1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida


-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR. Reja



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə52/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

5-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI IJTIMOIY O‘ZGARISHLAR.


Reja:

  1. Faol ijtimoiy siyosat aholini kuchli himoya qilish omili.

  2. Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar. 3.O‘zbekistonda ekologik siyosat.

4.O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.


Tayanch iboralar.
Oʻtish davri. Ijtimoiy islohotlar. Kuchli ijtimoiy himoya. Urbanizatsiya, Ekoharakat. Millatlararo totuvlik. “Sogʻlom avlod uchun”. Yillarning nomlanishi. Kambag’allikka qarshi kurash. Terrorizm. Diniy ekstremizm. Diniy bag’rikenglik.


Adabiyotlar.

  1. Ozbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –T.: ―O‘zbekiston. 2019.

  2. Karimov I.A. Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish – eng oliy saodatdir. –T., ―O‘zbekiston, 2015.

  3. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat‘iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. Asarlar 1-jild. -T.: ―O‘zbekiston. 2018.

  4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. Asarlar 2-jild. -T.: ―O‘zbekiston. 2018.

  5. Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. Asarlar 3-jild. -T.: ―O‘zbekiston. 2019.

  6. Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Asarlar 4-jild. -T.:

―O‘zbekiston. 2020.

  1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. -T.: ―O‘zbekiston. 2021.

  2. Karimova E. O‘zbek toleranrligining o‘ziga xos xususiyatlari / O‘quv qo‘llanma. –T., 2006. 64 b.

  3. Азизхўжаев А.А. Мустақиллик: курашлар, изтироблар, қувончлар. -Т.: ―Академия.

2001.

  1. Холмўминов Ж. Табиий ресурслардан фойдаланиш ва муҳофаза қилишнинг экологик-ҳуқуқий муаммолари. -Т.: Фалсафа ва ҳуқуқ институти, 2009.

  2. Ўзбекистон тарихи. Иккинчи китоб (1939-1991 йиллар). -Т.: ―O‘zbekiston. 2019.

428-459 бетлар.

  1. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи хрестоматияси / Масъул муҳаррир Н.Талипова. -

Т.: ―Fan va texnologiya. 2014.

  1. Қобилов Ш.Р. Мустақиллик ғойибдан келган эмас ... -Т.: ―Ўқитувчи. 2012.

  2. Қувватов Н.Б. Ўтиш даври: назария ва амалиѐт. –Т., ―TURON-MATBAA. 2013. 136

б.

  1. Қувватов Н.Б. Ўзбекистонда ўтиш даври ва жамият тараққиѐти. -Т.: ―Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти. 2013.




    1. Faol ijtimoiy siyosat aholini kuchli himoya qilish omili.

O‘zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yO‘liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishdir. Bu har qanday iqtisodiy islohotning xalq manfaatlari va uning ijtimoiy himoyasini ta‘minlashga qaratilishini anglatadi.


Mustaqillikkacha bO‘lgan davrda, sobiq Ittifoqning mustabid siyosati natijasida 80- yillarning ikkinchi yarmiga kelib, O‘zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda iqtisodiy- siyosiy vaziyatning keskinlashuviga olib keldi.
Ushbu davrda respublika aholisining O‘sish sur‘atlari sobiq Ittifoqning boshqa davlatlariga nisbatan 3 barobar yuqori bO‘lgan, shu jumladan, bolalar ulushi ham. Shu bilan birga, uzoq yillar davomida mutanosib suratda ish joylari va yashash sharoitlari yaratilmaganligi oqibatida
ishsizlik darajasining O‘sishi, ishlab chiqarish samaradorligining pasayishi aholi daromadlarining kamayishiga olib keldi. Bularning umumiy oqibati esa aholi farovonligi darajasining tushib ketishiga sabab bO‘ldi. Statistik ma‘lumotlarga kO‘ra, ushbu davrda mamlakat aholisining 45 % daromadlari yashash minimumidan past darajada bO‘lgan.
Bu davrda respublika aholisining ijtimoiy holati, ijtimoiy ta‘minoti va ijtimoiy himoyasi masalalari qoniqarsiz holatda bO‘lgan. Bunda qishloq aholisining 5 foizigina vodoprovod va kanalizatsiya bilan, taxminan 50 foizi ichimlik suvi bilan, 17 foizi tabiiy gaz bilan ta‘minlangan edi xalos. Uy-joy, sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog‘chalari, madaniyat obyektlari yetishmas edi.
Mana shunday keskin bir sharoitda O‘zbekiston Respublikasi (keyingi o‘rinlarda O‘zR) O‘z mustaqilligini qO‘lga kiritdi.
Tub O‘zgarishlarning boshlang‘ich bosqichi 1991-1995 yillarda asosiy e‘tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bO‘lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yO‘l qO‘ymaslik, ijtimoiy sohalar sog‘liqni saqlash, ta‘lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‘minlashga qaratildi.
Islohotlarning bu bosqichida O‘zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yO‘l qO‘ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi ―yO‘qotishlarni kamaytirish bO‘ldi.
Davlatning ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda, iste‘mol bozorlari himoyasi va davlatning iste‘mol xavfsizligiga asos solindi. Asosiy oziq-ovqat va iste‘mol mollarining keskin kamayib ketishiga yO‘l qO‘ymaslik uchun chegaralangan mahsulotlarning normalashtirilgan tizimi ishlab chiqildi. Shuningdek, himoya chorasi sifatida iste‘molchilarga subsidiyalar berish tizimi va iste‘mol bozoridagi asosiy oziq-ovqat tovarlarini mamlakatdan tashqariga chiqib ketishiga yO‘l qO‘ymaslikning turli shakllaridan keng foydalanildi.
Qishloq aholisiga hususiy tomorqalar ajratilishi, shuningdek, aholi asosiy qismining real maoshi kamayishini kompensatsiya qilish maqsadida tadbirkorlik faoliyati qO‘llab-quvvatlandi. Davlat statistika qO‘mitasi ma‘lumotlariga kO‘ra, bu yillar ichida qishloq aholisi xususiy tasarrufidagi yer hajmi ikki barobarga oshdi, natijada, har bir oila tasarrufidagi tomorqalar 1990 yildagi 12 sotixdan 30 sotixga yetdi. Bu chora-tadbirlar bozor munosabatlariga xos yuqori samarali tomorqa xO‘jaliklarini tashkil etish imkonini yaratdi.
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishlashga moslashmagan ta‘lim hamda sog‘liqni saqlash tizimi ham islohotlarning dastlabki bosqichida tub O‘zgarishlarni talab qilardi. Bunda aholining sog‘lig‘i va ta‘lim darajasini bir butun tizim sifatida saqlab qolishga qaratilgan chora-tadbirlar muhim ahamiyat kasb etdi.
Bu siyosat O‘tish davrining eng murakkab boshlang‘ich davrlarida ijtimoiy sohadagi asosiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishga kO‘mak berdi. Shunday yondashuv tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‘ich shart-sharoitlar va sezilarli ijtimoiy ziddiyatlarga ega bO‘lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab O‘tishga muvaffaq bO‘ldi.
Bu davr ichida O‘zR aholisining ijtimoiy ta‘minoti hamda himoyasining huquqiy asoslari yaratildi. O‘zRning Konstitusiyasi, ―O‘zRda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari tO‘g‘risida (20.11.1991), ―Aholini ish bilan ta‘minlash to‘g‘risida (13.01.1992), ―O‘zRning fuqaroligi tO‘g‘risida (02.07.1992), ―Ta‘lim tO‘g‘risida (02.07.1992), ―Mehnatni muhofaza qilish tO‘g‘risida (06.05.1993), ―Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish tO‘g‘risida (07.05.1993), ―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti tO‘g‘risida (03.09.1993) kabi bir qator ij- timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul qilindi.
Ikkinchi bosqichda (1996-2003 yillar) makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash, inflyatsiya darajasini pasaytirish, iqtisodiyotda tuzilmaviy O‘zgarishni amalga oshirish, iste‘mol bozorini tO‘ldirish orqali aholi turmush darajasini kO‘tarish uchun shart-sharoitlar yaratildi. 1996 yildan boshlangan iqtisodiy yuksalish aholi daromadlari O‘sishining tabiiy manbaiga aylandi. 1997- 2003 yillar davomida aholining real pul daromadlari yillik O‘rtacha 22 foizdan O‘sdi.
Ijtimoiy siyosatning ustuvor yO‘nalishlari aholining umumiy ijtimoiy himoyasi O‘rniga ijtimoiy himoyaningmanzilli shakllariga O‘tishda namoyon bO‘ldi. Ish bilan ta‘minlash, aholi daromadlarini, inson kapitali salohiyatini oshirish ijtimoiy siyosatning ustuvor yO‘nalishlariga aylandi.
Aholi turmush darajasini yaxshilash maqsadida qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Natijada aholining, ayniqsa, qishloq joylarda yashovchilarning ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlanganlik darajasi oshdi. 1997-2003 yillarda aholining ichimlik suvi bilan ta‘minlanganlik darajasi, xususan, qishloq joylarda 36,8 foizdan 47 foizga, tabiiy gaz bilan ta‘minlash 69 foizdan 78,3 foizga yetdi.
Aholi salomatligida toza ichimlik suvi muhim ahamiyat kasb etadi. 2018 yilda
Respublikamizda bu kO‘rsatkich 65 % ni tashkil etgan bO‘lsa, 2019 yilda u 75 % ga yetkazildi.
1997 yildan boshlab ijtimoiy sohaning barcha tarmoqlarida ijtimoiy dasturlar tizimi amalga oshirila boshlandi. Ta‘lim sohasida ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, uning asosida yangi maktablar, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari qurildi, mavjudlari kapital ta‘mirlandi. O‘quv binolari zamonaviy jihozlar, O‘quv qurollari, kompyuter sinflari bilan ta‘minlandi. Yangi milliy ta‘lim standartlari, darsliklar ishlab chiqildi. Bu tadbirlarning amalga oshirilishi uchun har yili davlat byudjetining ijtimoiy sohaga yO‘naltirilgan qismining deyarli yarmi sarflandi.
Ushbu davrda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qO‘llab-quvvatlash maqsadida yillik davlat dasturlari amalga oshirildi. Bular qatorida ―Inson manfaatlari yili (1997), ―Oila yili (1998), ―Ayollar yili (1999), ―Sog‘lom avlod yili (2000), ―Ona va bola yili (2001),
―Qariyalarni qadrlash yili(2002), ―Obod mahalla yili (2003) kabi yillik davlat dasturlari ijtimoiy siyosatning yanada kuchayishida alohida O‘rin tutdi.
Uchinchi bosqichda 2004 yildan boshlab bugungi kunga qadar iqtisodiyotda, bank tizimi, soliq-byudjet siyosatida O‘tkazilgan institusional va tuzilmaviy islohotlar natijasida kichik biznes va hususiy tadbirkorlikni qO‘llab-quvvatlash, yangi ish joylari yaratish hamda aholi daromadlari O‘sishiga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada, sO‘nggi sakkiz yil ichida aholi daromadlarining real O‘sishi 20 foizni tashkil etdi.
Ushbu bosqichda mamlakatimiz rivojlanishida 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy- iqtisodiy inqirozi davri alohida O‘rin tutadi. O‘zRda 2009 yili qabul qilingan ―Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida bir qator investitsion dasturlar amalga oshirilib, aholi bandligi va daromadlarining O‘sishiga, ijtimoiy infrastruktura va xizmatlar sohasining rivojlanishiga, aholining O‘z-O‘zini boshqarish organlari orqali manzilli ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e‘tibor berildi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin