B.371). Faqat sovet davrining sO‘nggi 15 yili ichida kamida 35 milliard dollarlik boylik paxta va oltin Markaz ehtiyoji uchun olib chiqib ketilgan. Ular O‘zbekistonning milliy manfaatlariga xizmat qilmas edi, albatta.
Boz ustiga, bu davrga kelib markaz O‘zining kO‘plab nuqsonlarini yashirish va mamlakatdagi mavjud yetishmovchiliklarni O‘z bO‘ynidan soqit qilish maqsadida, oziq-ovqat, xalq iste‘moli mollari va moddiy resurslar bilan ta‘minlashni ittifoqdosh respublikalar zimmasiga majburan yuklagan edi. Bu hol azaldan shakllangan xO‘jalik aloqalarining buzilishiga, tovar ayirboshlash tadbirlarining natura (mahsulot bilan ayirboshlash) shakliga O‘tishiga olib keldi, mintaqaviy xO‘jalik yuritish g‘oyasini vujudga keltirdi va g‘ayriintegratsion jarayonlarga turtki bO‘ldi.
Yillar davomida tO‘planib qolgan va hal etilmagan ana shunday ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolar oxir-oqibatda respublikada tanglik holatini yuzaga keltirdi. "BugunochiqaytaversakhambO‘ladi,1991yilningoxiriva1992yilningboshidakO‘pnarsalardauzilishbO‘lib,judaog’irahvolgatushib,naqocharchilikostonasidaturaredik"(KarimovI.A.O‘zbekistoi:milliyistiqlol,iqtisod,siyosat,mafkura.1-j.-T.:O‘zbekiston,1996.B.3).
O‘zbekistonni bunday iqtisodiy tanglikdan taraqqiyot yO‘liga chiqarish uchun mamlakat iqtisodiy tizimini yangilash, eski mustabid-rejali iqtisoddan yangi bozor iqtisodiga O‘tish taqozo etilardi. Shunday O‘ta og‘ir vaziyatda, Islom Karimov O‘zbekiston rahbari etib saylanganining ertasi kuniyoq, 1989 yil 24 iyunda, hukumat majlisida nutq sO‘zlab, respublikada vujudga kelgan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga obyektiv baho beradi va uning kelib chiqish sabablarini chuqur tahlil qilib, shunday mantiqiy xulosa chiqaradi: "Bizbundanbuyoneskichayasholmaymizva bunday yashashga zamonningO‘zi yO‘l qO‘ymaydi” (Karimov I.A. O‘zbekiston mustaqillikkaerishishostonasida. -T.:O‘zbekiston,2011.B.32-45).
O‘zbekistonning sharoiti va manfaatlari hisobga olingan xolda yangi dasturlar qabul qilindi. O‘zbekistonning yangi tarixida birinchi dastur 1990 yil oktabr oyida, O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining uchinchi sessiyasida qabul qilindi, u "O‘zbekiston xalq xO‘jaligini barqarorlashtirishning asosiy yO‘nalishlari va bozor iqtisodiga kirib borishning tamoyillari", deb nomlanadi.
Bu hujjatda quyidagi chora-tadbirlar belgilandi:
aholini ijtimoiy himoyalashning davlat tizimini barpo etish;
respublika fuqarolarining hamjihatligini ta‘minlash, millatlararo dO‘stona munosabatlarni
mustahkamlash;
O‘zbekistonning boshqa respublikalar bilan bO‘ladigan iqtisodiy munosabatlarini teng
turli mulkchilik shakli va xO‘jalik yuritishga O‘tish;
suveren va bevosita tashqi iqtisodiy aloqalarni O‘rnatish;
O‘z tabiiy va moddiy resurslariga tayangan holda ishlab chiqarishning bir yoqlama
rivojlanishiga chek qO‘yish va bu ishlarning kompleks borishini ta‘minlash.
Dasturda yuqorida sanab O‘tilgan chora-tadbirlarni 3 bosqichda amalga oshirish mO‘ljallangan edi:
birinchi bosqich iqtisodiyotni barqarorlashtirish yuzasidan dastlabki favqulodda tadbirlarni amalga oshirish va islohotlarga ilk qadam qO‘yish (1990-1992 yillar);
ikkinchi bosqich bozor iqtisodiyotining asosiy belgilarini shakllantirish, unga asos solish (1992-1993 yillar);
uchinchi bosqich bozor mexanizmi, ya‘ni yangicha xO‘jalik yuritish usullarini keng quloch
yoydirish (1994-1996 yillar), Bu dasturda yetti yil davomida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotini shakllantirish nazarda tutilgan bO‘lib, uni siyosiy mustaqillik yO‘lidan qaytmagan holda, sobiq Ittifoqning iqtisodiy tizimi doirasida, uning salohiyatidan foydalangan holda amalga oshirish rejalashtirilgan edi. Ushbu dastur amalga oshmagan bO‘lsa-da, yutuq va kamchiliklaridan qat‘i nazar, O‘zbekiston rahbariyatining mavjud holat yuzasidan O‘z pozitsiyasi borligi hamda tanazzul alomatlari kuchaygan va boshboshdoqlik avj olgan davrda, birinchi navbatda, unda respublika aholisining manfaati ustuvorligi alohida kO‘rsatilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu hujjatning tarixiy ahamiyati ham ana shundadir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixida mamlakatning aniq va puxta rivojlanish strategiyasi mustaqillikka erishilganidan sO‘ng ishlab chiqildi va izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Ta‘kidlash joizki, istiqlolga erishilganidan sO‘ng nafaqat avvalgi tuzum davrida shakllangan, balki, kO‘plab yangi, O‘tish davri bilan bog‘liq muammolar ham yuzaga qalqib chikdi. Bu, albatta, ijtimoiy-iqtisodiy sohada qator dolzarb muammolarni hal qilish, bozor munosabatlariga mos infratuzilmani shakllantirish, iqtisodiyotda chuqur tuzilmaviy O‘zgarishlarni amalga oshirish, aholinish ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni talab qilar edi. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarishning ma‘muriy buyruqbozlik tizimidan erkin bozor munosabatlariga asoslashgan modeliga O‘tish ehtiyotkorlik va sekin-astalik bilan amalga oshirilishi kerak edi.
Ushbu modelning asosiy tamoyillari, uni amalga oshirish yO‘llari, bosqichlari Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va u ilmiy asoslangan mashhur besh tamoyilda O‘z aksini topdi. Bu tamoyillar umumlashgan holda 1993 yilda Islom Karimovning "O‘zbekiston: bozor munosabatlariga O‘tishning O‘ziga xos yO‘li" asarida e‘lon qilindi. Ular quyidagilardan iborat: