etish ishlarini viloyat, tuman va shaharlarda tuziladigan saylov komissiyalari bajaradi, saylovlar okrug va uchastka komissiyalari tomonidan o‘tkaziladi. Saylov organlari o‘z faoliyatida qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik, mustaqillik, adolatlilik prinsiplariga rioya qiladi.
Respublika saylov tizimi saylov kunigacha 18 yoshga to‘lgan har bir fuqaroning ovoz berishda bevosita ishtirok etishini ta‘minlaydigan demokratik tamoyillarga asoslanadi. Sud tomonidan huquqiy muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki sud hukmiga ko‘ra ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar saylovlarga qatnasha olmaydilar.
O‘zbekistonda saylovlar umumiy va tenglik prinsipiga asoslanadi. Buning ma‘nosi shuki,
har bir saylovchining ovozi teng, ya‘ni har bir saylovchi bitta ovozga ega.
Fuqarolar ijtimoiy kelib chiqish, irqiy yoki milliy mansubligi, jinsi, ma‘lumoti, tili, dinga munosabatidan qat‘i nazar teng saylov huquqiga ega. Saylovchilar saylov uchastkalariga teng, erkin kirish imkoniyatiga ega.
O‘zbekistondagi saylovlar nomzodni to‘g‘ridan to‘g‘ri, bevosita saylashni ta‘minlovchi saylovlardir. Buning ma‘nosi shuki, Prezident, Oliy Majlis va mahalliy vakillik hokimiyatiga saylovlarda fuqarolar bevosita ishtirok etadi, AQShda Prezidentni saylash uchun avval saylovchilar tanlanadi, keyin ana shu tanlangan vakillar Prezident saylovida qatnashadilar.
Saylovlarda yashirin ovoz berish ta‘minlanadi, ovoz beruvchining xohishrodasini nazorat qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Saylov uchastkalarida ovoz beriladigan, byulletenlar to‘ldiriladigan alohida xonacha – kabinalar tuziladi. Xonachada ovoz beruvchidan boshqa biron-bir kishining bo‘lishi man qilinadi. Byulletenni mustaqil to‘ldirish imkoniga ega bo‘lmagan saylovchi o‘z xohishiga ko‘ra, saylov komissiyasi a‘zosidan boshqa biror shaxsni xonachaga taklif etishi mumkin.
Saylovlar bir mandatli okruglarda hududiylik tamoyillari bo‘yicha o‘tkaziladi. O‘zbekistonda saylovlar ko‘p partiyaviylik prinsipida o‘tkaziladi. O‘zbekiston
Prezidentligiga, Oliy Majlis deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqi siyosiy partiyalarga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, Toshkent shahar va viloyatlar xalq deputatlari Kengashiga va fuqarolar tomonidan shakllantiriladigan tashabbuskor guruhlariga berilgan. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega. Respublika bo‘yicha barcha darajalardagi davlat hokimiyati vakillik organlariga 7 mingdan ziyod deputatlar saylanadi. Har bir deputatlik o‘rniga kamida 3-4 tagacha nomzodlar qo‘yiladi va ular o‘rtasida qizg‘in bahs, kurash ketadi.
O‘zbekistonda saylov natijalari eng demokratik majoritar usulda aniqlanadi. Saylov natijasida saylovda qatnashganlarning 50 foizi + 1 ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Agar saylovchilarning ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning yarmidan kami saylov yoki referendumda ishtirok etgan bo‘lsa, saylov yoki referendum o‘tmagan deb hisoblanadi.
Basharti saylov okrugi yoki uchastkasida saylov o‘tmagan deb topilsa, nomzodning saylanganligini aniqlash imkoni bo‘lmasa qo‘yilgan nomzodlardan birontasi 50 foiz + 1 ovoz ololmasa takroriy saylov o‘tkaziladi. Takroriy saylov asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan bir oy ichida o‘tkaziladi. Takroriy saylovda ovoz berish asosiy saylov o‘tkazish uchun tuzilgan saylovchilarning ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi, ovoz berish byulleteniga asosiy saylovda boshqalarga nisbatan ko‘proq ovoz olgan ikki nomzod kiritiladi, oddiygina ko‘p ovoz olgan nomzod yutib chiqadi.
So‘nggi yillarda SH.Mirziyoyev boshliq yangi O‘zbekiston hukumati inson huquqlarini himoya qilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida qator amaliy chora tadbirlarni amalga oshira boshladi. Sohada qabul qilingan qator normativ xujjatlar buni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Ulardan eng muhimlarini keltirib o‘tamiz:
2016 yil 28 dekabr – ―Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda O‘zR Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‘zR Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil etildi.
2018 yil 12 aprel - ―Jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.
2018 yil 4 may – ―Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5430) qabul qilindi.
2018 yil 4 iyul – ―Davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Qarori (PQ-3837) qabul qilindi.
2018 yil 14 noyabr - ―Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun ko‘krak nishonini ta‘sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining qarori (PQ-4017) qabul qilindi.
2019 yil 9 yanvar – ―Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini
tubdan takomillashtirish to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5618) qabul qilindi.
2019 yil 27 may – ―O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-5729 qabul qilindi.
2019 yil 30 oktabr – ―Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qo‘llab- quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zR Prezidentining qarori (PQ-4501) qabul qilindi.
2020 yil 22 iyun – ―Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zR Prezidentining Farmoni (PF-6012) qabul qilindi.
2020 yil 29 iyun – O‘zR.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
Mustaqillik davrida yaratilgan demokratik saylov tamoyillari asosida Prezident saylovi, Oliy Majlis saylovi, viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari saylovi, muhim masalalar bo‘yicha referendumlar bo‘lib o‘tdi. Ularning yakunlari respublika fuqarolarining faol qatnashganligini yaqqol namoyon etdi.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida demokratik saylov tizimi yaratildi. O‘zbekistonning saylov qonunchiligi, saylovni o‘tkazish tartiblari xalqaro andozalar (standartlar)ga to‘la mos keladi.




4- MAVZU.
IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin