1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə64/104
tarix05.11.2022
ölçüsü1,27 Mb.
#67504
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104
1-modul. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida

Mustaqillik yillarida madaniy hayot.



Badiiy adabiyot. Mustaqillik sharofati bilan badiiy ijodiyot, badiiy adabiyot sinfiylik, partiyaviylik, kommunistik mafkuraviylik kabi aqida hukmronligidan, illatlardan ozod bo‘ldi. Badiiy adabiyotda milliylik, ming yillik tarixiy ijodiy an‘analar, umuminsoniy qadriyatlar, erkin fikr yuritish tamoyillari tiklandi.
Ijodiy faoliyatda mustaqillikni asrab-avaylash, demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish, har tomonlama barkamol insonni tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, yurtdoshlarimiz ongida milliy istiqlol g‘oyalarini shakllantirish kabi masalalar bosh mavzu sifatida o‘rin egalladi. Jadidchilik harakati namoyandalarining, sovet davrida qatag‘on qilingan millatparvar yozuvchi va shoirlarning asarlari, Qur‘on va hadislar nashr etildi va keng kitobxonlarga yetib bordi. Milliy adabiyot rivojiga H.S.Karomatovning ―Qur‘on va o‘zbek adabiyoti, O.Sharafiddinovning ―Cho‘lponni anglash, B.Qosimovning ―Maslakdoshlar asarlari ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi.
Abdulla Oripov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Xurshid Davron, To‘ra Mirzo kabi ijodkorlarimizning tarixiy roman, pesa va qissalarida ulug‘ bobokalonlarimiz, sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk zotlar siymolari yangicha badiiy-falsafiy nuqtayi nazardan yoritildi.
Shukrulloning ―Kafansiz ko‘milganlar romanida, To‘lepbergen Qayipbergenovning ―U dunyoga, bobomga xat asarida, Nazar Eshonqulovning ―Qora kitob povestida, O‘tkir
Hoshimovning ―Tushda kechgan umrlar romanida, Xudoyberdi To‘xtaboyevning
―Qasoskorning oltin boshi romanida, Oygul Muhammad qizining ―Jannat qushi romanida, Tog‘ay Murodning ―Otamdan qolgan dalalar romanida mustabid sovet davrida yuritilgan shovinistik siyosatning qatag‘onlik, zo‘ravonlikka asoslangan mohiyati, xalq boshiga solingan tashvish-u kulfatlar, g‘am-g‘ussa alamlari tasvirlangan.
Tohir Malikning ―Shaytanat (4 kitob), Hojiakbar Shayxovning ―Tutash olamlar asarlarida insonni imon va vijdondan ozdirishga, razolat va qabohat ummoniga botirishga urinuvchi yomonlik dunyosi, mafiya olami shaytonlari fosh qilinadi, ularga nisbatan nafratlanish tuyg‘ulari o‘z aksini topgan.
Omon Muxtorning ―To‘rt tomon qibla nomli trilogiyasi, Barot Boyqobilovning
―O‘zbeknoma tarixiy-falsafiy va ma‘naviy-ma‘rifiy dostoni, Abduqahhor Ibrohimovning ―Biz kim, o‘zbeklar asari, Azim Suyunning ―Oq va qora, A. Qutbiddinning ―Izohsiz lug‘at she‘rlari zamonaviy o‘zbek adabiyotining yorqin ifodasidir. O‘zbekiston Prezidenti, respublika hukumati ijod ahliga katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. Iste‘dodli adiblar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlanmoqda. Abdulla Oripov, Said Ahmad, Erkin Vohidov, Ozod Sharafiddinov, To‘lepbergen Qayipbergenovlar mamlakatimizning oliy mukofoti – ―O‘zbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlandilar. Ko‘plab shoir va yozuvchilar yuksak saviyadagi badiiy asarlar uchun o‘tkazilgan tanlovlarning sovrindorlari bo‘ldilar.
2017-2019-yillarda Toshkent shahridagi Milliy bog‘ hududida muhtasham Adiblar xiyoboni, Yozuvchilar uyushmasining yangi binosi, Qoraqalpog‘istonda va bir qator viloyatlarimizda ulug‘ adiblarimizning nomlari bilan atalgan ijod maktablari barpo etildi.
Teatr. Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlar jarayonida teatr san‘ati ham rivojlandi.
1993-yilda foydalanishga topshirilgan “Turkiston” saroyi Vatanimizning va xorijlik atoqli teatr arboblarining, ijodiy guruhlarning sahna asarlari namoyish etiladigan dargohga aylandi. Andijonda jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatayotgan yoshlar teatri davlat tasarrufiga olinib, Abbos Bakirov nomli yoshlar va bolalar teatriga aylantirildi.
Respublika Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi ―O‘zbekistonda teatr va musiqa san‘atini yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi, 1998-yil 26-martdagi ―O‘zbekistonda teatr san‘atini rivojlantirish to‘g‘risidagi Farmonlari asosida teatrlar davlat budjeti hisobiga qo‘llab-quvvatlandi. Farmonga binoan Madaniyat ishlari vazirligi tizimida va teatr ijodiy xodimlari uyushmasi qoshida 1998-yilda “O’zbekteatr” ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi. Birlashma teatr jamoalariga xalqimizning boy ma‘naviy olamini, uning madaniy merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini uyg‘otuvchi spektakllar yaratishda, iste‘dodli yoshlarni teatrga jalb qilishda, teatrlarning moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlashda, ijodiy xodimlarni ijtimoiy himoya qilishda ko‘maklashdi. ―O‘zbekteatr birlashmasi va barcha teatrlar 5 yilga barcha turdagi soliqlardan ozod qilindi. Murakkab o‘tish davri qiyinchiliklariga qaramasdan bironta teatrning yopilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Teatr binolari ta‘mirlandi, ichki jihozlari yangilandi. Alisher Navoiy nomli Davlat akademik katta opera va balet teatri Yaponiya tomonidan 1995- yilda bepul ajratilgan 47 mln iyen qiymatiga teng yangi uskunalar bilan jihozlandi. Respublikamizda 36 ta professional teatr faoliyat ko‘rsatmoqda. Har bir viloyatda qo‘g‘irchoq teatrlari bolalarga xizmat ko‘rsatmoqda.
1996-yilda Toshkentda Koreya drama va estrada milliy teatri tashkil etildi va shu yilning dekabr oyida o‘z faoliyatini boshladi. Davlat akademik rus drama teatri 1999-yilda hozirgi zamon talablari darajasida tubdan qayta qurilgan muhtasham binoga ko‘chirildi va o‘zining 64- teatr mavsumini yangi binoda boshladi.
2001-yilda respublika teatr san‘atida muhim tarixiy voqea sodir bo‘ldi. Hamza nomidagi O‘zbek akademik drama teatri binosi muhtasham koshona shaklida qayta qurildi, zamonaviy teatr uskunalari va mebellar bilan jihozlandi. 2001-yil 21-sentabrda Prezident farmoni bilan unga Milliy teatr maqomi berildi, O‘zbekiston Milliy akademik drama teatri deb ataldi.
Respublika teatrlari Vatan tarixini sahna asarlari orqali yoritishga alohida e‘tibor berdilar. Milliy akademik drama teatri va Qashqadaryo musiqali drama teatri jamoalari ―Sohibqiron, Xorazm viloyati musiqali drama va komediya teatri ―Jaloliddin Manguberdi, Abror Hidoyatov nomli O‘zbek davlat teatri ―Buyuk ipak yo‘li kabi tarixiy dramalarni sahnaga qo‘ydi.
O‘zbekistonda Respublika va xalqaro teatr festivallari bo‘lib o‘tdi. 1992-yil mart-aprel oylarida bo‘lib o‘tgan ―Navro‘z mintaqaviy festivalida Markaziy Osiyo mamlakatlari teatrlarining eng yaxshi sahna asarlari namoyish etildi. 1997-yil oktabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ―Teatr: Sharq-G‘arb xalqaro festivalida Yaponiya, Hindiston, Syangan, Turkiya, Rossiya, Buyuk Britaniya teatr san‘atkorlarining chiqishlari bo‘ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan festivalda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston teatrlarining 15 ta eng yaxshi tarixiy sahna asarlari namoyish etildi. O‘zbekiston teatr ustalari Germaniya, Fransiya, Slovakiya, Hindiston, AQSH, Belgiya, Misr, Rossiya teatr festivallarida qiziqarli spektakllar bilan ishtirok etdilar.
Teatr san‘atining rivojiga, iste‘dodli aktyorlarni izlab topishiga talabalarning ―Nihol respublika festivali, ―Aktyor mahorati festivallari, yoshlar teatrlarining ―Humo festivallari ijobiy ta‘sir ko‘rsatmoqda.
Muxtasar aytganda, respublikamiz teatr san‘ati xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz ma‘naviyatini boyitish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdira borish, vatanparvarlik tuyg‘ularini kuchaytirish, axloqiy, estetik tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Hozir O‘zbekistonda 37 ta dramatik, musiqali drama va komediya, opera va balet, qO‘g‘irchoq teatrlari faoliyat kO‘rsatmoqda. 1998 yil 26 martda O‘zbekiston Prezidentining
―O‘zbekiston teatr san‘atini rivojlantirish tO‘g‘risidagi Farmoni e‘lon qilindi. Unta binoan, tomosha sanatining kO‘p asrlik an‘analarini O‘rganish, boyitish va targ‘ib qilish, teatr san‘atini har tomonlama rivojlantirish, uning modsiy negizini yanada mustahkamlash, mamlakatimizda ma‘naviy-ma‘rifiy islohotlarni amalga oshirishda teatr arboblarining faol ishtirokini ta‘minlash, badiiy-zamonaviy sahnabop asarlar yaratish maqsadida Madaniyat ishlari vazirligi tizimida
―O‘zbekteatr ijodiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
2017 yilda QO‘qon shahri, Xorazm va Jizzax viloyat drama teatrlari qayta rekonstruksiya qilindi, O‘zbekiston davlat san‘at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali tashkil etildi.
2017 yilda yurtimizdagi ijodiy uyushmalarning ijtimoiy hayotimizdagi O‘rni va nufuzini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston ijodkorlarini qO‘llab- quvvatlash ―Ilhom jamoat fondi, shuningdek, madaniyat va san‘at muassasalari hamda yirik kompaniya va banklar hamkorligida ―DO‘stlar klublari tashkil etildi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin