1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə49/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Qishloq xO‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarga O‘tishning asosiy yO‘nalishlari va

bosqichlari.

O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, xalq xO‘jaligining barcha sohalarida tub islohotlar O‘tkazish jarayoni boshlandi. Bu, tabiiyki, qishloq xO‘jaligi sohasiga ham xos bO‘lib, natijada soha, mulk egalari O‘zgarib, yangi istiqbolli xO‘jalik yuritish shakllari paydo bO‘ldi.


Mamlakat rahbari tomonidan mustaqillik arafasi va uning ilk yillaridayoq agrar sohadagi islohotlarning ustuvor yO‘nalishlari belgilab berilgan edi. Jumladan, qishloq xO‘jaligini diversifikatsiyalash, paxta yakkahokimligidan voz kechish, qishloqda turli xO‘jalik yuritish shakllarini joriy qilish asosida kO‘p ukladli iqtisodiyotni barpo qilish, tadbirkorlik, xususan, fermer xO‘jaliklari tashkil etishni qO‘llab-quvvatlash va ularning rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish, aholini, avvalo, mahalliy oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash, qishloq xO‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini rivojlantirish hamda qishloq aholisining turmush darajasini oshirishga alohida e‘tibor qaratildi.
O‘zbekiston O‘tgan asrning 90-yillari boshida aholini oddiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ham ta‘minlay olmaydigan darajaga tushib qolgan edi. Ma‘lumotlarga qaraganda, 1990 yilda aholi iste‘moli uchun zarur bO‘lgan g‘allaning 82 foizi, kartoshka, gO‘sht va gO‘sht mahsulotlarining 50 foizi, sut va sut mahsulotlarining 60 foizga yaqini chetdan keltirilar edi. Mamlakat importi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlarining ulushi 70 foizdan ortiqni tashkil qilgan.
Paxta monopoliyasi tufayli respublikada gO‘sht va sut yetishtirish imkoniyatlari cheklab qO‘yildi, ilmiy asoslangan almashlab ekishning buzilganligi yer eroziyasiga sabab bO‘ldi, suv manbalarining imkoniyatlari tobora kamayib borishi qishloq xO‘jaligini halokat yoqasiga olib keldi. Jumladan, qishloq xO‘jaligida ekstensiv rivojlanishni "moliyalashtirish" oqibatida 1971- 1985 yillarda birgina O‘zbekistonda 1,6 mln. gektar sug‘oriladigan yerlar xO‘jalik oborotiga qO‘shimcha kiritilgan edi. Bu esa Markaziy Osiyoda Orol dengizi qurishini jadallashtirdi va ekologik inqirozni keltirib chiqardi. Shu bilan birga, respublika iqtisodiyoti paxtaga qanchalik bog‘liq bO‘lmasin, uni qayta ishlash va undan tayyor mahsulot tayyorlash markaz tomonidan monopollashtirilgan edi. Masalan, mustaqillik arafasida tayyorlanayotgan paxta xom ashyosining faqat 4-5 foizi O‘zbekistonda qayta ishlangan. Ya‘ni 4,5-5 mln. tonna paxta xom ashyosi yetishtirilgani holda, pecpublikadagi korxonalar tO‘la quvvat bilan ishlab, atigi 150 ming tonna paxtani qayta ishlardi.
Shu bilan birga, qishloqlarimizda 240 ming oilaning yeri yO‘q, 1,8 milliondan kO‘proq
hovli esa uy-joy kurilishi va qishloq xO‘jaligi maxsulotlari yetishtirish uchun kengaytirishga juda
muhtoj edi. Shunga qaramasdan, haydaladigan yerlarning atigi 5 foiziga ega bO‘lgan shaxsiy yordamchi xO‘jaliklar qishloq xO‘jaligi yalpi mahsulotining tO‘rtdan bir qismini ishlab chiqargan. Yetishtirilayotgan sabzavot, poliz ekinlari, gO‘shtning yarmidan kO‘prog‘i va sutning uchdan ikki qismi ular hissasiga tO‘g‘ri kelgan.
Yuqorida qayd etilgan muammolar hamda mustaqillik arafasida respublikada yuzaga kelgan ijtimoiy-siyosiy keskinlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish dolzarb ahamiyat kasb etdi.
Sobiq Ittifoq davridayoq, qishloq aholisining iqtisodiy va moddiy ahvolini yaxshilashda hal qiluvchi ahamiyatga ega bO‘lgan, ijtimoiy himoya qilish, ular daromadini oshirish va oziq- ovqat masalasini hal etish maqsadida 1989 yil 19 avgustda "Qishlokda yashovchi har bir oilani tomorqa bilan ta‘minlash, ularga yakka tartibda uy-joy qurish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratib berish haqida" qaror qabul qilindi. Ushbu tarixiy hujjatda qishloqla yashovchi har bir kishiga O‘rtacha 25 sotixdan yer ajratib berish va tomorqa maydonlarini qariyb 4,5 barobar kO‘paytirish kO‘zda tug‘ilgan edi. Bu boradagi amaliy ishlar natijasida 1989-1990 yillarda bir yarim milliondan kO‘proq oilaga qO‘shimcha yer ajratildi, 700 ming oilaga yangi tomorqa yerlari berildi. Bundan tashqari, yuz minglab gektar sug‘oriladigan yer texnik ekinlar oborotidan chiqarildi, paxta yetishtirish rejasi 700 ming tonnaga kamaytirildi. Bu paxta yakkahokimligini bartaraf etish yO‘lidagi dastlabki, ammo O‘ta muhim amaliy qadam edi, Bunday ijtimoiy, iqtisodiy, qolaversa, siyosiy tadbir natijasida mamlakatning 2 milliondan ortiq oilasi yoki O‘rtacha 10 mln.dan ziyod qishloq aholisining ijtimoiy-iqtisodiy muammosi hal etildi.
Mazkur yirik ijtimoiy-iqtisodiy tadbir mamlakatimizda yerni uning haqiqiy egasiga berish
va mahsulotlarni kO‘paytirish yO‘lidagi ilk qadamlardan biri bO‘ldi.
Haqiqatan ham kO‘p yillar davomida iqtisodiyotda bir tomonlama siyosat olib borilishi natijasida qishloq xO‘jaligi respublika iqtisodiyotining eng muhim tarmog‘iga aylangan edi. Chunonchi, mustaqillik arafasi va uning dastlabki yillarida sanoatning aksariyat qismi iqtisodiyotning agrar tarmog‘iga bog‘liq edi.
Mustaqil O‘zbekiston boshidan og‘ir kunlarni kechirganida, qishloq xO‘jaligidan olingan mahsulot respublikaning qiyin vaziyatdan chiqishida muhim omil bO‘ldi. Islom Karimov 90- yillar boshida Samarqand viloyati faollari bilan bO‘lgan uchrashuvda respublika aholisini faqat oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash uchun har oyda 55 ming tonna paxta tolasini iste‘mol mahsulotlariga almashtirishga tO‘g‘ri kelayotganligini ta‘kidlagan edi.
Keyingi davrda ham qishloq xO‘jaligi O‘z mavqeini yO‘qotmadi. Chunki mamlakat yalpi ichki mahsulotining tO‘rtdan bir qismi iqtisodiyotning ana shu tarmog‘iga tO‘g‘ri kelar edi. Bundan tashqari, respublika ishlab chiqarish va intellektual salohiyatining yarmidan ziyodi qishloq xO‘jaligi bilan bog‘liq bO‘lib, 1992 yilda davlatga kelayotgan jami valyutaning 50 foizdan ortig‘i qishloq xO‘jaligi mahsulotlarining eksportidan tushdi. Ijtimoiy nuqtai nazardan olib qaraganda, respublika aholisining asosiy qismini (60 foizdan ortiqrog‘i) qishloq aholisi tashkil qilib, ularning turmush darajasi va moddiy-ma‘naviy farovonligi bevosita ushbu tarmoq bilan bog‘liq edi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotning ushbu muxim tarmog‘ida yillar davomida tO‘plangan va yechimini kutayotgan muammolar qishloq xO‘jaligiga nisbatan davlat siyosatini tubdan O‘zgartirishni talab kilardi. Shu O‘rinda bir misol keltirish O‘rinli. Gollandiyada bir nafar fermer 80 kishiga yetadigan qishloq xO‘jalik mahsulotlari yetishtiradi. Ya‘ni, bu mamlakat fermerlari O‘z mamlakatining aholisini boqibgina qolmay, Yevropaning kO‘pgina mamlakatlariga oziq- ovqat mahsulotlarini eksport ham qiladi. O‘zbekiston davlat va jamoa xO‘jaliklarida esa bir dehqon kO‘pi bilan 2-3 kishiga yetadigan mahsulot ishlab chiqarar edi. Bu respublikada qishloq xO‘jaligi mehnat unumdorligining pastligini kO‘rsatar, uning sabablarini bartaraf etish uchun esa yangicha iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishni talab etar edi.
Ayni paytda, qishloq xO‘jaligiga nisbatan davlat siyosatida ikki xil holat kuzatildi: birinchidan, qishloq xO‘jaligiga nisbatan sanoat uchun xom ashyo bazasi sifatida qarash va unga asosan xom ashyo bazasi sifatida munosabatda bO‘lish (sovet davri amaliyoti); ikkinchidan, sanoat bilan qishloq xO‘jaligining uyg‘unlikda rivojlanib borishini ta‘minlash, ya‘ni agrar sohani
sanoat asosiga qO‘yish orqali mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy-ma‘naviy istiqbolini ta‘minlash chora-tadbirlarini kO‘rishga alohida e‘tibor berish va qO‘llab-quvvatlash (mustaqillik davri).
Dunyo tajribasi shuni kO‘rsatadiki, davlat siyosatida qishloq xO‘jaligini rivojlantirishning ikkinchi yO‘lini tanlagan mamlakatlarda mavjud ijtimoiy, iqtisodiy muammolarni hal etishda katta yutuqlarga erishish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, qishloqqa nisbatan siyosati ilg‘or bO‘lgan mamlakatlar tajribasini O‘rganish va ularning respublika uchun ma‘qul tomonlarini olish, O‘zbek xalqining qishloq xO‘jaligi mahsulotlari yetishtirish borasidagi tarixiy ananalariga, milliy va mahalliy xususiyatlariga tayanish agrar islohotlar mohiyatini tashkil etdi.
Albatta, respublika qishloq xO‘jaligining holati keskin choralar kO‘rish O‘rniga, bosqichma- bosqich, keng qamrovli, islohotlarning bevosiga mavjud shart-sharoitlar hisobga olingan holda amalga oshirilishini taqozo etar edi.
Shu nuqtai nazardan ham qishloq xO‘jaligida islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Birinchi bosqichda (1991-1997 yillar) bu sohada rivojlanishning "O‘zbek modeli asosida olib borilayotgan tub islohotlarning huquqiy poydevorini yaratishga katta e‘tibor qaratildi, qishloq xO‘jaligi ishlab chiqarishini samaralari tashkil qilish va rivojlantirish borasida yangi qonunlar va normativ hujjatlar qabul qilindi. 1991 yil 21 dekabrda qabul qilingan "Dehqon (fermer) xO‘jaliklarini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qO‘llab-quvvatlash tO‘g‘risida"gi Farmon, 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan "Dehqon xO‘jaligi tO‘g‘risidagi Qonun, shuningdek, O‘z R Vazirlar Mahkamasining 1994 yil fevraldagi "Chorvachilikda islohotlarni takomillashtirish va dehqon (fermer) xO‘jaliklari hamda xususiylashtirilgan fermalarning manfaatlarini himoya qilish tO‘g‘risida"gi Qarori va boshqa hujjatlar qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni joriy etish, kO‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tadbirkorlik, fermerlik va shaxsiy tomorqa xO‘jaliklarini rivojlantirish imkonini berdi.
Ushbu bosqichda qishloq xO‘jaligida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish borasidagi muhim chora-tadbirlardan biri sohaga rahbarlikni yaxshilash edi. Ushbu jarayon 1991-1996 yillarda amalga oshirildi. Bu davrda qishloq xO‘jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, qishloqda O‘tkazilayotgan islohotlarning huquqiy asosini yaratish choralari kO‘rildi. 1992 yilda Prezident Farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi O‘rinbosari boshchiligida qishloq xO‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi kompleks tashkil qilindi. Sohaga rahbarlikni takomillashtirish ishlari doimo davlat rahbarining diqqat markazida bO‘ldi.
1994-1995-yillarda Vazirlar Mahkamasining qishloqda islohotlar O‘tkazishga doir 10 dan ortiq qarori qabul qilindi. Ularda qishloq xO‘jaligi kompleksiga raxbarlikni yaxshilash, zamonaviylashtirish borasida qator tadbirlar ishlab chiqildi. Shu asosda 1996 yil 26 noyabrda O‘z. R Vazirlar Mahkamasining "O‘z R Qishloq va suv xO‘jaligi vazirligi faoliyatni tashkil etish masalalari tO‘g‘risida"gi Qarori bilan Qishloq va Suv xujaligi vazirliklarining birlashtirilishi ana shu siyosatning mantiqiy davomi bO‘ldi.
Bundan tashqari, barcha qishloq xO‘jalik korxonalari bilan teng sharoitda fermer xO‘jaliklarining traktorlar, asbob-uskunalar, yoqilg‘i moylash, qurilish materiallari, mineral O‘g‘itlar va boshqa resurslar bilan ta‘minlanishi hamda dastlabki ikki yil mobaynida foyda (daromad) solig‘idan ozod qilinishi, ularga chorva mollari sotib olish uchun kredit ajratilishi, jamoa, davlat va boshqa qishloq xO‘jalik korxonalari tomonidan ularni zarur mineral va organik O‘g‘itlar bilan ta‘minlash kO‘zda tutildi.
Fermer xO‘jaliklarining dastlabki shakllanish davrida bunday shart-sharoitlar yaratilishi va qO‘llab-quvvatlashlar natijasida qishloq xO‘jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda qO‘shimcha imkoniyatlar bO‘ldi.
Qishloq xO‘jaligidagi islohotlarning dastlabki bosqichida yangidan shakllanayotgan xO‘jaliklarning faoliyat yuritish mexanizmini takomillashtirish jarayonlari muntazam ravishda amalga oshirildi. Ularni O‘z mehnat natijalaridan manfaatdorligini oshirish, davlatning xO‘jaliklar faoliyatiga aralashuvini qisqartirish borasida keng kO‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ikkinchidan, qishloq xO‘jaligi xodimlari moddiy manfaatdorligi hamda turmush sharoitini yaxshilash uchun dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining xarid narxlari muttasil oshib bordi. Kartoshka, meva-sabzavot, chorva, parranda, sut, tuxum, qorakO‘l teri va jun mahsulotlariga 1995 yil boshiga kelib erkin (kelishilgan) narxlar joriy qilindi. Doimiy ravishda qishloq xO‘jaligining asosiy mahsuloti hisoblangan paxta yetishtirishni qO‘llab-quvvatlashga e‘tibor qaratildi. O‘z R Prezidentining 1992 yil 22 oktabrdagi "Paxta xom ashyosiga xarid narxlarini oshirish tO‘g‘risida"gi Farmoniga asosan, davlat buyurtmasi uchun xarid narxi 1992 yil hosilidan boshlab 1,5 martaga oshirildi.
Uchinchidan, davlat ehtiyojlariga qishloq xO‘jalik mahsulotlari yetkazib berish uchun davlat buyurtmasi tizimi ham muntazam ravishda qayta kO‘rib borildi. Bunda davlat buyurtmasi va qishloq xO‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ekin maydonlari va mahsulot yetishtirish miqdorini nazorat qilishni cheklash, ya‘ni ma‘lum qishloq xO‘jalik ekinlari ekish uchun xO‘jaliklarga qat‘iy talablar qO‘yishdan voz kechish va yetishtirilgan mahsulotlarning ma‘lum qismiga bO‘lgan talabni bekor qilish nazarda tutilgan edi.
Davlat buyurtmasini bosqichma-bosqich bekor qilishda qishloq xO‘jalik mahsulotlarining aholi ehtiyojidagi tutgan mavqei va ularni yetishtirayotgan xO‘jalik shakllarining davlat tasarrufida ekanligi inobatga olindi. Dastlab, 1994 yildan boshlab sabzavot, poliz, kartoshka, meva, uzum, kanop, tamaki, jun, pilla, qorakO‘l teriga, 1995 yiddan boshlab gO‘sht, sut va guxumga davlat buyurtmasi bekor qilindi. Strategik ahamiyatga ega bO‘lgan paxta bO‘yicha ham davlat buyurtmasi 1991 yilda 95 foizdan 1995 yilda 60 foizgacha va don bO‘yicha, mos ravishda
100 foizdan 50 foizgacha qisqartirildi. Bunday jarayon qishloq xO‘jaligi tovar ishlab
chiqaruvchilarini bozor iqtisodiyoti tamoyillariga kO‘nikishlari uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Birinchi bosqichda erishilgan katta yutuq g‘alla mustaqilligiga erishilishidir. Birgina 1994 yilda mamlakat "Don mustaqilligi Dasturi"ning amalga oshirilishi natijasida don ekinlari maydoni 1,5 marta, hosildorlik 2,7 marta, yalpi hosil esa 3,9 martaga oshib, aholi jon boshiga don ishlab chiqarish bir necha barobar ortdi, bir vaqtning O‘zida siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qilish imkonini berdi.
Mustaqil O‘zbekistonning mavjud salohiyat va imkoniyatlarni tO‘liq hisobga oladigan, samarali milliy iqtisodiyotni shakllantirish va mutanosib rivojlantirish, eng avvalo, mamlakatimiz xavfsizligiga taxdid solib turgan aholining oziq-ovqat, xususan, un mahsulotlariga bO‘lgan ehtiyojini qondirishni taqozo etar edi. Shunga kO‘ra, qishloq xO‘jaligida paxta yakkahokimligiga barham berilib, ekin maydonlarining katta qismi don mahsulotlariga ajratildi. Natijada ozuqabop g‘alla importiga qaramlik barham topib, tez orada g‘alla mustaqilligi qaror topdi. Agar 1991 yilda 4003 ming tonna miqdordagi don mahsulotini import qilishga majbur bO‘lgan bO‘lsak, mustaqillikning dastlabki olti yili ichida bu ehtiyojni keskin ravishda 5,4 baravar qisqartirishga, keyinchalik esa milliy ishlab chiqarish hisobiga qondirishga erishildi.
Shunday qilib, qishloq xO‘jaligini isloh qilish amaliyoti va maqsadlarining hukuqiy asosi zamon talablaridan ortda qolayotganligini inobatga olib, bu soha bO‘yicha yaqin yillarga mO‘ljallangan dastur ishlab chiqish zarurati yuzaga keldi va 1998 yil 18 martda 1998-2000 yillardagi davrda qishloq xO‘jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturi tO‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi. O‘z Rning yangi tahrirdagi "Fermer xO‘jaligi tO‘g‘risida"gi va "Dehqon xO‘jaligi tO‘g‘risida"gi Qonunlari hamda 1998 yil 22 apreldagi "Dehqon va fermer xO‘jaliklari faoliyatini tashkil etish tO‘g‘risida"gi Qarori ushbu dasturni amaliyotga kiritishda muhim asos bO‘lib xizmat qildi.
Mamlakat qishloq xO‘jaligi sohasida islohotlar O‘tkazishda yerni xususiy mulk qilib berish mulkdorlar sinfini shakllantirishning boshlanishi edi. Bu yO‘nalishda quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi:

  • sobiq kolxozlar haqiqiy hissasi va xO‘jalikning yil davomidagi ish natijalariga kO‘ra, har bir a‘zoga dividend olish imkoniyatini beruvchi kooperativ paychilik xO‘jaliklariga aylantirila boshlandi. 1999 yilda 898 ta xO‘jalik kooperativga (shirkatlarga) birlashdi;

  • davlat tomonidan qishloq xO‘jalik korxonalariga cheksiz muddatga taqdim etilgan yer

maydonlarini pudratchilarga biriktirib bergan holda, shirkat xO‘jaligi korxonalari a‘zolari
O‘rtasida ijara pudratining turli kO‘rinishlari (jamoa, oila pudrati kabilar) joriy etildi. 1998 yilda yer pudrat jamoalariga 1 yilga berilgan bO‘lsa, 1999 yildan boshlab 3 yildan kam bO‘lmagan muddatga topshirildi;

  • kO‘p sonli xususiy fermer xO‘jaliklarini tashkil qilish siyosati davom ettirilib, ularga yer uzoq muddatli ijaraga, ya‘ni 50 yildan kO‘p bO‘lmagan, lekin kamida 10 yillik muddatga beriladigan bO‘ldi. 2000 yilning 1 yanvariga kelib respublikada 31,1 mingta fermer va 1,541 mln.ta dexqon (oilaviy dehqon) xO‘jaliklari faoliyat kO‘rsatdi. Fermer va dehqon xO‘jaliklariga biriktirilgan yer maydoni 1996-2000 yillarda 18,7 ming gektardan 21,4 ming gektargacha kengaydi. 1998 yilda fermer xO‘jaliklarining hissasi ishlab chiqarilgan qishloq xO‘jaligi mahsulotining umumiy hajmida 3,5 foizni tashkil qilgan bO‘lsa, bu kO‘rsatkich 1999 yilda 4,4 foizga yetdi.

Bundan tashqari, hukumat kO‘plab xO‘jaliklarning moliyaviy ahvolini O‘nglash maqsadida, xO‘jaliklarni sanatsiya qilish tadbirlarini belgiladi. YA‘ni O‘z Rning "Bankrotlik tO‘g‘risida"gi va "Qishloq xO‘jalik korxonalarini sanatsiya qilish tO‘g‘risida"gi Qonunlari orqali sanatsiya tadbirlarini amalga oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslari yaratilgan bO‘lsa, Respublika Prezidentining qator farmonlari va hukumat qarorlari asosida sanatsiyani amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi.
Qishloq xO‘jaligi sohasida olib borilgan islohotlar yuzasidan qilingan tahlil hamda respublika hukumatining bu sohada olib borgan siyosati natijalari fermer xO‘jaligining afzalligini isbotladi. Yangi asr boshiga kelib hukumat miqyosida zarar bilan faoliyat kO‘rsatayotgan shirkat va jamoa xO‘jaliklari negizida fermer xO‘jaliklari tashkil etish tadbirlariga katta e‘tibor berila boshladi.
Shu tariqa 2004 yildan respublika qishloq xO‘jaligida olib borilayoggan islohotlarning yangi uchinchi bosqichi boshlandi. Bunga qishloq xO‘jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qishloqda ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan O‘z R Prezidengining 2003 yil 24 martdagi "Qishloq xO‘jaligida islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim yO‘nalishlari tO‘g‘risida"gi Farmoni huquqiy asos bO‘lib xizmat qildi. Mazkur Farmonda fermer xO‘jaliklarini tuzish hamda ular faoliyatini tashkil qilish jarayonida O‘z R Qishloq va suv xO‘jaligi vazirligi, Yer resurslari davlat qO‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari amal qilishi zarur bO‘lgan asosiy qoidalar qat‘iy belgilab berildi. 2004 yilda "Fermer xO‘jaligi tO‘g‘risida" yangi tahrirdagi qonun qabul qilindi. Ushbu Qonunga muvofiq, fermer xO‘jaligi aksariyat hollarda ortiqcha mehnat resurslari bO‘lmagan yerlarda va hududlarda tashkil etiladigan bO‘ldi. Fermer xO‘jaliklariga yer uchastkalari zahira yerlaridan, yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan, qishloq xO‘jaligiga mO‘ljallangan yerlardan, qayta tashkil etilayotgan va tugatilayotgan qishloq xO‘jaligi kooperativlari (shirkat xO‘jaliklari) hamda boshqa qishloq xO‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining yer uchastkalaridan berilishi belgilab qO‘yildi.
Natijada, qishloq xO‘jaligining tarmoq tuzilishida anchagina tarkibiy siljishlar yuz berdi, mamlakatning qishloq xO‘jaligida butkul yangi institusional tuzilma vujudga keldi. Mulkdorlarning fermerlik sinfi yaratildi, xO‘jalik yuritish va mulkchilikning tashkiliy-huquqiy shakllari tubdan O‘zgartirildi; chorvachilik va dehqonchilikda faoliyat yuritish tizimi, qishloq xO‘jaligi va unga xizmat qiluvchi sohalar O‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar takomillashtirildi; faoliyat turini tanlashda fermerlarning huquqi va mustaqilligi kengaytirildi, fermer xO‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydoni maqbullashdi; fermer xO‘jaliklari faoliyatini tartibga solish, qO‘llab-quvvatlashning bozor tamoyillariga mos mexanizmlariga asoslangan Respublika fermerlar kengashi va uning hududlardagi tuzilmalari tashkil etildi.
Prezidentning 2006 yil 9 yanvardagi "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida"gi Farmoni va ushbu farmon ijrosini ta‘minlash maqsadida O‘z R Prezidentining "Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida"gi Qarorining qabul qilinishi respublikamizda meva-sabzavotchilik sohasini rivojlantirishga keng miqyosdagi e‘tibor qaratilayotganidan dalolat berdi.
Yangidan tashkil etilgan bog‘dorchilik yO‘nalishidagi fermer xO‘jaliklari yagona yer solig‘i tO‘lashdan 5 yil muddatga, fermer xO‘jaliklari, qayta ishlash va xizmat kO‘rsatish sohasi korxonalari ishtirokida ixtiyoriylik asosida yangidan tashkil etilgan agrosanoat firmalari esa daromad (foyda) solig‘i, yer solig‘i, mulk solig‘i, qO‘shilgan qiymat solig‘i (importga qO‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari), yagona soliq tO‘lovi tO‘lashdan 3 yil muddatga ozod qilindi.
O‘z R Prezidentining 2006 yil 23 martdagi "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xO‘jaliklarida chorva mollarini kO‘paytirishni rag‘batlantirish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi Qarorida kam ta‘minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga mol berish, chorvachilik va infratuzilma obyektlarini rivojlantirish masalalari bO‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
2006-2010 yillar davrida shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xO‘jaliklarida chorva mollari, birinchi navbatda, qoramollar sonini kO‘paytirishni rag‘batlantirish dasturi ishlab chiqildi. Dasturga muvofiq, mintaqalar bO‘yicha shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xO‘jaliklarida qoramollar sonini kO‘paytirish, zooveterinariya punktlari va chorva mollarini suniy urchitish punktlari tarmog‘ini kengaytirish, zotdor mollarni shaxsiy yordamchi, dehqon va fer- mer xO‘jaliklariga auksionlar orqali sotish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, O‘z R Qishloq va suv xO‘jaligi vazirligi, "O‘zdonmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda don mahsulotlari korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan omuxga yemni shaxsiy yordamchi va dehqon xO‘jaliklariga berishni kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishi, tuman markazlari va yirik aholi punktlarida ixtisoslashtirilgan savdo shoxobchalarini tashkil etish uchun zarur omborxonalar tayyorlash kO‘zda tutilgan edi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimlari, homiylar va nodavlat xayriya tashkilotlari mablag‘i hisobiga kam ta‘minlangan oilalarga sigir tarqatish evaziga, faqatgina 2007 yilning O‘zidayoq, barcha toifadagi xO‘jaliklarda qoramollar soni 6571,4 ming boshdan 7042,5 ming boshga, shu jumladan, dehqon xO‘jaliklarida 6061,3 ming boshdan 6537,0 ming boshga hamda fermer xO‘jaliklarida 332,3 ming boshdan 374,7 ming boshga kO‘paydi.
2008 yilga kelib dastlab tashkil topgan aksariyat fermer xO‘jaliklarida yer maydoni hajmining kichikligi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining O‘sishiga va barqaror foyda olishga tO‘sqinlik qilishi, iqtisodiy ahvoli nochor bO‘lgan fermer xO‘jaliklari O‘zlarini zarur texnika vositalari va aylanma mablag‘ bilan ta‘minlashga, bankdan kredit olish uchun garov ta‘minoti qO‘yishga imkoniyati yetmayotganligi, olingan qarz majburiyatlarini qoplash uchun tO‘lovga qobillik (likvidlik) darajasining pastligi ma‘lum bO‘lib qoldi.
Shundan kelib chiqqan xolda, O‘z R Prezidentining 2008 yil 6 oktabrdagi "Fermer xO‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonini maqbullashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida"gi hamda 2009 yil 22 oktabrdagi "Fermer xO‘jaliklari tasarrufidagi yer uchastkalari maydonlarini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risida"gi farmoyishlari qabul qilindi.
O‘zbekiston agrar sohasining muammolaridan biri sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash masalasi edi. Xususan, 2008 yilga kelib sug‘oriladigan yerlarning qariyb 8 foizi meliorativ jihatdan yomon holatga kelib qolgan bO‘lib, bu avvalo, tuproqning shO‘rlanish darajasi yuqoriligi va yer osti suvlarining kO‘tarilishi bilan bog‘liq edi. Salkam 330 ming gektar yer meliorativ holatiga kO‘ra qoniqarsizligi tufayli qishloq xO‘jaligi uchun yaroqsiz hisoblanardi.
Mazkur muammoni hal etish maqsadida O‘z R Prezidentining 2007 yil 31 oktabrdagi 718- sonli Qarori asosida "2008-2012 yillarda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi"ni amalga oshirish boshlandi. Ushbu Davlat dasturi doirasida jami 130 mlrd. sO‘m ajratilgan bO‘lib, shu hisobdan 2009 yilda 102 ta loyiha bO‘yicha 702 kilometr uzunlikda kol- lektor-drenaj tarmog‘i, 136 kilometr yopiq-yotiq drenaj, 195 ta tik quduq, 6 ta meliorativ nasos stansiyasi hamda 485 ta kuzatuv quduqlari qurildi va rekonstruksiya qilindi. Bundan tashqari, 263 ta loyiha bO‘yicha 12 ming 696 kilometr kollektor-drenaj tarmog‘i tozalandi, 1311 kilometr yopiq-yotiq drenaj qazildi, 1249 ta vertikal drenaj, 57 ta meliorativ nasos agregatlar ta‘mirlanib, 48 mlrd. 142 mln. sO‘mlik (101,8 foiz) mablag‘ O‘zlashtirildi.
Bu tadbirlar, shubhasiz, fermer xO‘jaliklari tasarrufidagi yer maydonlarining yaxshilanishi va samaradorligining oshishiga ijobiy ta‘sir kO‘rsatdi. Masalan, 2012 yilda 2003 yilga nisbatan paxta hosildorligi 4,9 sentnerga, g‘alla esa 9,5 sentnerga kO‘tarildi.
Respublika qishloq xO‘jaligining moddiy texnika bazasini mustahkamlash, soha ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash maqsadida yangi turdagi yuqori unumli texnika vositalarini ishlab chiqarish, ularning ta‘minotini yO‘lga qO‘yish, mashina va mexanizmlarning chidamliligini oshirish va ulardan samarali foydalanishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. O‘tgan davrda respublika olimlari va konstruktorlari tomonidan 82 turdagi yangi texnika yaratildi va 144 ta mashina yanada takomillashtirildi.
Germaniya, AQSH, Italiya, Fransiya va Rossiya davlatlari bilan tashkil etilgan va zamonaviy texnologiyalarga asoslangan qO‘shma korxonalarda bir necha turdagi yangi qishloq xO‘jaligi traktorlari va mashinalari ishlab chiqarilib, mashina-traktor parklari va fermer xO‘jaliklariga yetkazib berilmoqda.
Shunisi diqqatga sazovorki, zamonaviy texnikalardan foydalanish salmog‘i yildan-yilga oshmoqda. Masalan, 1998 yilda jami haydalgan maydonlarning 53 foizi, 2005 yilda 66 foizi, 2010 yilda esa 80 foizdan oshiqrog‘i yuqori unumli zamonaviy g‘ildirakli va zanjirli haydov traktorlari bilan shudgor qilindi.
G‘alla hosilini unumli kombaynlar bilan O‘rib-yig‘ib olishda yanada yuqori kO‘rsatkichlarga erishildi. Agar 1998 yilda g‘alla hosilining 45 foizi, 2005 yilda 65 foizi ana shunday kombaynlar yordamida O‘rib olingan bO‘lsa, 2010 yilda O‘rib olingan g‘allaning 98 foizi ular ulushiga tO‘g‘ri keldi. Shu bilan birga, zamonaviy texnikalardan samarali foydalanishni tashkil etish, ularga yuqori saviyada texnik servis xizmati kO‘rsatishni yO‘lga qO‘yish maqsadida respublikamiz hududida chet el texnikalariga xizmat kO‘rsatadigan 22 ta servis markazi tashkil etildi.
Uchinchi bosqichning O‘ziga xos xususiyati sifatida O‘sish sur‘atlarining barqarorlashgani natijasida don maydoni 39 ming gektarga, paxta 147,5 ming gektarga qisqarib, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlari maydoni 237 ming gektarga, yem-xashak 32,4 ming gektarga kO‘paydi. Shuningdek, barcha ekin turlari, chorva va parranda bosh soni hamda aholi jon boshiga qishloq xO‘jaligi mahsulotlari yetishtirish bO‘yicha yuqori kO‘rsatkichlarga erishildi.
2016-2017 yildan boshlab mamlakatimizda qishloq xO‘jaligi sohasiga tamomila yangicha yondoshuvdagi islohotlar joriy qilina boshlandi. Mavjud muammolar rO‘y-rost aytilib, uni bartaraf qilish choralari kO‘rila boshlandi.
―Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qO‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risidagi PQ-2841, (16.03.2017) ―Respublika ipakchilik tarmog‘i korxonalarini yanada qO‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi F-4881 (24.03.2017), ―Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi PQ-2939 (01.05.2017), ―O‘z R Moliya vazirligi huzurida Qishloq xO‘jaligini davlat tomonidan qO‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish tO‘g‘risidagi PF-5095 (27.06.2017), «Ilg‘or fermer», «Mehnatkash dehqon» va «Namunali tomorqachi» kO‘krak nishonlarini ta‘sis etish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi PQ-3803 (26.06.2018), ―O‘z R qishloq xO‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mO‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash tO‘g‘risidagi PF-5853 (23.10.2019), ―Respublika hududlarini qishloq xO‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish bO‘yicha qO‘shimcha chora-tadbirlar tO‘g‘risidagi PQ-4709 (11.05.2020) O‘z R Prezidentining Qarorlari, Farmon va Farmoiyshlari qishloq xO‘jaligidagi islohotlar samaradorligini yangi bosqichga kO‘tarishga xizmat qilmoqda.
2017 yil holatiga kO‘ra yurtimizda 51 foizdan ziyod aholi qishloq joylarda yashasada qishloq xO‘jaligi mahsulotlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 17 foizdan oshmagan. Agrar soha mahsulotlarini qayta ishlash hajmi esa 10 foizga ham yetmaydi. Holbuki, rivojlangan davlatlarda bu kO‘rsatkich 50 foizdan ortiqni tashkil etadi.
O‘zbekiston 2017 yilda 1,5-2 milliard dollar miqdorida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilgan. Lekin O‘zbekistonda ushbu sohada yiliga 10-15 milliard dollar mahsulot eksport qilish imkoniyati mavjud.
SO‘nggi yillarda qishloq xO‘jaligi sohasida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish maqsadida 2018 yildan sohaga ilg‘or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-sonli
―TO‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tO‘g‘risidagi Farmoni bilan keng turdagi sifatli tO‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilishini tashkil etish, mahalliylashtirishni chuqurlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalari belgilandi. Xujjat 3-ilovasi bilan paxta-tO‘qimachilik klasterlarini O‘rta muddatli istiqbolda rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish bO‘yicha ishchi komissiya tarkibi tasdiqlandi. 2019 yilda klaster usulida paxta yetishtirishni kamida 52 foizga yetkazish uchun 48 ta paxta-tO‘qimachilik klasterini tashkil etish tO‘g‘risida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 dekabrdagi O‘zbekiston qishloq xO‘jaligi xodimlariga tabrigida bu borada erishilgan yutuqlar sarhisob qilindi va ―...biz keyingi yildan boshlab paxta yetishtirishni tO‘liq 100 foiz klaster usuliga O‘tkazishga qaror qildik. Shu bilan birga, g‘allachilik, meva-sabzvotchilik, parrandachilik, chorvachilik, baliqchilik va pillachilik klasterlarini tashkil qilish ishlarini izchil davom ettiramiz, degan sO‘zlari bilan tegishli yO‘nalishlar rahbar va mutaxassislariga qator vazifalar yuklatildi. 2020 yilda mamlakatimizning paxta-tO‘qimachilik yO‘nalishidagi klasterlari soni 75 taga yetdi
2019 yil 23 oktabrda O‘zR Qishloq xO‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga
mO‘ljallangan strategiyasni tasdiqlash tO‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Sohada erishilgan yutuqlar Prezident SH.Mirziyoyevning 2019 yil 6 dekabrdagi Qishloq xO‘jaligi xodimlari kuniga bag‘ishlangan tabrik sO‘zida batafsil yoritib berildi. Unda qayd qilinishicha, mazkur yilda qishloq qO‘jaligi xodimlari fidokorona mehnatlari tufayli respublikamizda 7 mln 130 ming tonna g‘alla, 2 mln 845 ming tonna paxta, 19 ming tonna pilla, 21 mln tonna meva-sabzovot, 400 ming tonna sholi, 2 mln 600 ming tonna gO‘sht va 11 mln tonna sut maxsulotlari 8,1 mlrd dona tuxum yetishtirilgan.
Natijada qishloq xO‘jaligi maxsulotlaridan 217 trln 700 mlrd sO‘m yoki 2018 yilga nisbatan 12 % kO‘p foyda olingan.
Joriy yil paxta xosilining 73 % paxta-tO‘qimachilik klasterlari hissasiga tO‘g‘ri kelgan.
Hozirgi kunda meva-sabzavot maxsulotlarining 3,5 mln tonnasi qayta ishlanib, 350 mln dollarlik tayyor maxsulot eksport qilinmoqda. Kelgusi 3 yilda eksportni 5 mlrd dollarga yetkazish rejalashtirilgan.
2019 yil 580 ming gektar tabiiy va 28 ming gektar sun‘iy kO‘llarda 200 ming tonna baliq yetishtirildi. Asalarichilik ushmasi a‘zolari soni 14 mingdan oshib, 2019 yil 19 ming tonna asal yetishtirildi (Qarang: Asarlar. 4-jild. 387-392 betlar.).
Qishloq xO‘jaligidagi islohotlardan maqsad Prezident Shavkat Mirziyoyev aytganidek, – iqtisodiy foyda kO‘rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash, xalq farovonligini oshirishdan iboratdir. Buni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz zarur. ―2019-2024 yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash milliy dasturi qabul qilindi.
Respublikamizning umumjahon xO‘jalik tizimiga bosqichma-bosqich va samarali integratsiyalashuvi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan agrar siyosatning strategiyasi va taktikasini oqilona belgilashga kO‘p jihatdan bog‘liq. Shuningdek, agrar sohaning barqarorligi, samaradorligi va yangi iqtisodiy munosabatlarning joriy etilishi mamlakat kelajagi va uning iqtisodiy qudratini belgilashda muhim omildir.




    1. Yüklə 1,27 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin