modelgaO‘tkazishdaniboratedi.ShuboisO‘zbekistontashqiiqtisodiyaloqalariuchunmustahkampoydevoryaratish,zarursiyosiy,huquqiyvatashkiliymexanizmlarnishakllantirishyO‘lidanbordi.BuyO‘ldauchraganmashaqqatlivaziyatlarniqat’iyatbilanyengib O‘taboshladi. SSSR parchalanganidan keyin ilgari yagona mexanizmni hosil qilgan ishlab chiqarish tizimi ham parokandalikka yuz tutdi. Markaz esa MDH doirasidagi qator kelishuvlarga qaramasdan, Markaziy Osiyo mamlakatlari iqtisodiyotini "ortiqcha yuk" deb hisoblay boshladi, O‘z muammolarini hal qilish bilan band bO‘lib, sherik davlatlardagi dolzarb masalalarga kerakli darajada e‘tibor qaratmadi.
Bundan tashqari, MDH davlatlari bilan savdo-sotiqda erkin valyuta bilan emas, imkon qadar barter yO‘li bilan hisob-kitob qilishga urinish avj oldi. Sobiq Ittifoq davridan qolgan markaziy bank tizimi esa, asosan, Rossiya Federatsiyasi manfaatlari doirasida ish yurita boshladi. Butun MDH doirasida pulning qadrsizlanishi jarayoni misli kO‘rilmagan giperinflyatsiya darajasiga kO‘tarildi, HamdO‘stlik davlatlarining barchasida iqtisodiy beqarorlik vujudga keldi.
O‘zbekiston bozor munosabatlariga O‘tishning O‘ziga xos yO‘lini tanlash jarayonida rivojlangan mamlakatlarning kO‘p asrlik tajribasiga, shuningdek, O‘zbek xalqining milliy tarixiy merosi, turmush tarzi, an‘analari va ruhiyatiga tayandi. Prezident Islom Karimov tomonidan xalqimizning "Yangi uyni qurmasdan, eskisini buzmang", degan fikriga asoslanib, "Davlat – bosh islohotchi" tamoyili asosida iqtisodiy islohotlarning ijtimoiy yO‘naltirilgan bosqichma- bosqich usuli tanlab olindi. Milliy iqtisodiy tizim asoslari, institut va boshqaruv mexanizmlarini yaratishda, milliy valyuta, milliy bank va moliya infratuzilmasini shakllantirishda, tashqi savdo, iqtisodiy hamkorlik, chet el sarmoyalarini jalb etish sohalarida O‘ta mas‘uliyatli tarixiy qadamlar tashlandi.
1992 yil 26 martda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi "Tashqi iqtisodiy faoliyat tO‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinishi tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda asosiy tamoyillarni belgilab berdi, bu borada yagona davlat siyosatini olib borishda muhim omil bO‘ldi. Bu "avval iqtisod, keyin siyosat" shiori ostida ish tutib, xalqaro hamkorlar bilan ularning mafkuraviy qarashlaridan qat‘i nazar, teng huquqli va O‘zaro manfaatli sherikchilik munosabatlarini O‘rnatishga kirishildi. Bunda umume‘tirof etilgan xalqaro huquq normalariga rioya qilish, xalqaro tartiblar va standartlarga izchillik bilan O‘tish kO‘zda tutildi.
1993-1994 yillar davomida bosqichma-bosqich tarzda O‘ta mas‘uliyatli vazifa milliy valyutani joriy etish chora-tadbirlari amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 122-moddasi va "O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining asoslari tO‘g‘risida"gi Qonunning 11-moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1993 yil 3 sentabrdagi qaroriga muvofiq 1994 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi hududida qonuniy tO‘lov vositasi bO‘lgan milliy valyuta "sO‘m" muomalaga kiritildi.
1994 yildan O‘zbekiston Jahon Savdo tashkilotining savdo va tariflar bO‘yicha bosh bitimi (GATT)ga qO‘shildi va uning xalqaro savdo-sotiq borasidagi qoidalarini bosqichma-bosqich tarzda amalga tadbiq qila boshladi. Shu bilan birga, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi O‘rnini mustahkamlash va tobora kengaytirib borish maqsadida tashqi savdo va iqtisodiy hamkorlik aloqalarini tartibga soluvchi qonunlar, normativ hujjatlarning dastlabki majmuasi yaratildi. O‘zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari tO‘g‘risida"gi (1998 yil 30 aprel), "Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari tO‘g‘risida"gi (1998 yil 30 aprel), "Xorijdan mablag‘ jalb qilish tO‘g‘risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat tO‘g‘risida"gi (2000 yil 26 may) va boshqa qator qonunlar shular jumlasidan. Ularda yurtimizning xorijiy mamlakatlar bilan faol va keng kO‘lamli hamkorlik O‘rnatishi uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratib berildi.
Milliy istiqlolning ilk davridanoq chet el investorlari ishtirokida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator ustuvor loyihalarni amalga oshirishga erishildi. Ulardan eng yiriklari qatorida AQSH va Yaponiya firmalarining "Kellog-Nisho Ivai" konsorsiumi bilan hamkorlikda
Ko‘kdumaloq konida zamonaviy kondensant kompressor stansiyasi qurilishi, Fransiyaning "Teknip" va Yaponiyaning "Marubeni Djey Djisi" kompaniyalari bilan hamkorlikda Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurib bitkazish, Markaziy Osiyodagi eng yirik Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodini Yaponiyaning "Mitsui" firmasi kO‘magida modernizatsiya qilish, AQShning "ABB Lummus Global" firmasi bilan SHO‘rtan gaz-kimyo majmuini qurish va boshqa shu kabi yirik loyihalarni sanab O‘tish mumkin.
Xalqaro hamkorlar bilan samarali sherikchilik asosida ishlab chiqarish va eksport borasida O‘zbekiston uchun mutlako yangi sohalar yaratildi. Bunga misol tariqasida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Asaka shahrida qurilib, 1996 yilning 19 iyulida ishga tushirilgan avtomobil zavodini aytib O‘tish joiz. Bu yirik loyihaning amalga oshirilishi xalqimiz bunyodkorlik salohiyatining, mamlakatimiz iqtisodiyoti, xususan, sanoat ishlab chiqarishining yorqin timsollaridan biriga aylandi. Avtomobilsozlik sanoati mustaqil O‘zbekiston iqtisodiyotining eng yosh, ammo shiddat bilan rivojlanayotgan muhim tarmoqlaridan biriga aylandi. Yurtimiz dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlat safiga qO‘shildi. Avtomobilsozlik, motorsozlik va ularga butlovchi qismlar tayyorlaydigan, neft va gazni ilg‘or zamonaviy texnologiyalar yordamida qayta ishlaydigan, zamonaviy uy jihozlari va boshqa qator yangidan-yangi mahsulot va tovarlar ishlab chiqaruvchi sohalar rivojlanishi natijasida mamlakatimizning dunyo bozorlaridagi O‘rni mustahkamlanib bordi. Mamlakatda 900 turdagi yangi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi yO‘lga qO‘yildi. Dunyo bozorlari mahsulotlarida "O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan" "Made in Uzbekistan" degan belgi paydo bO‘ldi.
2000 yilda respublika eksporti dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari bozorlariga kirib bordi. Bu davrga kelib, O‘zbekiston uzoq xorij mamlakatlarining 38 tasi bilan O‘zaro qulay savdo-iqtisodiy rejimiga ega bO‘lib, ular bilan "Sarmoyalarni O‘zaro himoya qilish tO‘g‘risida bitimlar tuzdi. Bunday bitimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Turkiya, Misr, Indoneziya, Malayziya, Pokiston, Finlyandiya, Koreya Rsspublikasi, AQSH, Fransiya kabi davlatlar bilan imzolandi. Kanada, Xitoy Xalq Respublikasi, Turkiya, Gollandiya, Germaniya, Shveysariya banklari va firmalari bilan hukumatlararo 32 ta yirik kredit bitimlariga imzo chekildi.
Shu asnoda mustaqillikning dastlabki yillaridan beri izchillik bilan bilan hayotga tadbiq etib kelinayotgan va xorijiy mutaxassislar tomonidan "taraqqiyotning O‘zbek modeli" deb e‘tirof etilgan islohotlar strategiyasi amaliyotda O‘z ijobiy natijasini berayotgani yaqqol namoyon bO‘ldi. Bu jarayonlarga izoh berar ekan, Prezideng Islom Karimov O‘zining BMT sammitining Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqida shunday dedi: "Biz avval boshdan "shok terapiyasi" deb atalgan usullarni chetdan turib joriy etishga urinishlardan, "bozor iqtisodiyoti O‘zini O‘zi tartibga soladi", degan O‘ta jO‘n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik, "yangi uyni qurmasdan turib, eskisini buzmang" degan hayotiy tamoyilga tayangan holda, ma‘muriy buyruqbozlik, mustabid tizimdan boshqaruvning bozor tizimiga O‘tish jarayonida tadrijiy yondashuvni tanladik" (KarimovI.A.Demokratiya:islohotlarniyanadachuqurlashtirishvafuqarolikjamiyatinishakllantirish–mamlakatimiztaraqqiyotiningasosiymezonidir.19-j.-T.:O‘zbekiston,2011-B.19.)
2008 yil 14 iyulda Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ijrochi direktorlari kengashi O‘zbekistonni iqtisodiy rivojlantirishning yuqori iqtisodiy O‘sish sur‘atlari, makroiqtisodiy barqarorlikni izchil mustahkamlash va muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgan tarkibiy O‘zgarishlarda O‘z ifodasini topayotgan natijalarini yuksak baholadi. XVJ mutaxassislari O‘zbekistonda yuritilayotgan qat‘iy soliq-byudjet siyosati, puxta O‘ylangan makroiqtisodiy strategiya va izchil amalga oshirilayotgan tuzilmaviy islohotlar yuqori iqtisodiy O‘sish sur‘atlari barqarorligi, savdo va tO‘lov balansining ijobiy saldosini yanada mustahkamlash, oltin-valyuta zahirasini kO‘paytirish, shuningdek, mamlakat qarzini O‘tish davri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakatlar orasida eng past darajagacha kamaytirishni ta‘minladi, degan xulosaga kelishdi.
Jahon iqtisodiy inqirozi davrida O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining yillik O‘sishi 8 foizdan kamaymadi. Bunday O‘sish sur‘atini dunyoning kamdan-kam davlatlarida kuzatish mumkin. 2008-2011 yillari global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz tufayli kO‘plab rivojlangan
mamlakatlarda ishlab turgan zavod va fabrikalar faoliyati tO‘xtab qolayotgan bir paytda O‘zbekistonda yangi zavodlar ishga tusha boshladi. Toshkent viloyatida "Jeneral Motors" kompaniyasi bilan hamkorlikda 2009-2011 yillarda qurib ishga oshirilgan General Motors Powertrain Uzbekistan avtomobillar uchun motor ishlab chiqarish korxonasi bunga misol bO‘la oladi.
Xalqaro hamjamiyat tomonidan O‘zbekiston yutuqlarining, qolaversa, uning global retsessiya paytida ishlab chiqilib, amalga oshirilgan "Inqirozga qarshi choralar dasturi" muvaffaqiyatining tan olingani 2010 yili Osiyo Taraqqiyot banki boshqaruvchilari yillik yig‘ilishi mamlakatimiz Toshkent shahrida O‘tkazilganida ham yorqin namoyon bO‘ldi.
Hozirgi kunga kelib, O‘zbekiston dunyoning 160 dan ortiq mamlakati bilan savdo- iqtisodiy aloqalar O‘rnatgan, tashqi savdo bO‘yicha geografik qamrovini sezilarli darajada kengaytira olgan. Respublikamiz tashqi savdo aylanmasi muttasil O‘sib bormoqda. Bu kO‘rsatkich 2011 yilda 25,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, 2000 yilga nisbatan 4,1 barobar O‘sdi. Eksport hajmining 2011 yilda 2010 yilga nisbatan O‘sishi 15,4 foizni tashkil etdi. 2000- 2011 yillar davomida eksportni diversifikatsiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar amalga oshirildi
Istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotida 165 milliard dollardan ortiq kapital mablag‘ O‘zlashtirilgan bO‘lib, buning 56 milliard dollardan ziyodi xorijiy investitsiyalar. 2013 yil kapital investitsiyalar hajmi 14 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 23 foizni tashkil etdi.
Jahon bozoridagi konyunkturaning beqarorligiga qaramasdan, 2013 yilda O‘zbekiston eksporti hajmining O‘sishi 10,9 foizdan iborat bO‘ldi. Tashqi savdo faoliyatidagi umumiy saldo 1 milliard 300 million dollarni tashkil etdi. SO‘nggi yillarda eksport tarkibida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ulushi barqaror sur‘atlar bilan O‘sib borayotgani yaqqol kO‘zga tashlanmoqda. 2013 yilda umumiy eksport hajmining 72 foizidan ortig‘i tayyor tovarlar hissasiga tO‘g‘ri kelgani iqtisodiyotimizning diversifikatsiya qilinayotgani, unda modernizatsiya jarayonlari jadal kechayotganidan dalolat.
2013 yilning 1 yanvar holatiga kO‘ra, "O‘zbekistonning jami tashqi qarzi miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 16,0 foizdan oshmagani, bu ko‘rsatkich esa xalqaro mezonlar bo‘yicha "O‘rtachadan ham kam" darajada baholangani buni isbotlab bermoqda".
O‘zbekistonning jahon xO‘jalik tizimida munosib O‘rin egallashida mamlakatimizda tashkil etilgan tarmoqlararo kO‘rgazmalar O‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. "Paxta va ipak", "Neft va gaz mahsulotlari", "Qurilish mollari" va boshqa qator shu kabi muhim xalqaro yarmarkalar mamlakatimizning dunyo bozorlarida O‘z O‘rniga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda yana boshqa qator sohalarda xalqaro ko‘rgazmalar muntazam O‘tkazilib kelinmoqda.