1. Mudofaa va milliy xavfsizlik / Favqulodda vaziyatlar. Ommaviy tartibsizliklar]



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə2/21
tarix02.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#92502
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
649 20.10.2020

1-mavzu: Kirish (1 soat).
Respublikadagi yong‘inlar, ularlarning sabablari va oqibatlari to‘g‘risida statistika ma’lumotlari. Yong‘inlarning oldini olish bo‘yicha vazifalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Yong‘in xavfsizligi sohasidagi qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlar. Yong‘in xavfsizligi qoidalari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning huquqlari, majburiyatlari, yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik.
(3-bobning 1-mavzu uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
2-mavzu: Modda va materiallarning yonishi, yong‘in va portlash xavfining xususiyatlari, binolarning yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar (2 soat).
Yonish haqida umumiy ma’lumot. Modda va materiallarning yong‘in va portlash xavfi ko‘rsatgichlari. Modda va materiallarni birgalikda saqlashda yong‘in xavfsizligi talablari. Qurilish materiallarining yong‘in-texnik xususiyatlari, yong‘inga chidamlilik, ularning yong‘in xavfliligi sinfi, binolarning olovga bardoshlilik darajasi tushunchasi. Qurilish konstruksiyalarining yong‘inga chidamlilik darajasini oshirish va yong‘in xavfini kamaytirish usullari. Yong‘inga qarshi oraliq masofa tushunchasi.
Yong‘in hamda yong‘in-portlash xavfi bo‘lgan binolarni, inshootlarni va tashqi qurilmalarni toifalashning umumiy prinsiplari, “Elektr uskunalarnining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq zonalar sinfi.
3-mavzu: Tashkilotning yong‘in xavfliligi (4 soat).
Yong‘inlar, ularga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli omillarning tasnifi: atamalar va tushunchalar, yong‘inlar sinflari, yong‘inning rivojlanish dinamikasi asoslari. Yong‘in xavfini tahlil qilish: asosiy atamalar va terminlar, binolar, inshootlar, texnologik jarayonlardagi yong‘in xavfini tahlil qilish usullari. Yondirish manbalarining tasniflari, ularning energetik xususiyatlari. Yong‘in tarqalishining asosiy yo‘llari. Obyektlarning yong‘in xavfi xususiyatlari (omillari, aniqlashni qiynlashtiruvchi, yong‘inni qurshab olish va o‘chirish, shuningdek, ancha miqdorda zarar, odamlarning o‘limiga va tan jarohati olishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xususiyatlari).
Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalarining yong‘in xavfi. Isitish, shamollatish tizimlari va elektr qurilmalaridan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablari. Yashinning yong‘in xavfsizligi. Binolar va inshootlarni yashindan himoya qilish tizimlarining sinflari. Yashindan himoya qilish qurilmasini o‘rnatish qoidalari. Statik elektr toki: paydo bo‘lish sabablari, yong‘in xavfliligi, statik elektr tokidan himoya vositalari (qurilma, ish prinsipi, o‘rnatish va foydalanish qoidalari).

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin