1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]


Yashovchilar uchun namunaviy eslatmaning reja matni



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə21/21
tarix02.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#92502
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
649 20.10.2020

Yashovchilar uchun namunaviy eslatmaning reja matni

Agar siz joylashtirish vositasiga birinchi bor kelgan bo‘lsangiz, chiqish va zinapoyalarning joylashgan joyini yaxshi eslab qolishga harakat qiling.
Sizning xonangizda yong‘in yuzaga kelganda:
hodisa haqida zudlik bilan yong‘in-qutqaruv xizmatiga, ushbu telefon raqami _______________________________________________ (yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining telefon raqamini ko‘rsating) orqali ma’muriyat yoki xizmat ko‘rsatuvchi shaxslarga xabar bering;
agar yong‘inni o‘z kuchingiz va imkoniyatingiz yordamida o‘chira olmasangiz, xonani tark eting va eshikni qulflamasdan yoping;
xavfli hududni tark eting va ma’muriyat yoki yong‘in-qutqaruv bo‘linmalarining ko‘rsatmasi bo‘yicha harakat qiling.
Xonangizdan tashqarida yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda:
voqea to‘g‘risida darhol yong‘in-qutqaruv xizmatiga __________________________ telefon orqali xabar bering;
xonani tark etishdan oldin, deraza va eshiklarni yoping va binodan chiqib keting;
agar koridorlar va zinapoyalarni quyuq tutun qoplagan bo‘lsa va Siz xonani tark eta olmasangiz, xonangizda qolib, derazalarni to‘liq ochib qo‘ying. Yopiq holatdagi va tirqishlari to‘liq berkitilgan eshik Sizni uzoq vaqt davomida xavfli haroratdan himoya qilishi mumkin. Tutun bilan zaharlanishning oldini olish uchun tirqishlarni va shamollatish tuyniklarni suvga namlangan sochiq va choyshab bilan yoping.
Telefoningiz orqali ma’muriyatni manzilingiz to‘g‘risi�a xabardor qilishga harakat qiling.
Yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga kelganda derazaga boring va ular Sizga yordam berishi uchun ishora qiling.
Evakuatsiya paytida liftdan foydalanish tavsiya etilmaydi. Siz balkonda yoki peshayvonda yong‘indan himoyalanishingiz mumkin, shu bilan birga Siz balkon eshigini yopishingiz kerak.


Yashovchilar uchun yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida
ESLATMA


Hurmatli mehmonlar!
Sizdan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz!
xonada elektr isitish moslamalaridan foydalanishda (kofe qaynatkich, dazmol, elektr choynak) yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling;
xonani tark etganda televizor, radio, konditsioner, yoritish chiroqlarini o‘chirishni unutmang.
Eslatib o‘tamiz, yoritish chiroqlarini yonuvchan materialdan yasalgan buyumlar bilan qoplash xavfli.
Umid qilamizki, Siz yotoqda yotgan vaqtingizda chekmaysiz va o‘chirilmagan sigaretani qoldirmaysiz. Bu xavfli.
Liftda o‘chirilmagan sigareta bilan bo‘lishga ruxsat etilmaydi.
Iltimos, sigaretani chiqindi qutilariga tashlamang, buning uchun kuldondan foydalaning.
Xonaga yong‘in xavfi mavjud modda va materiallarni olib kirish va u erda saqlash mumkin emas.

Ma’muriyat



(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2020-y., 09/20/649/1397-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin