1-Modul: “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asoslari 1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar



Yüklə 126,45 Kb.
səhifə5/7
tarix14.12.2023
ölçüsü126,45 Kb.
#178404
1   2   3   4   5   6   7
1-Modul “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asosla

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash deganda nimani tushunasiz?

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish qanday shakllarda amalga oshiriladi?

  3. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalanganlik darajasini baholash indikatorlarini bilasizmi?

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik – milliy g’oyamizning asosiy poydevoridir” (Toshkent, 2021) kitobini o’qib chiqing.

Tarbiyaning asosiy tamoyillari va metodlari
Reja:

  1. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar

  2. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida psixofiziologik va ijtimoiy tamoyillar

  3. Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasi metodlari



Tayanch tushunchalar:

Tarbiya, tamoyil, boshlang’ich, o’quvchi, pedagogik, psixofiziologik, ijtimoiylik, bilim, ko’nikma, uquv.




Boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillar. Boshlang’ich sinf o’quvchilarini tarbiyalash jarayoni o’ziga xos tamoyillarga asoslanadi. Bunda asosiy e’tibor boshlang’ich sinf o’quvchilarining jismoniy, yosh, aqliy va ruhiy imkoniyatlariga qaratilishi kerak. Shu ma’noda boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida quyidagi pedagogik tamoyillarga asoslanish zarurat hisoblanadi:

  • bola shaxsini hurmat qilish;

  • bolaning imkoniyatlarini hisobga olish;

  • bolani yo’naltirish;

  • bolani ko’niktirish.

Bu pedagogik tamoyillar o’quvchilarning shaxsida mavjud bo’lgan tug’ma his-tuyg’ularni rivojlantirish bilan amalga oshiriladi.
Mazkur o’rinda ushbu ko’nikmalarning quyidagi mazmuniga e’tibor bering:
a) bola shaxsini hurmat qilish: bolaga xos xarakterni, qiliqlarni va intilishlarni tabiiy qabul qilish;
b) bolaning imkoniyatlarini hisobga olish: bunda bolaning jismoniy, aqliy, ruhiy va sensor xususiyatlarini bilish;
v) bolani yo’naltirish: bolani fazilatlar, hislatlar va bilish jarayoni sari yo’naltirish;
g) bolani ko’niktirish: bolani tarbiya olish, bilimni egallash va o’zgalar bilan ijtimoiy munosabatga kirishishga yo’naltirish.
Bunday yondashuv asosida boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida amalga oshiriladigan va suyaniladigan pedagogik tamoyillar o’zlashtiriladi. Shu sababli bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilariga ana shularni o’zlashtirish tavsiya etiladi.
Mamlakatimizda boshlang’ich sinf o’quvchilari tarbiyasida pedagogik tamoyillarga asoslanish bo’yicha o’ziga xos tajribalar mavjud. Bu tajribalarning negizini ilg’or va fidoiy boshlang’ich sinf o’qituvchilarining faoliyati tashkil etadi. Ta’lim tizimining barcha bosqichlariga nisbatan boshlang’ich ta’limda o’qituvchilar pedagogik tamoyillarga qat’iy amal qilishi bilan ajralib turadi. Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari pedagogik tamoyillarni ko’nikma va malaka sifatida o’zlashtirishi shart. Buning uchun Ustozlardan tushunmaganlarini va bilmaganlarini so’rash, pedagogik va malakaviy amaliyot davrlarida faol bo’lish kerak. Pedagogik tamoyillarni o’zlashtirish jarayonida amaliyotda o’rganganlarini sinab ko’rish muhim o’rin tutadi. Hozirgi zamon boshlang’ich ta’lim metodikasida nazariya va amaliyot uyg’unligiga asoslanish muhim ahamiyatga ega.

Yüklə 126,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin