1-Modul: “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asoslari 1-mavzu: “Tarbiya” fani va unga oid me’yoriy hujjatlar


Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari



Yüklə 126,45 Kb.
səhifə3/7
tarix14.12.2023
ölçüsü126,45 Kb.
#178404
1   2   3   4   5   6   7
1-Modul “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasining nazariy asosla

Jahon xalqlari pedagogikasida tarbiya masalalari. Jahon xalqlari pedagogikasida bir qator tarbiyaga oid tajribalar shakllantirilgan. Mazkur o’rinda ularning eng muhimlariga diqqatingizni tortamiz.
Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy “Buyuk didaktika” asarida yosh avlodni o’qitish vositasida tarbiyalashni asoslab bergan. Bunda o’quv fanlarini o’qitish jarayoni shaxsning aqliy, axloqiy va estetik tuyg’ularini shakllantirishga, shaxsni hayotga tayyorlashga asosiy e’tibor qaratiladi.
Fransuz pedagogi Jan Jak Russo “Emil” asarida oila tarbiyasi masalasini talqin qilib bergan. Uning fikricha, oilada bola tarbiyasi bilan oilaning eng yetuk a’zosi shug’ullanishi kerak. Pedagog bu borada onalarning tarbiyaviy o’rnini alohida ta’kidlaydi va Emil ismli onaning o’z farzandini qanday tarbiyalaganligini, bu bu ayol “Kundaliklar” tutib borganligini ko’rsatib beradi. Shu ma’noda tarbiya ishi bilan shug’ullanuvchi shaxsning Kundaliklari bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
Shved pedagogi Iogan Genrix Pistalotsi “Erudiga maktablar” asarida yoshlarni ijtimoiy tarbiyalash va bunda ularni savodxon qilish masalasiga alohida tayanish lozimligini asoslab bergan. Hozirgi kunda butun dunyo xalqlarida amalda bo’lgan savodxonlikni Alifbedan boshlash tizimini aynan Pistolotsi asoslab bergan.
AQSH pedagoglari, masalan Jon Jems, tarbiyada pragmatizm, ya’ni tarbiyaning amaliy natijalarini ustuvor qo’yishadi. Unga ko’ra, shaxsga kelgusi faoliyatida zarur bo’lgan bilim, fazilatlar va ko’nikmalar shakllantirilishi kerak.
Mazkur masalalardan ma’lum bo’ladiki, jahon xalqlari pedagogik tajribasida ko’p hollarda tarbiyaning amaliy jihatlariga e’tibor qaratiladi. Bugungi kunda ham bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari ana shu tajribalarni o’rganishi, o’zlashtirishi va amaliy faoliyatda qo’llay olishi taqozo etiladi. Shu sababli mazkur “Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi” o’quv fani vositasida jahon xalqlari pedagogikasining tarbiyaga oid tajribalarini o’rganish masalasi va uning metodikasini ishlab chiqish dolzarb bo’lib turibdi. Chunki hozirgi zamon xalqaro ta’lim dasturlari va talablari aynan Yevropa, Osiyo va Amerika qit’alarida yashovchi xalqlarning pedagogik tajribalariga asosan ishlab chiqilgan. Masalan, Sharq xalqlari pedagogikasidan Ustoz-shogird tajribasi butun dunyo xalqlari tarbiya jarayoniga tadbiq etilgan.
Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari kasbiy kompetentsiyalarini o’zlashtirish jarayonida “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini ham o’rganishi muhim ahamiyatga ega. Bu fanning metodlari Pedagogika fanining metodlaridan olingan bo’lsa-da, biroq ular mazkur fan asosida kengroq ma’noda tushuniladi. Chunki tarbiya jarayonining xarakteri shuni taqozo etadi.
Mamalakatimizda ta’sis etilgan “Tarbiya” fanining eng asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari quyidagilardan iborat:

  • tarbiyaga oid pedagogik merosni o’rganish;

  • tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o’zlashtirish;

  • tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni bilish;

  • tarbiyachining o’z individual tarbiyaviy tajribasining bo’lishi.

Mazkur ilmiy-tadqiqot metodlari o’rganish, manbalarni o’zlashtirish va tajriba o’tkazish asoslarida o’rganiladi.
Bu metodlar pedagogik turkumdagi barcha fanlarda qo’llaniladi. Biroq ushbu metodlardan “Tarbiya” fani ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilashda quyidagilarga alohida e’tibor beriladi:
a) tarbiyaga oid pedagogik meros o’rganilganda qadimdan kelayotgan tarbiya g’oyalari, usullari, tizimi va uni amalga oshirish yo’llariga alohida e’tibor beriladi;
b) tarbiyaga oid jahon xalqlari pedagogikasi tajribalarini o’zlashtirishda tarbiyaviy yondashuvlar, ularning amaliy tajribadan o’tganligi va bugungi kun talabalariga javob berishi masalalariga diqqat qilinadi;
v) tarbiyaga oid me’yoriy hujjatlarni o’zlashtirishda aynan tarbiya masalasiga yo’naltirilgan davlat standartlari, malaka talablari va murabbiy-o’qituvchilarga qo’yiladigan pedagogik talablarni o’rganish va ularga amal qilish masalalariga e’tibor beriladi;
g) tarbiyachining o’z individual tarbiyaviy tajribasiga ega bo’lish uchun talabalik davridayoq tarbiya asoslari, metodologiyasi, didaktikasi va amaliyotini o’zlashtirish bilan pedagogik hamda malakaviy amaliyotlar davrida amaliy ko’nikmalar bilan qurollanishga diqqat qilinadi.
Bularning barchasi “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari bo’yicha bilim va ko’nikmaga ega bo’lish asoslari hisoblanadi. Shu jihatdan bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishi taqozo etiladi:

  • tarbiya asoslarini o’zlashtirishga qiziqish;

  • bolaparvarlik sifatiga ega bo’lish;

  • muntazam o’zi ustida ishlab borish;

  • o’z tajribalarini ommalashtirish.

Bular oliy pedagogik ta’lim jarayonida pedagogik turkumdagi fanlarni o’qish, tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish va mustaqil ta’lim mashg’ulotlari vositasida o’zlashtiriladi. Shu jihatdan hozirgi zamon talabalarining faol bo’lishi taqozo etiladi. Misol uchun, bugungi kun talabalari zamonaviy texnik texnologiyalardan foydalanishni yaxshi bilishadi, ayni paytda, ular bilim olish masalasida faollashishi kerak.
Mazkur ko’nikmalarni o’zlashtirishda hozirgi oliy pedagogik ta’lim jarayonida quyidagi mashg’ulotlarning turlari muhim ahamiyatga ega:

  • amaliy mashg’ulotlar;

  • mustaqil ta’lim mashg’ulotlari;

  • o’quv jarayonida amalga oshiriladigan tarbiyaviy tadbirlar;

  • auditoriyadan tashqari mashg’ulotlar.

Shu sababli oliy pedagogik ta’lim jarayonida mazkur mashg’ulotlarni tashkil etish va amalga oshirish tizimini ishlab chiqish zaruriyat bo’lib turibdi. Ayni paytda, amaliy va mustaqil ta’lim mashg’ulotlarining topshiriqlarini o’z vaqtida bajarish bilan ta’kidlangan ko’nikmalarni kutilgan darajada o’zlashtirish imkoniyati mavjud.
“Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi” o’quv fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini idrok etishda milliy va xalqparvarlik tamoyillariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Sh. Shermatovning fikricha, bugungi kunda maktablarda amalga oshirilayotgan “tarbiya jarayoni umumxalq xususiyatiga ega bo’lmoqda”6. Buning ma’nosi shuki, umumta’lim maktablarida o’qitilayotgan “Tarbiya” fani umumxalq xususiyatiga, ya’ni xalqimizga xos bo’lgan fazilatlar, odatlar va turmush-tarz madaniyati asolariga tayanishi lozim.
“Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya” fanini o’qitish metodikasi”
fanining ilmiy-tadqiqot metodlarini shakllantirish va uni o’zlashtirish tizimlarini belgilashda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo’ladi:

  • davlat ta’lim standartlari va malaka talablarida belgilangan vazifalarni birlamchi bilish;

  • pedagogik tadqiqotlarda tajriba-sinovdan o’tgan metodlarni qabul qilish;

  • innovatsion va integratsion xususiyatlarga ega yondashuvlarni ilmiy ishlanmadan o’tkazgan tarzda ilmiy muomalaga kiritish;

  • o’zining ilmiy maktabiga ega bo’lgan pedagoglarning individual tajribalarini amaliyot sifatida qabul qilish;

  • milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlarni tavsiflovchi g’oyalarga asoslanish.

Aynan bunday yondashuv ushbu fanning ilmiy-tadqiqot metodlarini belgilab olishda zamonaviylikni keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda oliy pedagogik ta’lim jarayonida o’qitilayotgan pedagogik turkumdagi fanlarning umumiy va individual ilmiy-tadqiqot metodlari mavjud. Umuman bizning yondashuvimizga ko’ra, “Tarbiya” fanining ilmiy-tadqiqot metodlari o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lishi shart.
Bularning barchasi bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun muhim kasbiy kompetensiya hisoblanadi.
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

  1. O’zbek pedagogikasi tarixida tarbiyaga oid yondashuvlar deganda nimalarni tushunasiz?


Yüklə 126,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin