1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə62/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Tarixiy xotiraning tiklanishi. Jamiyat ma‘naviyatini yuksaltirishda tarixiy xotira, ajdodlar tarixini bilishning, milliy-axloqiy qadriyat hamda an‘analarning, o‘rni va ahamiyati katta. Biron- bir xalq o‘z tarixini bilmay, asrlar osha yaratilgan ma‘naviy merosga tayanmay va uni yanada rivojlantirmay turib o‘z kelajagini tasavvur eta olmaydi. Shu boisdan mustabid tuzum davrida soxtalashtirilgan xalqimiz tarixini xolisona, haqqoniy yoritish, barcha o‘quv maskanlarida Vatan tarixini o‘qitish borasida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
1996-yilda O‘zR Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida
O’zbekistonning yangi tarix markazi” tashkil etildi.
O‘zbek xalqi va O‘zbek davlatchiligi tarixini, tariximizning boshqa sahifalarini xolisona ilmiy asosda yoritish vazifalari Prezident I. Karimovning bir guruh tarixchilar bilan 1998-yil iyun oyida bo‘lgan suhbatida, Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 27-iyulda qabul qilingan “O’zR Fanlar akademiyasi Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida“gi Qarorida belgilab berildi.
Mustaqillik yillarida Vatanimiz tarixini yoritish va o‘rganish masalalari partiyaviylik, sinfiylik yondashuvlaridan, hukmron kommunistik mafkuraga xizmatkor bo‘lishdan xalos etildi. Necha 10 yillar davomida buzib ko‘rsatilgan yoki so‘z ochilmay kelgan tarixiy voqealarni xolislik, tarixiylik, haqqoniylik tamoyillari asosida yoritilgan qator ilmiy asarlar, darsliklar va o‘quv adabiyotlari yaratildi.
Ma‘lumki, mustabid sovet tuzumi davrida mamlakatimiz hududida yashab, ijod etgan O‘nlab, yuzlab olimu mutafakkirlar ma‘naviy-ilmiy merosi ta‘qib ostiga olingan edi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq mazkur madaniy merosni tiklash va uni xalqqa yetkazish bO‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, 1991 yilning ―Alisher Navoiy yili deb e‘lon qilinishi katta ijtimoiy-madaniy ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, 1994 yilda ulug‘ olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekning 600 yilligi keng nishonlandi, 1996 yil mashhur sarkarda, davlat arbobi Amir Temur nomi bilan bog‘landi. Shuningdek, Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yilligi, afsonaviy sarkarda Jaloliddin Manguberdining 800 yilligi, ―Alpomish dostonining 1000 yilligi, Islom olamining donishmandlari Abu Iso at-Termiziyning 1200 yilligi, Imom Buxoriy tavalludining 1225 yilligi, Imom Abu Mansur Moturudiyning 1130 yilligi, Mahmud az- Zamahshariyning 920 yilligi, Najmiddin Kubroning 850 yilligi, Burxoniddin Marg‘inoniyning 910 yilligi, Bahouddin Naqshbandning 675 yilligi, XO‘ja Ahror Valiyning 600 yilligi keng nishonlandi.
Ta‘kidlash lozimki, yurtimizdan yetishib chiqqan va O‘zining ulkan ilmiy, madaniy merosi bilan jahon sivilizatsiyasiga ijobiy ta‘sir O‘tkazgan alloma, mutafakkirlarimizga ehtirom kO‘rsatish g‘oyat savobli ishdir. Istilol yillarida buyuk allomalarimiz merosini O‘zbek tiliga O‘girish ishlari amalga oshirildi. Bu jarayonning muvaffaqiyatli kechishi uchun ―Oltin meros xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. Xorazmda Ma‘mun akademiyasi qayta tiklandi. Shuningdek, 2008 yilda Samarqand shahrida Imom al-Buxoriy xalqaro markazi faoliyat boshladi.
1997-yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 2004-yilda Qarshi (Naxshab) shahrining 2700 yilligi, 2007-yilda Samarqand shahrining 2750 yilligi va Marg‘ilon shahrining 2000 yilligi, 2002-yilda Termiz shahrining 2500 yilligi va Shahrisabz shahrining 2700 yilligi nishonlandi.
2009-yil 1-sentabrda ―O‘zbekiston anjumanar saroyida Toshkent shahrining 2200 yilligiga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. I.Karimov Toshkent shahriga ―Mustaqillik ordenini topshirdi.
Vatanimiz ozodligi yo‘lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‘z joyiga qo‘yildi, asarlari nashr etildi. Prezident I. Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining Bo‘zsuv kanali bo‘yida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuyi bunyod etildi va uning ochilish marosimi 2000-yil 12-may kuni bo‘lib o‘tdi. Mazkur majmua qoshida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi qurilib, 2002-yil 27-avgust kuni foydaianishga topshirildi.
―Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining mustamlakachilik davrining ayanchli sahifalari aks ettirilgan lavhalar bilan tanishib, ―quloqlashtirish oqibatida 60 mingdan ziyod hamyurtimiz Ukraina, Shimoliy Kavkaz va olis Sibirga surgun qilinganini, XX asr boshidan 40-yillarigacha 450 ming vatandoshimizga nisbatan ―jinoiy ish ochilganini, ―paxta ishi davrida esa 25 ming kishi hibsga olinib, 4,5 mingi javobgarlikka tortilganini bilib olish mumkin.
―Shahidlar xotirasi yodgorlik majmuyi, ―Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyining tarixiy, siyosiy ahamiyati shundaki, u bugungi va kelgusi avlodlar uchun qaramlik davrida xalqimiz qanday ayanchli kunlarni boshidan kechirgani, mustaqillik tufayli yurtimizda adolat, shahid ketganlarning xotirasi tiklanganligi to‘g‘risida tarixiy xotira, saboq bo‘lib xizmat qiladi.
1999-yilda Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi yillarida fashizmga qarshi Vatan ozodligi uchun jon fido etgan xalqimizning farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida
Xotira maydoni majmuasi barpo etildi va shu yili 9-may kuni uning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi tashabbusi bilan janglarda halok bo‘lgan 400 mingga yaqin vatandoshlarimiz haqida 34 jildlik “Xotira” kitobi tayyorlandi va nashr etildi. 2020-yil 9- mayda pandemiya shroitiga qaramasdan fashizm ustidan erishilgan g‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan Toshkent shahrining Olmazor tumanida “Galaba bog’i” majmuasi barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 9-may an‘anaviy ravishda “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanmoqda.
O‘zbek xalqining milliy-madaniy merosida ma‘rifatparvar mutafakkirlarning O‘rni alohida. Shuning uchun ham ularning merosini tiklashga, xalqimiz ongiga singdirishga alohida e‘tibor berildi. Islom Karimov ta‘kidlaganidek, «MahmudxO‘ja Behbudiy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Ishoqxon Ibrat, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid CHO‘lpon, Usmon Nosir kabi yuzlab ma’rifatparvar, fidoyi insonlarning O‘z shaxsiy manfaati, huzur-halovatidan kechib, el-ulus manfaati, yurtimizni taraqqiy toptirish maqsadida amalga oshirgan ezgu ishlari avlodlar xotirasidan aslo O‘chmaydi» (Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. -T.: Ma’naviyat, 2008.).
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan Samarqandning Registon maydoni, Ulugbek madrasasi, GO‘ri Amir me‘moriy majmuasi, Buxoro va G‘ijduvondagi Ulug‘bek madrasalari, Shahrisabzdagi Dorudtilovat me‘moriy majmuasida keng kO‘lamli ta‘mirlash ishlari olib borildi. Madaniyat yodgorliklarini saqlash, ta‘mirlash, konservatsiyalash, ilmiy tadqiqot va loyiha smeta xarajatlarini tayyorlash ishlari takomillashtirildi.
Istiqlolga erishganimizdan sO‘ng milliy qadriyatlarimizni tiklash, kO‘p asrlik madaniy merosimizni hozirgi va kelgusi avlodlarga yetkazish masalasi muhim ahamiyat kasb etdi. Bu borada Madaniyat vazirligi, 1998-yil 3-iyulda tashkil etilgan ―Usto maxsus-ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi e‘tiborga molik ishlarni amalga oshirdi.
Ma‘lumki, xalq ma‘naviyati zamiridagi insoniylik, baynalmilallik kabi azaliy fazilatlar milliy bayramlarda O‘z aksini topadi. Yaxshi an‘anaga aylangan ―Gul bayrami har yili avgust oyining oxirida Namangan shahrining ―Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida O‘tkazib kelinadi. Ushbu bayram gulga, gO‘zallikka oshufta bO‘lgan turli millat vakillarini yaqinlashtirishga xizmat qilmoqda. Bu bayramga, nafaqat, O‘zbekiston, balki qO‘shni respublikalar, hatto chet ellardan ham mehmonlar tashrif buyurib, gO‘zallikdan bahramand bO‘lmoqdalar.
Asrlar davomida shakllangan, an‘anaga aylangan ―Alla qO‘shiqning qadimiy turidir. QO‘shiqchilik san‘atining bu yO‘nalishiga alohida e‘tibor berilmoqda. Xususan, Marg‘ilon shahri madaniyat va istirohat bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 5 yilligi, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab ―Alla qO‘shig‘i ijrochilarining an‘anaviy respublika kO‘rik-tanlovi O‘tkazildi.
Mustaqillik yillarida milliy sport turi – O‘zbek kurashiga munosabat tubdan O‘zgardi. 1992 yildan boshlab ommaviy ravishda Buxoroda Bahouddin Naqshband, Xorazmda Pahlavon Mahmud, Shahrisabzda Amir Temur, Termizda al Hakim at-Termiziy xotirasiga, shuningdek,
―Alpomish dostoni yaratilganligining 1000 yilligiga bag‘ishlangan musobaqalar bO‘lib O‘tdi.
1992 yil may oyida Toshkent shahrida kurash bO‘yicha 1-jahon chempionati O‘tkazildi. 1998 yili Kurash xalqaro assotsiatsiyasi tuzildi. 2000 yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida 2- jahon chempionati bO‘lib O‘tdi. 2003 yil 24 yanvarda Osiyo Olimpiya kengashining Quvaytda bO‘lib O‘tgan XXII Bosh assambleyasida O‘zbek kurashi Osiyo O‘yinlari dasturiga kiritildi.
O‘zbek kurashi jahonga yuz tutishi bilan yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. Endilikda gilamda Kurash xalqaro assotsiatsiyasiga a‘zo bO‘lgan davlatlarning kO‘plab vakillarini kO‘rish mumkin. Dunyo davlatlari kurash arenalarida O‘zbekcha chala, dakki, tanbeh, g‘irrom, yonbosh, halol kabi atamalar baralla yangramoqda.
Mamlakatimizda milliy qadriyatlar, urf-odat, an‘ana va turli marosimlarni tartibga solish, shuningdek, keng xalq ommasini ularga jalb etishni yaxshilash borasida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Bu borada ―Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tO‘g‘risidagi (2001 yil 30 avgust), ―Arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tO‘g‘risidagi (2009 yil 13 oktabr) Qonunlarni alohida ta‘kidlash lozim.
Keyingi yillarda xalqaro hamjamiyat nomoddiy madaniy meros yodgorliklarini tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash, millatlar va davlatlararo hamkorlikni yanada yaxshilash omili sifatida baholamoqda. O‘zbekistonda ushbu jihatlarga alohida ahamiyat berilib, 2007 yil 12 dekabr kuni
―Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish tO‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2003 yil 17 oktabr) ratifikatsiya qilish haqida Qonun qabul qilindi.
Ta‘kidlash lozimki, mazkur Qonun qabul qilingandan sO‘ng nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan foydalanish ishlari yanada kuchaydi. Bu borada 10 yilga mO‘ljallangan dastur ishlab chiqildi. Dasturning qabul qilinishi YUNESKO tashkiloti tomonidan alohida e‘tirof etildi.
2011 yil 11 noyabrda YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi bilan nomoddiy madaniy meros bO‘yicha xalqaro axborot va hamkorlik markazi, Respublika xalq ijodiyoti va madaniy-ma‘rifiy ishlar ilmiy-metodik markazi O‘rtasida ―Nomoddiy madaniy meros obyektlarini inventarizatsiya qilish loyihasi bO‘yicha shartnoma imzolandi. Unga binoan Jizzax viloyati (Jizzax shahri, Zomin, Forish, Baxmal, G‘allaorol tumanlari), Samarqand viloyati (Samarqand shahri, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlari), Qashqadaryo viloyati (Qarshi, Kitob shaharlari, Shahrisabz, Kitob, Chiroqchi, Nishon tumanlari), Surxondaryo viloyati (ShO‘rchi shahri, ShO‘rchi, Qiziriq, Boysun tumanlari)da kompleks ilmiy ekspeditsiya O‘tkazilib, uning natijasida 30 soatlik video, 1,5 soatlik videointervyu, 240 turdagi an‘anaviy musiqali audioyozuvlar, 4000 dan ortiq foto materiallar tO‘plandi.
Nomoddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish, asrash, targ‘ib qilish va ulardan samarali foydalanish davlat siyosatining asosiy yO‘nalishlaridan biriga aylandi. Bu narsa, shubhasiz, O‘zbek xalqi milliy O‘zligini anglash, madaniy merosga tO‘g‘ri munosabatda bO‘lish, pirovard natijada, jamiyatda yuksak sog‘lom ma‘naviy muhitni shakllantirish bilan bog‘liq edi. Shuning uchun ham bu borada respublikaning barcha hududlarida katta hajmdagi tadbirlar O‘tkazila boshlandi. 2013 yilda respublika bO‘ylab ―Boy meros va boqiy qadriyat shiori ostida haftaliklar O‘tkazildi. Surxondaryo viloyatida ―O‘zbekiston umumiy uyimiz deb nomlangan Respublika dO‘stlik va madaniyat festivali uyushtirildi. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi kO‘rgazmalar zalida ―Qadr-qimmatim, tayanchim va iftixorimsan, mustaqil O‘zbekiston shiori ostida kO‘rgazma tashkil etildi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin